3.5 Energetik va irrigatsiya rejimida ishlovchi GESlar.
Irrigatsiya tizimiga qurilib ekspluatatsiya qilinayotgan kichik GESlar
irrigatsiya rejimida, ya’ni faqatgina ekinlarning vegetatsiya-sug‘orish
davrida (3 oy, 6 oy 9 oy va hokazo) ishlaydi (Masalan, CHirchiq-Boʻzsuv
irrigatsiya tizimidagi 22 dona GESlar kaskadi). CHirchiq-Boʻzsuv energetik
kaskadi 25-rasmda koʻrsatilgan. Irrigatsiya rejimida ishlaydigan GESlar, toʻxtovsiz
energetik rejimda ishlaydigan GESlardan keskin farq qiladi. Energetik rejimda
toʻxtovsiz ishlaydigan GESlar, yillik va koʻp yillik suv bilan ta’minlovchi, tog‘ va
tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli toʻg‘onlarga oʻrnatiladi (Masalan,
Qirg‘izstondagi Toʻxtag‘ul, Tojikstondagi Rog‘un GESlari va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |