1-▼YUB = f (W), 2-▼YUB = f ( F )
Suv energetik hisoblarda har xil xarakteristikalarni bog‘lovchi grafiklar keng
qoʻllaniladi. Suv omboriga ma’lum miqdorda suv kirib turgan holat uchun odatda
topografik xarakteristikalardan biri boʻlgan statik xarakteristikadan foydalaniladi.
Statik xarakteristika ikki xil grafikdan iboratdir. Ulardan biri suv sathi bilan suv omboridagi hajm orasidagi bog‘lanishni - ▼YUB = f (W) koʻrsatadi va hajmiy grafik deb ataladi, ikkinchisi - suv sathi bilan suv yuzasi orasidagi bog‘lanishni ▼YUB = f ( F ) koʻrsatadi va maydon grafigi deb ataladi. Ikkala xarakteristika ham joyning topografik rejasi ishlab chiqilgandan hamda suv hajmlari oʻlchangandan sung quriladi (33-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |