1-MA„RUZA. “ELEKTR XAVFSIZLIGI” FANIGA KIRISH
Reja: 1. Kirish qismi.
2. Umumiy talablar.
3. Xodimlarga qo
„iladigan talablar.
4. Sinov savollari.
1. Kirish qismi
Sanoatda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi
sababli, elektr toki ta‘siridan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va
ulardan saqlanish, muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta‘sirining
eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. Shuning
uchun elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq
vositalari bilan ta‘minlash, shaxsiy va umumiy muhofaza tizimlarini o‘rnatish
nihoyatda muhim. Umuman, elektr toki ta‘siri faqat birgina biologik ta‘sir bilan
chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta‘siri, magnit maydoni ta‘siri va statik
elektr ta‘sirlariga bo‘linadi. Bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy
ma‘lumotlar jumlasiga kiradi. Elektr energiyani sanoatda va xalq xo‘jaligida keng
qo‘llanishini o‘sishi va kengayishi elektr xavfsizligini ta‘minlash masalalarini
qo‘yadi.
«Elektr xavfsizligi» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga elektr xavfsizlik
texnikasi, elektr toki va uning tirik organizmlarga ta‘siri, tok ta‘siridan qutqarish,
himoyalash, elektr qurilmalarida texnik xavfsizlik ishlari, jarohatni oldini olish, elektr
qurilmalarga xizmat ko‘rsatishdagi texnika xavfsizlik tadbirlari kabi masalalarni
yechishni o‘rgatish. Talabalarga 1000 Voltgacha va undan yuqori bo‘lgan kuchlanish
ostidagi elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
bo‘yicha bilimini berish, ular o‘z bilimiga suyangan holda amaldagi ishlarni
xavfsizlik bilan olib borishi va ish joylarini to‘g‘ri tayyorlashlari mumkin, baxtsiz
hodisalar sodir bo‘lganida jabrlanuvchiga amaliy birinchi yordam berish, shuningdek
yurakni tashqaridan massaj qilish va sun‘iy nafas oldirish kabi ishlarni to‘g‘ri
bajarishlari mumkin. Bundan tashqari amalda himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashlari
mumkin.
Elektr energiyani sanoatda va xalq xo‘jaligida keng qo‘llanilishi asosan
shaxslarning elektr qurilmalarni ko‘p ekspluatasiya qilish bilan bog‘liq. Shuning
uchun xavfsizlik savollari elektr qurilmalarda muhim o‘rin tutadi. Elektr xavfsizlik
masalalarini yechilishida xodimlar va boshqa shaxslarni kundalik ish sharoitini
yaxshilanishi, ularning elektr qurilmalarni ekspluatasiyasida o‘zlarini elektr toki
ta‘siridan himoya tadbirlarini qo‘llashlari katta ahamiyatga ega. Hozirgi sharoitda
elektr xavfsizligi yutuqlarini hisobga olib yangi himoya vositalari yaratilmoqda.
Baxtsiz hodisalar sanoatda tekshirib ko‘rilsa, umumiy baxtsiz hodisalar 0,5-1% ga
to‘g‘ri keladi. Elektr energetikada esa bu 3-3,5% ni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda
o‘lim holati bilan tugaydigan tok ta‘sirida tushib qolishlar, 20-40% ni tashkil qiladi.
(Energetikada 60% gacha) 1000 Voltgacha bo‘lgan elektr qurilmalarda esa 75-80% ni
tashkil etadi va bu ma‘lumotlar "Texnika xavfsizligi qoidalari", "Elektr qurilmalar-
ning tuzilishi qoidalari" va boshqa standart ko‘rsatmalarda keltirilgan.
Ishlab chiqarishda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish
maqsadida, «Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda ekspluatasiya qilish qoidalari
2
va xavfsizlik texnikasi qoidalari» ni o‘rgatishdir. «Elektr energetika» yo‘nalishi
talabalaridan esa «Elektr xavfsizligi» fanini puxta o‘rganish talab etiladi.