HAR BIR HUDUDDA SERVIS XIZMATLARI TASHKIL ETILADI
Hisoblagichlar barcha hududlarga o‘rnatib bo‘lingach, ularni sozlash va aloqaga chiqarib billing tizimiga ulash ishlari amalga oshiriladi. 2021 yilning mart oyiga qadar barcha elektr hisoblagichlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkentda shu yilning avgust oyida ishga tushirilgan Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markaziga ulanadi.
Markazda respublika, viloyat, tuman (shahar) va zarurat bo‘lganda mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilari hisoblagichlarining ma’lumotlari qayta ishlanadi va saqlab boriladi. Dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shakllantirish hamda tabaqalashtirilgan tarifda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |