Elektr yuklama grafiklarini harakterlovchi kattaliklarni hisoblash



Download 54,28 Kb.
Sana03.04.2022
Hajmi54,28 Kb.
#526628
Bog'liq
Elektr yuklama grafiklarini harakterlovchi kattaliklarni hisobla


  1. Elektr yuklama grafiklarini harakterlovchi kattaliklarni hisoblash.

Elektr tarmoqlaridan ya’ni, liniya va transformatorlardan oquvchi quvvat (yuklama) kun va yil davomida doim o’zgarib turadi, chunki iste’molchilarning ishga tushish va to’xtash vaqtlari bir–biriga to’g’ri kelmaydi. Bundan tashqari elektr dvigatellarini yuklash ham bajarilayotgan ishning turiga qarab o’zgarib turadi: Masalan, me’yorlash stanogida elektr dvigatelining tarmoqdan oluvchi quvvati parmaning diametri va unga zarur bo’lgan bosim kuchiga bog’liq.



1.1–rasm. Kommunal maishiy yuklama uchun sutkalik yuklamalar grafigi
Elektr tarmog’ida yuklamani sutka va yil davomida o’zgarishini ko’rsatish uchun elektr yuklama grafiklari xizmat qiladi. Bu grafiklarda abssissa o’qi bo’yicha vaqt–t qo’yilib, ordinata o’qi bo’yicha esa yuklama quvvat–Rmaks o’lchamida yoki maksimal yuklamaning qismlarida qo’yiladi.
Misol sifatida 1.1–rasmda kommunal–maishiy yuklama uchun kunli yuklama grafigi berilgan. Grafikning yuzasi kun davomida olingan energiya Wn–ni ko’rsatadi.
Energiyani 24 soatga bo’lsak, o’rtacha quvvat kelib chiqadi.
Ro’rt= (1.1)
Agar Wn–ni maksimal quvvatga bo’lsak, maksimal quvvatdan foydalanish soatlari soni kelib chiqadi.
Tmaks= (1.2)
Bu ko’rsatkich aksariyat yillik grafikdan aniqlanib (1.2–rasm), uning maonosi quyidagidan iborat: agar yil davomida iste’mol etiladigan energiyani maksimal yuklama qiymatida uzatilsa, u necha soatda iste’mol etilishi mumkinligini ko’rsatadi.



1.2–rasm. Yuklamani davomiyligi bo’yicha yillik grafik


Bir yilda 365*24=8760 soat bo’lib, Tmaks ning qiymati undan kichik. Masalan, Tmaks ning qiymati kun davomida to’xtovsiz ishlovchi korxonalar uchun 5000–7000 soat, qishloq xo’jalik iste’molchilari uchun esa 3000–3500 soat atrofida.
Elektr yuklamasini aniqlashda uning qiymatiga ta’sir etuvchi sabablarni e’tiborga olish uchun bir qator ko’rsatkichlar qabul qilinadi. Ularning orasidan asosiylari sifatida quvvatdan foydalanish koeffisiyenti, yuklama grafigining to’ldirish koeffisiyenti, talab koeffisiyenti, maksimal koeffisiyent, iste’molchilarning keltirilgan soni bo’yicha, aniqlash usuli, elektr energiyasini mahsulot birligiga sarflanish usuli va ulangan quvvat usullarini olish mumkin.


2. Quvvatdan foydalanish koeffisiyentini aniqlash


Iste’molchilarning aktiv quvvatdan foydalanish koeffisiyenti deb o’rtacha aktiv quvvatni nominal quvvatga nisbati tushuniladi:
Ki.a= (1.3)
Bu koeffisiyent va o’rtacha quvvat Ro’rt yuklamasi eng katta bo’lgan smena uchun aniqlanadi.
Aktiv quvvatli yuklama grafigi uchun (1.3–rasm)
Ki.a= (1.4)
bunda, Wa–smena davomida iste’mol etilgan energiya; Wa.nom–o’zgarmas nominal qiymatga ega bo’lgan yuklama tomonidan iste’mol etilishi mumkin bo’lgan energiya.
Reaktiv quvvatdan foydalanish koeffisiyenti Ki.r shunga o’xshash aniqlanadi.

1.3–rasm. Aktiv quvvatli yuklama grafigi
3. Yuklamalar grafigini to’lish koeffisiyenti


Yuklama grafigining to’lish koeffisiyenti o’rtacha quvvatni maksimal quvvatga nisbati bilan aniqlanadi:
Kto’l = (1.5)
yoki
Kto’l= (1.6)
Bu yerda: Wa – kunlik grafikning yuzasiga teng keladigan, kun davomida iste’mol etilgan elektr energiyasi;
Rmaks – 30 minutlik maksimal quvvat, ya’ni 30 minutdan kam bo’lmagan vaqt davomida o’zgarmay turuvchi maksimal yuklama.
Download 54,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish