5
- navbatchi energetik va elektrslesar, rele himoyasi energetiki, kontakt elektr
tarmoqlari energetiki, stansioner radionazoratchi va radio uskunalari energetiki
sifatida ishlash;
- kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi tarmoqlarda ishlash;
- kabellardagi (qo‘rg‘oshindan mufta va buyum tayyorlash, kabellardan
qo‘rg‘oshin qobig‘larini olib tashlash, qo‘rg‘oshin qobig‘li kabellarni barabanga
o‘rash, trassa bo‘ylab tortish va xandaqlarga tashlash, issiq qorishmalar bilan ishlash,
polietilen va polixlorvinil qobig‘li kabellardagi ta‘mirlash va kavsharlash ishlarida
qatnashish;
- tarkibida qo‘rg‘oshin va uni birikmalari bo‘lgan metallarni kavsharlash
lampalari yordamida ulash ishlarida;
- qo‘rg‘oshin akkumulyatorlarini zaryadlantirish va ta‘mirlash ishlarida;
- elektr uskunalarini yuqori kuchlanish bilan sinash ishlarida;
- kompressor uskunalari va kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori bo‘lgan motor-
larni ekspluatatsiya qilish ishlarida;
- ishlatilgan moylarni tozalash (regeneratsiya) ishlarida;
- ustunlarni o‘rnatish va yiqitish, daraxtlarni kesish va ag‘anatish hamda havo
elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlarida;
- balandlikdagi ishlarda;
- avtotransport vositalarini boshqarishda, yuk ko‘tarish mashina va mexanizm-
larida kranchi, mashinist, traktorist, yuk iluvchi, yuk tashuvchi sifatida ishlash;
- termit, gaz va elektr kavsharlash ishlarida;
- pnevmatik asbob va qurilish-ta‘mirlash pistoletlarini ishlatish bilan bog‘liq
ishlarda;
- nitrobo‘yoq va nitroemal ishlatib, pulverizator yordamidagi bo‘yash va asfalt
laklarini qo‘llash
bilan bog‘liq ishlarda;
- yog‘ochlarni antiseptik va yong‘inga chidamli birikmalar bilan shimdirish
ishlarida;
- yer osti inshootlarida va yer qazish ishlarida;
- portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash, ishlatish va tashish bilan bog‘liq
ishlarda;
- balog‘atga etmagan yoshlarga belgilangan me‘yorda, og‘ir narsalarni ishlatish
va ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda;
- mahalliy navbatchisiz kuchaytirgich aloqa punktlari uskunalarini ta‘mirlash
va profilaktika ishlarida;
18 yoshgacha bo‘lgan, ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurtlarining talabalari
va umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini korxonalarda
ishlab-chiqarish amaliyotini o‘tash davrida (ya‘ni ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda kasb o‘rganish davrida), mehnat ta‘lim muhandisi va korxona (tashkilot)
ishchi-xodimlari nazorati ostida, belgilangan ishlarda bir kunda 4 soatgacha ishlash
uchun ruxsat etiladi.
O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurti
va o‘rta ma‘lumot beruvchi maxsus bilim yurtlarini tamomlab, maxsus mutaxassis
kasb o‘rganib, 18 yoshga to‘lmagan bilim yurti bitiruvchilari belgilangan ishlarda
ishlash uchun, amaldagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha, qoida va normalarga
rioya qiluvchi, tajribali ishchi-murabbiylar rahbarligida, ruxsat etiladi.
6
4. Sinov savollari.
1. Qabul qilingan atamalar va qisqartmalarni kengroq tushuntiring.
2. Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning elektr xavfsizligi
bo‘yicha guruhlarini ayting.
3. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish man qilingan og‘ir va
zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ish va kasblar ro‘yxatini izohlang.