GLOSSARY Elektr zanjiri – elektr toki oqib o‘tishini ta’minlaydigan elementlar jamlamasiga aytiladi.
Elektr energiya manbalari – energiyani boshqa turlarini elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr zanjir elementi.
Elektr zanjirida tugun – uch va undan ortiq elektr zanjir elementi birlashgan nuqtaga aytiladi.
Tarmoq (shaxobcha) – elektr zanjirini ikkita tuguni orasidagi bir qismi. Alohida olingan tarmoqdan elektr toki O'TMaydi.
Kontur – elektr toki oqib o‘tishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirini bir qismi. Kontur toki – alohida olingan konturdan o‘tayotgan tokni qiymati.
o‘zgaruvchan tok – vaqt birligi ichida qiymat va yo‘nalishi o‘zgaradigan tokka aytiladi.
Sinusoidal tok – sinusoidal qonuniyat bilan o‘zgaruvchan tok. Effektiv (ta’sir etuvchi) qiymat – teng vaqt davomida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ajralib chiqadigan energiya qiymatlarini o‘zaro tengligini ta’minlaydigan o‘zgarmas tokni qiymati o‘zgaruvchan tokni effektiv qiymati deb ataladi. Davr – sinusoidal tokni bir to‘la o‘zgarishi uchun ketgan vaqt.Chastota – o‘zgaruvchan tokni bir sekunddagi o‘zgarishlar soni.
Boshlang‘ich faza - t=0 da sinusoidal tokni qiymatini belgilovchi burchak
Aktiv element – elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi elektr zanjir elementi.
Induktiv element – magnit maydon energiyasini jamlash xususiyatiga ega bo‘lgan elektr zanjir elementi.
Sig‘im elementi – elektr maydon energiyasini jamlash xususiyatiga ega bo‘lgan elektr zanjiri elementi.
Aktiv quvvat – elektr zanjirida foydali ish uchun sarf bo‘ladigan quvvat.
Reaktiv quvvat – elektr zanjirini elementlarida magnit maydon va elektr maydon xosil qilish uchun sarf bo‘ladigan quvvat
Aktiv element – elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi elektr zanjir elementi.
Induktiv element – magnit maydon energiyasini jamlash xususiyatiga ega bo‘lgan elektr zanjir elementi.
Sig‘im elementi – elektr maydon energiyasini jamlash xususiyatiga ega bo‘lgan elektr zanjiri elementi.
Aktiv quvvat – elektr zanjirida foydali ish uchun sarf bo‘ladigan quvvat.
Reaktiv quvvat – elektr zanjirini elementlarida magnit maydon va elektr maydon xosil qilish uchun sarf bo‘ladigan quvvat
Uch fazali sinxron generator - mexanik energiyani uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantirib beruvchi elektr mashinasi.
Faza toki – iste’molchi faza qarshiligidan o‘tuvchi tok.
Faza kuchlanishi – iste’molchi faza qarshiligidagi kuchlanish pasayishi.
Faza qarshiligi – uch fazali iste’molchini sinxron generatorini faza cho‘lg‘amlariga ulovchi qarshilik.
Faza kuchlanishi – istemolchini faza qarshiligidagi kuchlanish pasayishi yoki istemolchini neytral (nol) nuqtasi bilan ixtiyoriy liniya simi orasidagi kuchlanish.
Liniya kuchlanishi – ixtiyoriy ikkita liniya simlari orasidagi kuchlanish.
Neytral (nolinchi) sim – elektr energiya manbasini hamda uch fazali istemolchini neytral (nolinchi) nuqtalarni o‘zaro birlashtiruvchi sim.
Neytral tok – neytral sim orqali o‘tuvchi tok.
Simmetrik uch fazali istemolchi – faza qarshiligini qiymatlari o‘zaro teng bo‘lgan istemolchilar.
Nosimmetrik uch fazali istemolchi – faza qarshiligini qiymatlari turlicha bo‘lgan istemolchilar.
Transformatorni magnit o‘zagi – elektrotok NIK po‘lat tunukachalardan yig‘ilgan o‘zak.Birlamchi cho‘lg‘am – elektr energiya manbasiga ulanuvchi mis cho‘lg‘am.
Ikkilamchi cho‘lg‘am – elektr energiya istemolchilari ulanuvchi mis cho‘lg‘am.
Past kuchlanishli cho‘lg‘am – ikkilamchi cho‘lg‘am.
Transformator moyi – transformatorni sovutish tizimida ishlatiladigan, maxsus tarkibga ega bo‘lgan moy.
Transformator – o‘zgaruvchan tokni chastotasini o‘zgartirmagan holda kuchlanishini o‘zgartiruvchi statik apparat. Salt ishlash toki – po‘lat o‘zakni magnitlash uchun maydon hosil qiluvchi tok.
Transformatordagi quvvat nobudgarchiliklari – transformatorlarni po‘lat o‘zagidagi hamda mis simdagi quvvat isrofgarchiligi.
Kuchlanish pasayishi – transformator ikkilamchi chulg‘amida yuklama oshishi bilan kuchlanish qiymatini pasayishi (kamayishi).
Uch fazali transformator – yagona o‘zakka ega bo‘lgan, uch fazali birlamchi va ikkilamchi chulgamlardan iborat bo‘lgan transformator.
Avtotransformator – ikkilamchi chulgami birlamchi chulg‘amni bir kismini tashkil etuvchi xamda chikish kuchlanishini oxista o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan transformator.
o‘lchash transformatori – elektr o‘lchov asboblarini shkalalarini «kengaytirish» imkoniyatiga ega bo‘lgan transformatorlar.
Payvandlash transformatori – metallni payvandlash uchun «qisqa tutashuv» rejimida ishlashga mo‘ljallangan transformator
o‘zgarmas tok generatori – mexanik energiyani o‘zgarmas tok elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr mashinasi.
Magnit kutblari – o‘zgarmas tok mashinasini asosiy magnit maydonini xosil kiluvchi o‘zgarmas tok elektromagniti.
Yakor – birlamchi dvigatel yordamida xarakatga keltiruvchi, chulgamlarida o‘zgaruvchan E.Yu.K. xosil buluvchi generator kismi.
Kollektor щetka kurilmasi – o‘zgaruvchan E.Yu.K.ni o‘zgarmas (pulsatsiyalanuvchi) E.Yu.K.ga aylantirib beruvchi generator kismi.
Cho‘tka – tashki elektr energiya istemolchisini generator ulashda kontakt xosil kiluvchi element.
o‘zgarmas tok dvigateli – o‘zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr mashinasi.
Magnit kutblari – o‘zgarmas tok mashinasini asosiy magnit maydonini xosil kiluvchi o‘zgarmas tok elektromagniti.
Kollektor щetka kurilmasi – tashki o‘zgarmas manbasi Bilan dvigatel yakor chulgamlarni ulash uchun xizmat kiladigan elektr mashinani bir kismi.
Asinxron dvigatel – o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr mashinasi.
Asinxron generator – mexanik xarakatni (energiyani) o‘zgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr mashinasi.
Aylanuvchi magnit maydoni – uch fazali o‘zgaruvchan tok xosil kilgan va sinxron tezlik bilan aylanuvchi magnit maydoni.
Kiska tutashgan chulgamli rotor – rator chulgamli uzaro berk kontur xosil kiluvchi alyuminiy sterjenlardan iborat bulgan rotor.
Faza chulgamli rotor – rotor chulgami uch fazali mis chulgamlardan iborat bulib unga ketma-ket uch fazali aktiv karshilik ulangan rotor chulgami.
Sirpanish – aylanuvchi magnit maydon tezligi bilan rotorni aylanish tezligi orasidagi nisbiy fark.
Asinxron dvigatel – o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi elektr mashinasi.
Kiska tutashgan chulgamli rotor – rator chulgamli uzaro berk kontur xosil kiluvchi alyuminiy sterjenlardan iborat bulgan rotor.
Faza chulgamli rotor – rotor chulgami uch fazali mis chulgamlardan iborat bulib unga ketma-ket uch fazali aktiv karshilik ulangan rotor chulgami.
Sirpanish – aylanuvchi magnit maydon tezligi bilan rotorni aylanish tezligi orasidagi nisbiy fark.
Yurgizish momenti – asinxron dvigatelni ishga tushirish paytida xosil kiladigan aylantiruvchi moment.
Maksimal (kritik) moment – asinxron dvigatel xosil kilishi mumkin bulgan eng katta aylantiruvchi moment kiymat.
Diod – ikki elektrodli yarim utkazgichli asbob.
Triod – uch elektrodli yarim utkazgichli asbob.
Tiristor – uch elektrodli boshqariladigan elektron asbob.
Tranzistor – uch elektrodli to‘liq boshqariladigan elektron asbob.
To‘g‘rilangan kuchlanish – to‘g‘rilagich sxemasini chiqish qismlaridagi kuchlanishni qiymati.
Filtr – to‘g‘irlangan kuchlanish tarkibidagi yuqori garmonikalarni bartaraf etadigan elektr zanjir elementi.
Integral mikrosxema – aktiv va passiv elementlarni yagona texnalogiya asosida yig‘ilgan va ulangan ma’lum funksional vazifalarini bajaruvchi minatyuralashtirilgan sxema.
Katta integral sxemalar (BIS) – katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan elektron apparatlarni alohida bloki sifatida foydalaniladigan integral mikrosxema.
Gibridli integral mikrosxema – keramik asosga yupqa va qalin plenkalar sifatida joylashtirilgan integral mikrosxema.
Elektr yuritma – ishchi mexanizmni elektrlashtirish hamda ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan avtomatik uskunalarga aytiladi.
Elektrodvigatel – elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektromexanik qurilma.
Elektr to‘g‘rilagichlar – o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini o‘zgarmas tok elektr energiyasiga aylantiruvchi apparat.
Inventor – o‘zgarmas tok elektr energiyasini o‘zgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantiruvchi apparat.
Yuklash diagrammalari – ishchi mexanizmni ishlash jarayonida uni quvvatini, aylantiruvchi momentni va tokini vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi.
Uzoq muddatli ish rejimi – ishchi mexanizmni ish jarayonida dvigatelni qizishi barqaror temperaturagacha o‘zgaradigan xolat.
Qisqa muddatli ish rejimi – ishchi mexanizmni ish jarayonida dvigatelni qizishi barqaror temperaturagacha qizib ulgurmaydi pauza vaqtida esa atrof muxit temperaturasigacha sovub ulgiradi.
Takroriy-qisqa muddatli ish rejimi – ishchi mexanizmni ish vaqtida dvigatel barkaror temperaturagacha qizib ulgurmaydi, pauza vaqtida esa atrof-muxit temperaturasigacha sovub ulgurmaydi.