7. Kabelli konstruktsiyalarda ochiq elektr o’tkazuvchilar.
Kabellarni bunday usul bilan tortish avtomatlashtirish tizimlarida keng qo’llaniladi. Bu usul ishlab chiqarish inshootlari va tashqi uskunalarda man qilinmagan hamma hollarda qo’llaniladi. Ishlab chiqarish inshootlarida ochiq elektr o’tkazuvchilar (OEO’) bino konstruktsiyalari, devorlar , pol ostidan va shiftdan olib o’tilishi mumkin. Tashqi uskunalarda esa bino devorlari, kabel va texnologik estakadalarboylab tortilishi mumkin. Alohida ko’zda tutilgan hollardan tashqari hollarda avtomatlashtirish tizimi uchun maxsus kabel estakadasiqo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |