7-MA’RUZA
ELEKTR EROZIYA
7.1 Metallarni elektr erozion usul bilan qayta ishlash.
Elektronerozion ishlov berish (uchqunli) – elektr energiya impulslarining issiqligi
ta’sirida metall mikroporsiyalarining erishi va bug‘lanishidan samarali foydalanishga asoslangan
fizik jarayon. 15.1 – rasmda elektroerozion jarayonini tushuntirish sxemasi keltirilgan.
15.1 – rasm. Elektroerozion razryadning ishlashini tushuntiruvchi sxema
Elektr energiyaning impulslari elektr o‘tkazmaydigan suyuqlik 3 ichiga botirilgan
elektrod – detal 2 va elektrod – asbob 1 yuzalari orasida uchqunli razryad 4 kanalida hosil
qilinadi. Detal va asbob oralig‘ining eng kichik bo‘lgan zonasidagi mikrobo‘rtiqlar orasidagi
tirqich bir qutbli impulslar ta’sirida bo‘dadi. Bu razryad ta’siridagi zonada metall va suyuqlik
bug‘laridan iborat gazi puffak 5 hosil bo‘ladi hamda bug‘larning yuqori bosimi erigan metall
zarrachalarini elektrodlar yuzasidan chiqarib tashlaydi va bu zarrachalar zoldirchalar 6 shaklida
suyuqlikda qotadi. Natijada, har ikkala elektrodlarning yuzalaridagi mikroegri– bugriliklar
tekislanadi. Elektrod – asbob ishlov berilayotgan detalga elektrod shakliga muvofiq botqlik hosil
qilib kirib boradi.
Bu usulda detalarga ishlov berish quyidagi kamchiliglarga ega: kesib tashlashga nisbatan
ish unumdorligi pastroq, enegiya sarfi va ishlov berish vaqti ko‘proq.
Ishlov berish davomida elektrod – asbobni saqlab qolish maqsadida asbob va detalning
juftini topish kerak bo‘ladi. Katodning eyilishini kamaytirish uchun impulslar generatorininng
manfiy qutbiga elektrod– asbob ulanadi. Odatda elektrod – asboblar latun, mis, alyuminiydan
tayyorlanadi, chunki ularning elektroeroziya natijasida emirilishi po‘lat yoki qattiq
qotshmalarning elektroeroziya ta’siridagi emirilishiga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Metallarning
erish harorati qancha yuqori bo‘lsa, elektroneroziya jarayonida yuzaga keladigan issiqlik
ta’sirida zarrachalarining ajralib chiqishi shuncha kam bo‘ladi. SHuning uchun, ko‘pincha
elektrod – asboblar qiyin eriydigan materiallardan tayyorlanadi (grafit, volfram, miss va volfram
qotishmasi).
Suyuq muhitda eroziya jarayoni jadal kechadi. Suyuqlik uzilib chiqayotgan metall
zarrachalarini olib tashlash uchun kerakli dinamik kuchlanishlarni yuzaga keltiradi, elektrodlar
oralig‘i izolyasiyasini mustahkamlaydi, elektrodlarni sovutadi va erozion jarayonni stabillashtirib
turadi. SHuning uchun, ishlov suyuqligi sifatida kerosin, texnik moylar va distillangan suv
ishlatidai. Elektrodlar orasidagi tirqich juda kichik (o‘nlab mikronlarni tashkil etadi) bo‘lgani
uchun elektrodlarga 100 – 300 V kuchlanish beriladi. Berilayotgan elektr energiyaning deyarli
90% razryadli oraliqda elektroneroziya jarayonida sarf bo‘ladi va 10% gina isrof bo‘ladi.
a
a
1
2
3
5
6
4
Do'stlaringiz bilan baham: |