Электр энергияси поездларни тортиш учун қўлланган илк тажрибаларда энергия манбаи ва электр двигатель ҳаракатланувчи бирликда жойлашар эди



Download 9,67 Mb.
bet14/52
Sana22.02.2022
Hajmi9,67 Mb.
#96968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
Bog'liq
Контакт тармоги Колледжи

1 — rezbali sheka; 2 — rezbasiz sheka; 3 — M12 bolti; 4 — M12 gaykasi



39-rasm. Po’lat armatura: a — zaminlovchi o’tkazgich plashkali qisqichi; b — zirak; v — pestik – kesmali bo’g’inlangan shtanga;
1 — plashka; 2 — bolt; 3 — gayka; 4 — prujinali shayba; 5 — kesma – quloqli bo’g’inlanmagan shtanga; 6 — pestik – quloqli bo’g’inlanmagan shtanga; 7 — gayka
Qattiq ko’ndalang temir uchun uchburchakli osma qo’llaniladi (41, a - rasm). Bekatlarda bundan tashqari o’tkazgichlarni traversalarga osiladi. Egiluvchan ko’ndalang temirda o’tkazgichlarni ko’ndalang ushlab turuvchi trosga uni yuqori qayd qiluvchi trosga qotirilishi bilan mahkamlanishi uchun detallar jamlanmasi qo’llaniladi (41, b - rasm). Ushlab turuvchi trosni o’rindiqqa yotqiziladi (42 - rasm) va bir tomoni kichik, ikkinchi tomoni katta kesim yuzali o’tkazgichlarni mahkamlashga mo’ljallangan ikki tomonli plashka bilan qayd qilinadi.

40-rasm. Bugel: a — d = 16 mm li chiviqdan; b — taxtachali;
1 — bugel; 2 — taxtacha; 3 — gayka; 4 — payvandlangan zirak

Yarim kompensasiyalangan zanzirli osmalarning bir izolyasiyatorga ikki ushlab turuvchi tros osiluvchi o’tish tayanchlariga ikkitalik o’rindiq o’rnatiladi.





41-rasm. Qattiq (a) va egiluvchan (b) ko’ndalanglarda osma


1 — qattiq ko’ndalang temir; 2 — ilgakli bolt; 3 — tayanchli burchak; 4 — uch burchakli osma; 5 — zirak; 6-9 — ko’ndalang ushlab turuvchi va yuqori qayd qiluvchi troslar; 7 — ko’ndalang ushlab turuvchi troslar uchun qisqich; 8 — tor; 10 — xomutli qisqich

42-rasm. Bittalik o’rindiq:
1 — o’rindiq; 2 — shplint; 3 — valcha; 4 — rezbali plashka; 5 — gayka; 6 — bolt; 7 — shayba


Kompensasiyalangan zanjirli osmalar qattiq va egiluvchan ko’ndalanglarda, burilmaydigan konsollarda harorat o’zgarishida trosning ko’ndalang siljishini ta’minlash lozim, shuning uchun uni maxsus rolik 5 ga osiladi (41 - rasm).
Kuchaytiruvchi, ta’minlovchi, so’ruvchi va ba’zi boshqa o’tkazgichlarni ushlab turuvchi troslar osmasi uchun qo’llaniluvchi o’rindiq yordamida osiladi. Bir necha o’tkazgichlarni umumiy izolyatorlar tizmasiga osish keng tarqalgan. Bu holatda o’tkazgichni ikkitalik o’rindiqqa yoki ustma-ust osilgan ikki-uchta birlik o’rindiqqa joylashtiriladi.

43-rasm. Kompensasiyalangan ushlab turuvchi trosning g’ildirakchaga mahkamlanishi:
1 — tortma qisqich; 2 — ulovchi taxtacha; 3 — ponali qisqich; 4 — qo’shimcha tros; 5 — g’ildirakcha; 6 — asosiy ushlab turuvchi tros


Izolyatorlar va turli konstruksiyalar yegarlarni bo’g’inlash uchun o’tish detallari xizmat qiladi: bir va ikki panjali quloqcha (44, a, b - rasm), zirak va boshqalar.

44-rasm. Quloqcha: a — bir panjali; b — ko’p panjali;
1 — pestik; 2 — qulf


Kontakt o’tkazgichlari va po’lat-mis troslar oxirgi uchini yamashni ponali qisqichda bajariladi (45 - rasm). O’tkazgich yoki tros uchini yamashda uni qisqich orqali o’tkaziladi, pona atrofida egiladi, keyin esa (o’tkazgich kesim yuzasiga bog’liq ravishda katta yoki kichik) pona bilan qisqichga kiritiladi.
Torlar zanjirli osmalarda kontakt o’tkazgichini ushlab turuvchi trosga, ikkilik zanjirli osmalarda esa — yordamchi o’tkazgichga va uni ushlab turuvchi trosga mahkamlashga xizmat qiladi.



45-rasm. Ponali qisqich
1 — korpus; 2 — (katta yoki kichik) pona; 3 — valcha; 4 — shplint; 5 — belbog’; 6 — tros

46-rasm. Ko’p tomirli o’tkazgich oxirgi uchini yomash



47-rasm. Torlar: а — bo’g’inli tor; бva вkompensasiyalangan va yarim kompensasiyalangan osmalarga torlar joylashishi; г — torlarning vertikalga mumkin bo’lgan egilishi: 1ushlab turuvchi tros; 2 — kontakt o’tkazgichi; 3 — tok qabul qiluvchi sirg’anchig’i; 4 — torli qisqich 046

48-rasm. Kontakt osmasiga ko’ndalang elektr ulagichlar o’rnatish (a, b), kuchaytiruvchi o’tkazgichlar va ajratgichlar shleyflari ulanish (v) shemasi:
1 va 5 — ulovchi va taminlovchi qisqichlar; 2 — ushlab turuvchi tros; 3 —elektr ulagich; 4 va 7 — kontakt va kuchaytirish o’tkazgichi; 6 — “С - shaklli” elektr ulagich; 8shleyf; 9o’tish qisqichi



49-rasm. Bo’ylama elektr ulagichlar:
1 — elektr ulagichlar (MG o’tkazgichi); 2 ulovchi qisqich; 3 — ushlab turuvchi tros; 4 — kontakt o’tkazgichi; 5 — ta’minlovchi qisqich


Zanjirli osmalar bo’g’inli torlarini 4 mm diametrli po’lat-mis simdan tayyorlanadi (47, a - b rasm), alohida bo’g’inlar bir-biri bilan sharnirli bog’langan. Tor yemirilishini kamaytirish uchun bo’g’inlar ulanish joyida koush o’rnatiladi. Bo’g’inli torlarni kontakt o’tkazgichiga va ushlab turuvchi trosga tor qisqichi orqali ulanadi. Yarim kompensasiyalangan osmaning ikkilik kontakt o’tkazgichi alohida pastki bo’g’inli umumiy torlarga mahkamlanadi.
Harorat o’zgarishida kontakt o’tkazgichi bir tekis egiluvchanligi va osilish o’qini ta’minlash uchun tayanch konstruksiyalarda uni ressor troslar ilinadi. (Ko’ndalang va bo’ylama) elektr ulagichlarni anker uchastka tutashmalarida va bekatlar alohida seksiyalarda, kuchaytiruvchi o’tkazgichlarni kontakt osmasi bilan va ushlab turuvchi trosni kontakt o’tkazgichiga ulanish joylarida, hamda, ajratgichlar va zaryadsizlagichlar yoki o’ta kuchlanishni chegaralagichlar ulanganda havo strelkalariga o’rnatiladi.
Bekat barcha yo’llari orasiga ko’ndalang ulagich (48 rasm) o’rnatiladi. Bunday ulanish barcha parallel ulangan o’tkazgichlardan tok oqishini taminlaydi.
Bo’ylama ulagichlarni anker uchastka tutashmalarida, havo strelkalariga, hamda, kuchaytiruvchi va taminlovchi o’tkazgichlarni kontakt osmasi bilan ulanish joylarida o’rnatiladi.

50-rasm. Taminlovchi qisqichlar, а — ponali; b — ponasiz, kesikli:


1 — kontakt o’tkazgichi; 2 — ulovchi o’tkazgich; 3 — pona; 4 — plashka (rezba kesgich); 5 — bolt; 6 gayka



51-rasm. O’tish qisqichi PAM:
1 va 2 —alyuminiyli (po’lat- alyuminiyli) va mis o’tkazgich; 3 — mis qisqich; 4 — alyuminiyli changlanish; 5 — alyuminiy qisqich; 6 — tasmalardan mis plastina
Taminlovchi qisqichni kontakt o’tkazgichiga tutashish yuzasini kengaytirishni qisqich kontakt o’tkazgichiga mahkamlanishida qoqilgan pona yordamida amalga oshiriladi (49 rasm).
Mis va alyuminiy tutashish joyiga nam tushsa vat ok o’tsa korroziyaga uchraydi. Ushbu hodisaning oldini olish uchun maxsus o’tish qisqichi PAM ishlab chiqilgan (50 rasm).



Download 9,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish