Bog'liq Электр энергияни ишлаб чикиш, узатиш ва та симлаш фанидан ээ йўн
Mahruza.14 Elektr tarmoq elementlarining almashtirish sxemalari va xisob ‘arametrlari
Elektr uzatish yo’llarining almashtirish sxemalari. Uzunligi 300-400 km dan oshmagan 110 kV va undan yukori kuchlanishda ishlovchi xavodagi elektr uzatish yulining almashtirish sxemasi odatda ‘-simon kurinishda tasvirlanadi 1-Rasmda havodagi elektr uzatish yo’lining ‘-simon almashtirish sxemasi keltirilgan. Rasmda - elektr uzatish yo’lining aktiv va reaktiv qarshiliklari va - elektr uzatish yulining aktiv va sig’im o’tkazuvchanliklari.
48-Rasm. Havo elektr uzatish yo’lining ‘-simon almashtirish sxemasi
Aktiv qarshilik kuyidagi formula buyicha to’iladi:
bu yerda: - solishtima aktiv karshilik, Om/km (o’tkazgichning xarorati +200S bo’lganda); - uzatish yo’lining uzunligi, km.
Simlar va kabellarning aktiv karshiliklari 50 Gts davrtezlikda taxminan om qarshilikka tengdir. SHu tufayli yuza effekti xodisasi ehtiborga olinmaydi. ning kiymati ‘ulatalyuminiy va boshka rangli metalldan tayyorlangan o’tkazgichlar uchun ko’ndalang kesim yuzalariga bog’lik ravishda jadvaldan aniqlanadi.
Reaktiv karshilik kuyidagi tartibda to’iladi:
bu yerda: - solishtirma reaktiv karshilik, Om/km.
Elektr uzatish yulining aloxida fazalaridagi reaktiv karshiliklar umumiy xolda turlicha. Simmetrik xolatlarni xisoblashda ning o’rtacha qiymatidan foydalaniladi:
bu yerda: - o’tkazgichning radiusi; - faza o’tkazgichlari oraligidagi o’rta geometrik masofa:
bu yerda: - mos faza o’tkazgichlari orasidagi masofa.
EUY ning aktiv o’tkazuvchanligi ikki ko’rinishdagi aktiv quvvat isroflarini ifoda etadi: izolyatorlar orqali oquvchi daydi toklar tufayli yuz beruvchi isroflar va tojlanish isroflari.
Izolyatorlardagi daydi toklar kiymati juda kam bo’lib, ular tufayli yuz beruvchi isroflarni xisobga olmaslik mumkin. Tojlanish darajasi o’tkazgichdagi kuchlanish va uning radiusiga bog’lik bo’ladi. SHu sababli bu isrofning qiymatini ruxsat etilgan oralikda tutish uchun tojlanish buyicha ruxsat etiluvchi eng kichik kesim yuzasi belgilangan. Unga muvofik eng kichik kesim yuzasi 110 kV uchun 70 mm2, 150 kV uchun 120 mm2, 220 kV uchun 240 mm2.
EUY ning sig’im utkazuvchanligi aloxida faza o’tkazgichlari orasidagi va faza o’tkazgichlari bilan yer orasidagi sig’im tahsirida vujudga keladi va quyidagicha xisoblanadi:
bu yerda: - solishtirma sig’im o’tkazuvchanlik bo’lib, jadvaldan aniqlanishi yoki quyidagi formula bo’yicha xisoblanishi mumkin:
Ko’’gina xolatlarda 110-220 kV kuchlanishli EUY larini xisoblashda ularning sxemalari yetarlicha sodda ko’rinishda ifodalanadi. Bu sxemalarda sig’im o’tkazuvchanlik o’rniga (2a-rasm) u tahsirida ishlab chiqariluvchi reaktiv quvvat (2b-rasm) xisobga olinadi. EUY sig’im quvvatining yarmi quyidagicha to’iladi:
bu yerda: va - faza va fazalararo kuchlanishlar, kV;
- yerga tomon oquvchi sig’im toki,
49-Rasm. Elektr uzatish yo’lining soddalashtirilgan almashtirish sxemalari.
a.b- 110-220 kV kuchlanishli xavodagi uzatish yo’llari uchun; v- 35 kV va undan ‘ast kuchlanishli xavodagi uzatish yo’llari uchun; g-10 kV va undan ‘ast kuchlanishli kabelli uzatish yo’llari uchun.
EUY da ishlab chiqariluvchi reaktiv quvvat kuchlanishning kvadratiga to’g’ri ‘ro’ortsionaldir.
35 kV va undan ‘ast kuchlanishdagi xavodagi EUY da va bunga mos ravishda juda kichik bo’lganligi sababli ehtiborga olinmaydi (v-rasm).
Kabelli EUY larining almashtirish sxemalari ham umumiy xollarda xavodagi EUY lardagi kabi ‘-simon ko’rinishda ifodalanadi Kabelli EUY larda faza o’kazgichlari oralaridagi masofalar kam bo’lganligi sababli xavodagi EUY laridagiga nisbatan juda kam bo’ladi. 10 kV va undan ‘ast kuchlanishdagi kabelli EUY larining almashtirish sxemalarida ehtiborga olinmaydi (g-rasm). aktiv o’tkazuvchanlik 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabelli EUY larining almashtirish sxemalarida ehtiborga olinadi.