Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti MSMSM yo`nalishi 3-kurs 04-20-guruh talabasi Qodirov Mirzoxidjonning “Kattalik etalonlari” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Elektr sig`imi birligi milliy boshlang`ich etalonini o`rganish
Elektr qurilmalari zahira elektr ta'minoti rele avtomatikasi
Reja:
1.Kondensator qurilmalarining rele himoyasi va avtomatikasi
2. Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari
Kondensator qurilmalarining rele himoyasi va avtomatikasi
Elektr ta’minoti sistemalarida har xil turdagi maxsus elektr qurilmalar, jumladan kondensator batareyalari, elektr pechlari, o‘zgartiruvchi qurilmalar va boshqalar qo‘llaniladi. Xizmat qilishlari davomida ular ham elektr ta’minoti tizimining boshqa elementlari singari shikastlanishi mumkin. Ular uchun katta toklar hosil bo‘laigan normal bo‘lmagan rejimlar ham havfli. SHuning uchun maxsus elektr qurilmalar ham shikastlanishlar va normal bo‘lmagan rejimlardan himoyalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ularda avtomatika qurilmalari ham qo‘llaniladi.
Kondensator qurilmalari quvvat koeffitsientini ko‘tarish va kuchlanishni mahalliy o‘zgartirish uchun ishlatiladi. Ular kuchlanishni o‘zgartirish qurilmasiga ega bo‘ladi. Kondensator qurilmalarida asosiy shikastlanish turi ikki fazali qisqa tutashuvga olib keluvchi kondensatorlar izolyasiyasining ishdan chiqishidir.

Normal bo‘lmagan rejimlarga yuqori garmonikalar ta’sirida kondensatorlarning o‘ta yuklanish kuchlanishning ortib ketishi va erga tutashuv kiradi.
1. Qisqa tutashuvdan himoya. Kuchlanish 1 kVt gacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida eruvchan saqlagichlar yoki avtomatik viklyuchatellar yordamida bajariladi. Kuchlanish 1 kVt dan yuqori elektr tarmoqlarida kondensator qurilmalari qisqa tutashuvdan eruvchan saqlagichlar yoki ikki fazali tok otsechkasi yordamida himoya qilinadi.

Kondensator qurilmasining ikki fazali bir releli tok otsechkasi yordamida himoyalanganda quyidagicha hisoblanadi. Agar himoya RT-80 tipidagi rele yordamida bajarilgan bo‘lsa quyidagicha hisoblanadi:
Rele elektromagnit elementining ishga tushish toki
bu erda K3=22,5 – zahira koeffitsienti, Ksx – sxema koeffitsienti, Ixi – himoyaning ishga tushish toki, KI – tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti, Inom.k – kondensator qurilmasining nominal toki, Q – kondensator qurilmasining reaktiv quvvati, U - kondensator qurilmasining nominal kuchlanishi.