Электр хавфсизлиги


Changlar kattaligi, ya`ni dispersligiga qarab 3 guruhga bo`linadi



Download 0,68 Mb.
bet20/47
Sana27.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#585595
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
Hayotiy faoliyat xavfsizligi-maruza

Changlar kattaligi, ya`ni dispersligiga qarab 3 guruhga bo`linadi:
- kattaligi 10 mikrondan katta bo`lgan changlar;
- kattaligi 10 mikronda 0,25 mikrongacha bo`lgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi.
- kattaligi 0,25 mikrondan kichik bo`lgan changlar. Bu changlar ultramikroskopik changlar deb yuritilib, ular erga qo`nmay havoda uchib yuradi.
Ishlab chiqarish changining inson salomatligiga zararli ta`siri katta. Changning asosiy ta`siri, eng avvalo, nafas olganda yuzaga keladi. Bunday havo bilan nafas olish, asosan, nafas organlarini zararlantiradi: ya`ni bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy allergik reaktsiyalar rivojlanishiga sabab bo`ladi. Changning o`pka yo`liga kirishi pnevmoniya, sil, o`pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.
Kattaligi 4-5 mk bo`lgan changlar juda xavfli hisoblanadi. Yirik zarrachalar nafas olganda burun bo`shlig`ida ushlanib qoladi. Mayda zarrachalar esa o`pkaga o`tgach, changli «pnevmokonioz» kasalliklarini vujudga keltiradi. Kremniy oksidi changi ta`siridan «silikoz», ko`mir changidan «antrakoz», alyuminiy oksidi changi ta`siridan «alyuminoz», silikatlar ta`siridan «silikatoz» kabi kasallik turlari yuzaga keladi. Changning odam organizmiga ta`siri uning havodagi miqdoriga, kattaligiga va maydaligiga, elektrlanishiga bog`liq.
Chang zarralarining shakli sferik, yassi va boshqa ko`rinishda bo`ladi. Aerozollar hosil bo`lishida chang zarralari kondensatsiya­sining ko`p qismi yumaloq shaklga ega bo`ladi. Zarrachalarning shakli aerozolning turg`unligiga va organizmdagi holatiga ta`sir etadi. Chetlari o`tkir qirrali chang zarralari o`pka to`qimalarini jarohatlaydi. Shisha–tola, asbest kabi chang turlari yuqori nafas yo`llarining hujayralarini mikrojarohatlashi, ko`zning shilliq qavatiga va teriga ta`sir ko`rsatishi ham mumkin.
Mehnat Kodeksiga asosan, ishchilar ishga kirishdan oldin tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi. O`pka sili, yuqori nafas yo`llari va bronxlar kasalligi, yurak-tomir xastaliklari yoki boshqa kasalliklar bilan og`rigan kishilar changli ishga qabul qilinmaydi. Xavfsiz va sog`lom mehnat sharoiti bilan ta`minlash uchun ishlab chiqarish zonalarida havo muhitining chang miqdori yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan miqdordan ortmasligi kerak. Changning hosil bo`lishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik jarayonlarni avtomatik usullarga o`tkazilishi, shuningdek, jihozlarning zichligini oshirib, ma`lum masofadan turib boshqarish tizimlariga o`tish muhim ahamiyatga ega.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish