ELEKTR SXEMALARNI KIRXGOF QONUNLARI ASOSIDA HISOBLASH
U.SH.Sabirova
Elektr zanjirlar nazariyasida Om qonuni bilan birga shoxobchalardagi TOKLAR va yopiq zanjirlardagi kuchlanishlar balanslarini ifodalaydigan ASOSIY qonunlardan biri KIRXGOF qonunlari hisoblanadi.
Elektr zanjirlarida TOK va KUChLANIShLARning zanjir bo‘yicha taqsimlanishi KIRXGOF qonunlari orqali ifodalanadi. Elektr zanjirlar elementlarining asosiy parametrlarini hisoblash uchun KIRXGOF VA OM qonunlaridan foydalaniladi.
Nemis fiziki Gustav Robert Kirxgof elektr zanjirlar nazariyasida o‘zining birinchi va ikkinchi qonunlarini yaratgan olimlardan hisoblanadi.
Om qonuniRezistiv qarshiliklari bo‘lgan zanjirlar uchun siljish va ko‘chish toklari nolga teng deb faraz qilamiz. Natijada, zan-jirning faqat o‘tkazuvchanlik toklari uchun keltirilgan matematik ifoda manbaning ye EYuK bilan undagi i tok orasidagi bog‘lanishni ketma – ket ulangan ixtiyorik qarshiliklar Σr = rич + rл uchun quyidagicha aniqlanadi: uab = ryuk · i bunda rl – manbadan yuklamagacha bo‘lgan ixtiyoriy uzunlikdagi liniya o‘tkazgichining qarshi- ligi. Yuklama kuchlanishining boshqacha ko‘rinishini olamiz: uab = e – Σr · i
Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo‘lib, zanjirdagi tok va kuchlanish o‘zaro qanday nisbatda bog‘langanligini ifodalaydi. Bu qonunga ko‘ra tarmoqlanmagan berk zanjirdagi (konturdagi) tok EYu K ga to‘g‘ri proporsional. Zanjirning to‘la qarshiligiga teskari proporsionaldir. Mazkur qonunga binoan. Quyidagi ko‘rsatilgan elektr zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi:
Bu yerda :
r0- manbaning ichki qarshiligi;
RL- liniyaning qarshiligi;
Rn- yuklama qarshiligi
Zanjirning EYuK bo‘lmagan qismi uchun OM QONUNI zanjirning shu qismi uchun tok va kuchlanish o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Uab=IR
Zanjirda TOK va KUChLANISh vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi mumkin (doimiy tok rejimi) u xolda tok va kuchlanishning oniy qiymatlari ham o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi. Shu xolat uchun Om qonuni quyidagicha ifodalanadi.
TA’RIFI: zanjirdan o‘tayotgan TOK kuchlanishga to‘g‘ri proporsiognal, qarshilikka teskari proporsional.
TA’RIF: zanjirdan o‘tayotgan TOK kuchlanishga to‘g‘ri proporsiognal, qarshilikka teskari proporsional
Zanjirning EYuK bo‘lgan qismi uchun OM qonuni quyidagicha ifodalanadi:
Elektr zanjirining EYuK ulangan qismi uchun OM qonuni quyidagicha ifodalanadi
Kirxgof qonunlari murakkab (ikki va unyaan ortiq konturli) elektr zanjirlarni hisoblash va ularning elektr holatlarini to‘la aniqlash uchun xizmat kiladi.
Murakkab zanjirlar u ch u n» tarmoq, tugun va kontur tushunchalari qo‘llanadi.