2-MA‘RUZA. FANNING PREDMETI VA USLUBLARI
Reja: 1. Qabul qilingan atamalar va qisqartmalar.
2. Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning elektr xavfsizligi
bo‘yicha guruhlari.
3. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish man qilingan og‘ir va
zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ish va kasblar ro‘yxati
4. Sinov savollari.
1. Qabul qilingan atamalar va qisqartmalar
Atama, belgilanishi
Ta‘rifi
1
2
Energetika tizimi
(energotizim)
Elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlarining birlashmasi
hisoblanib, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib, elektr energiyasini
va issiqlikni uzluksiz ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash
bo‘yicha, umumiy rejimli boshqaruvga egadir
Elektr ta‘minoti
Iste‘molchilarni elektr energiya bilan ta‘minlashga aytiladi. Elektr
ta‘minoti tizimi deb, iste‘molchilarni elektr energiyasi bilan
ta‘minlovchi elektr qurilmalar jamlamasi (birligi)ga aytiladi
Elektr tarmog‘i
Elektr energiyani uzatuvchi va taqsimlovchi elektr uskunalarning
birligi hisoblanib, ular podstansiyalar, tarqatuvchi qurilmalar, tok
o‘tkazuvchilar, havo va kabel liniyalaridan tashkil topgan bo‘lib,
yuridik yoki jismoniy shaxslar hududlarida ishlaydilar
Elektr energiyasini
qabul qiluvchilar
(elektr qabul qiluv-
chilar)
Sрunday apparat, agregat va mexanizmlarga aytiladiki, ularda
elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga o‘zgartiriladi
Elektr energiya
iste‘molchisi
Ayrim elektr qabul qiluvchiga yoki ma‘lum hududda joylashgan
va umumtexnologik jarayon bilan o‘zaro bog‘langan, elektr qabul
qiluvchilar guruhidir
Elektr uskunasi
Elektr energiyasi ishlab chiqarilayotgan, o‘zgartirilayotgan, uzati-
layotgan, taqsimlanayotgan hamda iste‘mol qilinayotgan uskuna-
lardir
Ishlayotgan elektr
uskunalari
Kuchlanish ostidagi yoki kommutatsiya apparatlarini ulanishi
bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr uskunalari yoki
ularning uchastkalari
1000 Voltgacha va
undan yuqori
kuchlanishli elektr
uskunalari
Kuchlanishi (ishchi kuchlanishi) 1000 Voltgacha va undan yuqori
bo‘lgan elektr uskunalari
Elektr uzatish liniyasi
Elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallangan elektr uskunasi.
Izoh: Elektr uzatish liniyalari havo yoki kabel liniyalari bo‘lishi
mumkin
HL
Havo elektr uzatish liniyasi
KL
Kabel elektr uzatish liniyasi
OTQ (ORU)
Ochiq yoki tashqi elektr uskunalari deb, atmosfera ta‘siridan bino
yordamida himoya qilinmagan elektr uskunalaridir
YoTQ (ZRU)
Yopiq yoki ichki elektr uskunalari deb, atmosfera ta‘siridan
himoya qiluvchi binoni ichida joylashgan elektr uskunalariga
2
aytiladi
Kommutatsion elektr
apparatlari
Elektr zanjirini kommutatsiya qilish va tok o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan elektr apparatlari tushuniladi
Mexanizmlar
Gidroko‘targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, avtoyuk-
lovchilar, bo‘rg‘ilash-kran mashinalari, mexanik yuritmali surilma
narvonlar
Yuk ko‘tarish
mashinalari
Barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (kanatda osilgan ilgak
bilan ishlashga mo‘ljallangan ekskavatorlar), «Sanoatkontex-
nazorat» DI ning qoidalariga ta‘luqli bo‘lgan yuklar va odamlarni
ko‘tarish uchun talar, chig‘irlar
HL ni himoya hududi
Chekkadagi simlardan (ularni og‘magan holatida) quyidagi
masofaga uzoqlashgan parallel to‘g‘ri chiziqlardan o‘tuvchi
vertikal tekisliklar orasidagi yer va fazo uchastkasi, havo elektr
uzatish liniyasining himoya hududi bo‘lib hisoblanadi:
1 kV gacha ……………………………………..…..………... 2 m;
1 kV dan 20 kV gacha ………...……………...………….… 10 m;
35 kV …………………………..………………………… 15 m;
110 kV …………………..………………….…………….. 20 m;
220 kV ………………….………………………………… 25 m;
500 kV …………………….………………..…………..… 30 m
Ekspluatatsiya qiluvchi
korxona
Elektr uskunasini ishlatayotgan elektr stansiyasi, elektr tarmoqlari
korxonasi, sanoat korxonasi
Hosil bo‘ladigan
kuchlanish hududi
110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok HL
bo‘ylab, HL o‘qidan kam bo‘lmagan masofaga uzoqlashgan, ikki
tarafdan vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer va fazo
uchastkasi ko‘rinishidagi hudud hosil bo‘ladigan, kuchlanish
hududi deb hisoblanadi:
110 kV HL uchun ………………………………………... 100 m;
220 kV HL uchun ………………………………………... 150 m;
500 kV HL uchun ………………………………………... 200 m;
Hosil bo‘lgan
kuchlanish hududidagi
HL
110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi boshqa ishlayotgan HL
ni, hosil bo‘lgan kuchlanish hududida butun uzunligi bo‘yicha
yoki umumiy uzunligi 2 km dan kam bo‘lmagan ayrim
uchastkalari bo‘ylab o‘tuvchi HL
Ishlayotgan elektr
uskunasining ta‘sir
hududi
Ish joyida kuchlanganligi 5 kV/m dan yuqori, kuchlanishi 500 kV
bo‘lgan, ishlayotgan elektr uskunaning yonidagi bo‘shliq
Elektr ta‘mirlash
(sozlash) tashkiloti
Elektr uskunaning elektr jihozlarini ta‘mirlash yoki sozlash
bo‘yicha ishlarni bajarayotgan tashkilot
Dalolatnoma–ijozat
Ishlayotgan elektr uskuna hududida, elektr uskunalarini ta‘mirlash
(sozlash) bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun yozma ruxsat
Balandlikdagi ishlar
Ish joylari va ularga o‘tish yo‘llari yer, tom (pol) sahnidan 1,3 m
va undan yuqorida joylashgandagi ishlar
Sinov uskunasi
Elektr jihozlarini sinash uchun mustaqil manbaga ega bo‘lgan,
qo‘lda yoki transport yordamida olib boriladigan uskuna. Uni
yordamida elektr jihozlariga sinov kuchlanishi berilishi mumkin
Doimiy sxema
bo‘yicha kuchlanish
berish
Ekspluatatsiya ish rejimi kiritilganidan so‘ng, ushbu elektr
uskunaning loyihasida ko‘zda tutilgan kommutatsiya sxemasi
bo‘yicha elektr uskunaga yoki uni ayrim uchastkalarida kuchla-
nish berish
3
Vaqtinchalik sxema
bo‘yicha kuchlanish
berish
Sinalayotgan elektr uskunasi loyihasida ko‘zda tutilmagan kom-
mutatsiya sxemasi bo‘yicha sozlash ishlari amalga oshirilayotgan
sinov uskunalarini ta‘minlash uchun kuchlanish berish
Kuchlanish olinganida
bajariladigan ishlar
Elektr uskunani tok o‘tkazuvchi qismlardan ishchi kuchlanishi
olinganida, elektr uskunada bajariladigan ishlar
Tok o‘tkazuvchi
qismlarda kuchlanish
ostidagi ishlar
Himoya vositalarini qo‘llagan holda, elektr uskunaning bevosita
tok o‘tkazuvchi qismlarida bajariladigan ishlar.
1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida hamda 1000
Voltgacha bo‘lgan kuchlanishli HL da kuchlanish ostidagi
ishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan masofalardan yaqin
joylashgan tok o‘tkazuvchi qismlarda, bajariladigan ishlar kiradi
Naryad-ijozat
Ish joyini, ishni boshlash va tugatish vaqtini, uni xavfsiz bajarish
shartlarini, brigada tarkibini va ishlar xavfsizligi uchun javobgar
shaxslarni belgilovchi yuqori xavfli ishlarni xavfsizlik bilan
amalga oshirish uchun yozma topshiriq
Ish joyi
Elektr ta‘mirlash (sozlash) tashkilotining xodimlari tomonidan
ishlar olib berilayotgan hududni uchastkasi yoki xonaning qismi
Ijozat
Ish joyiga naryad-ijozat bo‘yicha ruxsat berish.
Qayta ijozat
Mazkur naryad-ijozat bo‘yicha, oldin ishlar amalga oshirilgan ish
joyiga ijozat berish
Elektr muhofaza
vositalari
Elektr uskunalari bilan ishlaydigan odamlarni elektr tokidan
shikastlanishdan, elektr yoyi va elektr maydoni ta‘siridan himoya
qilish uchun xizmat qiladigan qo‘lda yoki transport yordamida
olib boriladigan buyumlar
Ishlayotgan elektr
uskunalaridagi ishlar
Elektr ta‘mirlash (sozlash) ishlarini, ishlayotgan elektr uskuna-
ning hududida (xonasida) amalga oshirish
Malakali xizmat
ko‘rsatuvchi xodim
(mutaxassis)
Ushbu ish lavozim uchun majburiy hajmdagi bilimlar tekshiruvi-
dan o‘tgan va elektr uskunalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi
qoidalariga ko‘zda tutilgan, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malaka-
viy guruhga ega hamda maxsustayyorlangan shaxs hisoblanadi
Elektr xonalari
Faqat malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun kirish
mumkin bo‘lgan, elektr uskunalari joylashtirilgan xonalar yoki
xonaning to‘rlar bilan ajratilgan qismlaridir
Issiq xonalar
Shunday xonalarga aytiladiki, ularda isiqlik nurlanish ta‘siridan
doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan (bir sutkadan ortiq) harorat
+35
0
S dan yuqori bo‘ladi (masalan, quritgichlar, quritadigan va
pishiradigan pechlar joylashgan xonalar, qozonxonalar va h.k.).
Moy to‘ldirilgan
apparatlar
Shunday apparatlarga aytiladiki, ularning ayrim elementlari va
barcha normal holatda uchqun beruvchi qismlari yoki orasida yoy
hosil bo‘luvchi qismlari shu qadar moyga botiriladiki, ushbu
qismlar va atrof-muhit bilan aloqa imkonlari istisno qilingan
Balandlikka chiqib
bajariladigan ishlar
Yer, tom, ish to‘shamasi sahnidan 5 metrdan ko‘proq balandlikda
bevosita konstruksiyalarda turib ularni ta‘mirlash yoki ta‘mirlash
bo‘yicha bajariladigan ishlar, balandlikka chiqib bajariladigan
ishlar deb hisoblanadi. Bunda, ishchilarni balandlikdan tushib
ketishidan saqlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida, saqlov-
chi kamardan foydalaniladi
TP
Transformator podstansiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |