Chilangarlik o'quv ustaxonalarida rioya qilinadigan umumiy tartib,
xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiena qoidalari.
Chilangarlik o'quv ustaxonasida bajariladigan ishlar va uni o'rganishdan
ko'zlangan maqsad, slesarlik kasbi haqida, ustaxonada rioya qilinadigan umumiy
tartib, xavfsizlik texnikasi va sanitariya- gigie
1
n
2
a qoidalari, o'quv ustaxonasining
jihozlari, slesarlik ish o'rni va uni tashkil etish to'g'risida umumiy tushunchalar
beriladi.
Xavfsizlik texnikasi jurnaliga qo'l qo'ydiriladi. Slesarlik kasbi deganda dastaki va
mexanizatsiyalashtirilgan asboblar bilan bajariladigan hamda moslash maromiga
yetkazish, xar xil qismlarni yig'ma birliklar, komplektlar va komplektlarga
biriktirish hamda ularni rostlash yuli bilan ko'pchilik buyumlarni tayyorlash
tugallaydigan ishlar tushiniladi.
Kasbni o'rganganlik darajasi va turi, bilimlar o'quv xamda kunikmalarning
mavjudligi, ma'lum mazmun va murakkablikdagi ishlarni bajarish yaroqliligi
ishchining malakasini belgilaydi. Bu malaka tarif razryadi bilan
baxolanadi.
Tarif-malaka spravochniklarida malaka xarakteristikasi tarif razryadi berish
uchun asos xisoblanadi. Unda ishchi o'z ixtisosligi bo'yicha tegishli tarif razryadi
olish uchun «nimani qila olishi» va «nimani bilishi» lozimligi ko'rsatiladi.
O'quv ustaxonalarida amaliy mashg'ulot vaqtida rioya qilinadigan umumiy
xavsizlik texnikasi qoidalari.
Sanoatdagi kishilar orasida baxtsizlik xodisalari ro'y berishini sanoatdagi
travmatazm deyiladi «Travma» - shikastlanish, mayib bo'lish demakdir. Xavfsizlik
texnalogiyasining vazifasi-baxtsizlik xodisalarining oldini olish va korxonada
ishchining bexatar ishlashini ta'minlaydigan va mexnat unimini oshirish
imkoniyatini beradigan sharoit tug'dirishdir.
Mashinalar va mexanizimlar oldida ishlaganda ko'riladigan extiyot choralari.
Mashina, dastgoh va boshqa turli tuman mexanizmlarning xarakatlanadigan,
aylanadigan qisimlari bo'ladi; masalan vallar, muftalar, o'rnatish xalqaro
shkivlar, qayish va arqon uzatmalar, tishli, frintsion va zanjir uzatgichlar shular
jumlasidandir. Baxtsizlik xodisalari ko'pincha mashina va mexanizimlar oldida
ishlaganda ro'y beradi. Mashinalarni aylanadigan qisimlaridagi chiqib turgan
detallar, masalan: Shponka, kallaklari, shponkalar, o'rnatish xalkalari va
muvtalardagi bolt va vint kallaklari xususan xavlidir. Slesarning dastgohlarda
ishlaganda rioya qilishi lozim bo'lgan asosiy xavfsizlik texnikasi qoidasi
dastxoxlarning xarakatlanadigan qisimlarini sim turlari, kojuxlar shu
kabilar bilan to'sib quyishdir.
Dastgoxlarni va mexanizmlarni to'xtatgandan so'ng tozalash va moylash kerak.
Dastgohlar ishlab turganda qayish uzatmalarni chiqarish yoki kiygizish
taqiqlanadi. Ishga tushish oldidan ust-boshingizni ko'zdan o'tkazish kerak.
Uzun sochli ayol sochini boshiga o'rab, ustidan ro'mol bog'lashi lozim.
Dastgoxlarni tartibga solgandan so'ng ishni boshlash mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |