Bog'liq Электр энергияни ишлаб чикиш, узатиш ва та симлаш фанидан ээ йўн
Mahruza 17. Aktiv quvvat va chastotani avtomatik boshqarish
Aktiv quvvat va chastotani avtomatik rostlash energotizim ish rejimini avtomatlashtirilgan dis’etcherlik boshqaruvining asosiy vazifasi xisoblanadi. Tegishli avtomatik qurilmalar chastota va aktiv quvvatning rostlashni markazlashtirilgan avtomatik tizimini tashkil etadi.
Energotizim chastotasi va quvvatini avtomatik boshqarish tizimini asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan va istehmol qilinayotgan elektr energiyalar quvvat balansini uzuliksiz tahminlab turishdir, yahni
RgRi Elektr energiya ishlab chiqarish va istehmolchi orasidagi mutonosiblikni har qanday bo’zilishi elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlariga salbiy tahsir ko’rsatadi. Hozirda energotizimda chastota va quvvatni raqamli avtomatik boshqarish tizimlari yaratilgan va ishlab chiqarishga tadbiq etilmoqda. Ular bir qator funktsional imkoniyatlar va xususiyatlarga ega:
Energotizim ish rejimini o’zgarishiga va turli yuzaga kelgan vaziyatlarga moslashish imkoniyati;
Gidro va issiqlik elektr stantsiyalarni birgalikdagi elektr energiyasi ishlab chiqarishda va uzatishdagi texnik samaradorligini tahminlash;
Texnologik rejim buzilishlarini analiz qilish va o’timal boshqaruv tahsirlarini aniqlash;
Boshqarilayotgan kom’leks ish unumdorligini oshirish va uni alohida elementlari buzilganda noto’g’ri harakatini oldini olish;
CHastota va quvvatni markaziy avtomatik rostlashda obhekt ish rejimi va uni o’zgarishi bo’yicha nazorat qilish uchun dis’etcherni to’liq axborot bilan tahminlash.
Mahlumki, gidro elektr stantsiyalarda (GES) katta bo’lmagan quvvat balansi bo’zilishi o’z-o’zidan bartaraf etiladi, bu o’z-o’zini rostlash deyiladi. Katta quvvat bo’zilishida o’z-o’zini rostlash tizimi quvvat balansini tiklay olmaydi, bunda avariya xolati yuzaga kelishi mumkin. Bunday xolatlarda nominal chastotani (500,1 Gts) rostlash orqali quvvat balans tiklanadi. GES larda quvvatni guruhli rostlash tizimi mavjud va u quyidagi qurilmalardan tuzilgan:
to’shiriq beruvchi (zadatchik);
quvvat yig’uvchi qurilma;
boshqariluvchi bo’luvchi;
markaziy rostlagich;
chastotani korrektsiyalovchi blok;
gidrogeneratorni agregat uzeli.
GES ni reja bo’yicha aktiv quvvati Rr to’shiriq beruvchi orqali beriladi. Rejadan tashqari quvvat (Rrt) chastotani rostlash qurilmalaridan korrektirovka qilinadi. GES generatorlarini xaqiqiy quvvatlari yig’indisi Rg va Rr , Rrt lar to’g’risidagi mahlumot quvvat yig’uvchi qurilmaga beriladi. quvvat yig’uvchi qurilmani chiqishidagi quvvat
R0RrRrt-Rg CHastota normal xolatda (50 0,1 Gts) R 0 bo’ladi. +uvvatni guruhli rostlash tizimni vazifasi agarda quvvat balansi buzilsa, yahni R 0 yuzaga kelsa uni bartaraf etishdir. Yuqorida tahkidlanganiday bunday xolatlarda nominal chastotani rostlash orqali (tiklash) quvvat balansi tiklanadi.