2.3 Noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari hamda
ularnig dunyo mamlakatlarida qoʻllanilayotgan turlari.
Hozirgi kunda energiya iste’mol qiluvchi barcha sohalarning organik
yoqilg‘ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada
tabiatning flora va faunasida salbiy oʻzgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va
hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo boʻlmoqda. SHuning
uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya
iste’mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta’minlashdir.
Ekologik toza energiyani faqatgina tabiatda mavjud boʻlgan energiya
manbalaridan olish mumkin. SHuning uchun bunday manbalarni noana’naviy va
qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha
rivojlangan mamlakatlarda energiyaning bunday turlaridan foydalanib har xil
energiya turlarini ishlab chiqarishga kirishilgan [12] (7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |