Yechilishi kerak bo„lgan masalalar bo„yicha hisoblash ikki qismga bo„linadi:
Tarmoqlar ish rejimini hisoblash. Bu hisoblash ma‟lum bir vaqt oralig„ida tugun nuqtalaridagi kuchlanishlar, liniyalar va transformatorlardagi tok va quvvatlarni hisoblashdir. Loyiha hisoblari va uskunalarni ishlatishga tegishli hisoblar hususan berilgan ma‟lumotlarning aniqligi, ayniqsa yuklamalarning aniqligi bilan ajralib turadi. Loyihalash hisoblarida bu ma‟lumotlarni aniqligi kamroq bo„ladi. Shuning uchun bu hisoblar natijalarini aniqlash bo„yicha qo„yilgan talablar ma‟lum darajada kam bo„ladi. Mavjud elektr tarmoqlarini ish holatlarini qulaylashtirish uchun juda ham aniq hisoblar talab qilinadi.
Tarmoqlarni ish tartibi normal, shikastlangan va shikastlangandan keyingi
(shikast sabablari tugatilgandan keyingi) holatlar bilan farq qiladi.
Energetika tizimlarining barqaror ish rejimlari, ya‟ni tok va kuchlanishlari deyarli o„zgarmas bo„lgan parallel va shikastdan keyingi holatlar va o„tkinchi jarayonlar, ya‟ni shikastlangan holatdagi ish tartiblari (bular "o„tkinchi jarayonlar" faniga tegishli), alohida qo„rib chiqiladi.
Parametrlarni tanlashga doir hisoblash. Bu hisoblashga kuchlanish, liniya parametrlari, trasformatorlar, kompensatsiyalaydigan va boshqa uskunalarni har xil holatlar uchun tanlash kiradi24.
Loyihalash uchun zarur bo„lgan hisoblashning bir qismi bo„lgan mexanik mustahkamlik va yashinga qarshi hisoblar maxsus fanlarda ko„riladi.
Parametrlarni tanlashda avtomatikani ko„zda tutmoq kerak. Ko„pincha, agarda zarur texnik parametrlarga yetishishga avtomatik vositalar imkon bersa, bu birlamchi uskunalarning parametrlari (o„tkazgichlarni ko„ndalang kesim yuzasi, quvvat va boshqalar) ni o„zgartirishga qaraganda tejamli bo„ladi.
Ayniqsa, bu mumkin bo„lgan kuchlanish yo„qotilishi va og„ishi bo„yicha hisoblarga va qisqa tutashuv paytida qizishga bardosh berish bo„yicha hisoblarga tegishlidir. Birinchi holat uchun kuchlanishni rostlash uskunasi qo„llanilishi mumkin, ikkinchisida tezkor himoya vositalari qo„llaniladi.
Tarmoqlarning tanlanayotgan hamma parametrlarini hisoblash chog„ida ular qandaydir vaqt oraligida o„zgarmas deb olinadi. Ammo yuklamalarning o„sishida bu parametrlarni (kuchlanish, o„tkazgichlarni kesim yuzasi, podstansiyalar soni va boshqalar) o„zgartirsh zarur: bunga tarmoqni ancha yuqori kuchlanishga ko„tarish, kesim yuzasini, podstansiyalar sonini ko„paytirsh va boshqalar kiradi.
Holatlarni hisoblashda quyidagi usullar ko„proq qo„llaniladi:
1. Bevosita hisoblash usuli, qachonki natija bir tadbirda topiladi, masalan
tenglamalar sistemasini to„g„ridan to„g„ri yechish. Bu usul sxemasi ancha sodda tarmoqlar uchun qo„llaniladi.
Iteratsiya usuli (ketma-ket yaqinlashish), qachonki qidirilayotgan qiymatga ko„p tadbirlar natijasida, ya‟ni asta-sekin hiyla tahminiydan juda aniq javoblarga kelish. Birinchi yaqinlashish nol iteratsiya mumkin bo„lgan tahminiy axborotga asosan olingan bo„lishi mumkin.
Dinamik programmalashtirish usuli yordamida eng maqbul yechimni topish mumkin.
Oxirgi usul yuzlab yuklamalar bo„lgan murakkab (murakkab yopiq) tarmoqlar uchun qo„llaniladi va ko„p holatlarda faqat elektron hisoblash mashinalarini, maxsus avtomatlashtirilgan hisoblash modellarini tadbiq qilib, algebra matritsalarini va boshqa maxsus usullarini qo`llash mumkin.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |