Tabiiy fanlar fakulteti
dekani b.f.n. dotsent: V.Azizov
Umumiy biologiya kafedrasining katta o`qituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi S.A.Boltaboev va hammualliflarining «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanidan ma`ruzalar to`plamiga
T A Q R I Z
Ma`ruzalar to`plami insoniyatning eng dolzarb muammolaridan biri xayotiy faoliyat xavfsizligiga bag`ishlangan.
To`plamda asosan 13 ta ma`ruza keltirilgan bo`lib, unda xayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari, mexnatni muxofaza kilish, atmosfera xavosining ifloslanishi, yorug`likning tavsiflari, elektr va yong`in xavfsizligi asoslari, xayotiy faoliyatning tabiat aspektlari, hamda zaxarli moddalar va kasb kasalliklarini oldini olish yo`llari batafsil yoritilgan.
Ma`ruzalar to`plami lotin grafikasida, o`zbek tilida, sodda, ravon, tushinarli qilib tayyorlangan.
To`plam jamiyat uchun yuksak ma`naviy-ahloqiy qadriyatlarni o`zida mujassam etgan barkamol, sog`lom shaxsni shakllantirish, aholi sihat-salomatligini mustahkamlash, jismonan sog`lom yosh avlodni tarbiyalashda eng dolzarb bo`lgan, xayotiy faoliyat havfsizligi ko`nikmalarini talabalar ongiga singdirishda muhim ahamiyatga egadir.
Shunday qilib talabalar ma’ruzalar to’plamidan o`zlarida xayotiy faoliyat xavfsizligining birlamchi nazariy va amaliy ko`nikmalarni hosil qilishda foydalanishlari mumkin
Kimyo kafedrasi professori: Sh.Abdullayev
NamDU, Umumiy biologiya kafedrasi yig`ilishining qaroridan
K O` CH I R M A
№___ sonli bayonnoma «__»_______2007 y.
Qatnashdilar: barcha kafedra a`zolari
Turli masalalar
Kafedra mudiri dotsent I.Tog`aev so`zga chiqib, t.f.n. S.Boltaboev va hammualliflarining «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanidan ma`ruzalar to`plami muhokamaga qo`yilganligini gapirdi va so`zni kafedra katta o`qituvchisi b.f.n. e. Ikromovga berdi. U o`z so`zida ma`ruzalar matni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o`quv dastur asosida tayyorlanganligini va keyingi yillardagi insonlar xayotiy faoliyati xavfsizligi soxasi bo`yicha yaratilgan yangiliklar unda o`z ifodasini topganligini ta`kidlab, uni universitet o`quv-uslubiy kengashiga tavsiya etilishi mumkinligi xaqidagi fikrni o`rtaga tashladi.
Yig`ilish a`zolari bu fikrni bir ovozdan maqullashdi va kafedra yig`ilishi
QAROR QILADI
1. Kafedra katta o`qituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi S.A.Boltaboev va hammualliflarining «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanidan ma`ruzalar to`plami tasdiqlansin.
2. Ushbu ma`ruzalar to`plami o`zining elektron versiyasi bilan universitet o`quv-uslubiy kengashiga topshirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |