Электр энергияни ишлаб чикиш, узатиш ва тақсимлаш фанидан ээ йўналиши учун маърузалар матни


O’lchov transformatorlari va elektr stantsiya va nimstantsiyalarda o’lchov tizimlari



Download 11,46 Mb.
bet15/30
Sana23.01.2022
Hajmi11,46 Mb.
#403321
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chikarish uzatish va taksimlash

O’lchov transformatorlari va elektr stantsiya va nimstantsiyalarda o’lchov tizimlari


O’lchov transformatorlari katta kuchlanish va tok zanjirlariga nazorat-o’lchov asboblari, rele himoyasi va avtomatika tizimlarini ulash hamda o’lchov va himoya zanjirlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirlardan ajratish uchun xizmat qiladi. Ular o’lchanayotgan tok va kuchlanishlarni amaliyotga qulay va havfsiz qiymatlargacha transformatsiyalaydi hamda birlamchi yuqori tomon zanjirlarini ikkilamchi kommutatsiya ‘ast kuchlanish zanjirlaridan izolyatsiyalaydi. Bundan tashqari, o’lchov asboblarini transformatorlar orqali ulash avtomatlashtirish va xodimlar uchun ham qulayliklar yaratadi, chunki masofadan o’lchash, nazorat qilish va boshqarish uchun imkon yaratiladi.

O’lchov transformatorlariga talablardan biri birlamchi tok va kuchlanishlarni o’lchashda ikkilamchi qiymatlarni qiymat va faza bo’yicha ‘ro’ortsional va mos o’zgarishlari tahminlanishi kerak.

O’lchov transformatorlari kuchlanish va tok transformatorlariga bo’linadi.

Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni standart 100 yoki 100 V gacha ‘asaytirish va o’lchov va himoya zanjirlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirlardan ajratish uchun xizmat qiladi, birlamchi chulg’am bilan tarmoqqa ‘arallel ulanadi.



32-rasm. Kuchlanish transformatorini ulash sxemasi: A-X-birlamchi chulg’am; a-x-ikkilamchi chulg’am.


Ishni havfsizlantirish uchun ikkilamchi chulg’amni bitta qisqichi zaminlanadi.

Konstruktsiya bo’yicha uch fazali va bir fazali transformatorlar bo’ladi. Uch fazalilar 18 kV gacha kuchlanishlarda qo’llaniladi, bir fazalilar har qanday kuchlanishlarda. Izolyatsiya turiga qarab transformatorlar quruq, moyli va quyma izolyatsiyali bo’ladi.

Kuchlanish transformatorlari NOS, NOSK, NTS, NTSK - 6 kV gacha bo’lgan kuchlanishlarda, NOM, ZNOM, NTMK, NTMI - 18 kV gacha bo’lgan kuchlanishlarda o’rnatiladigan qilib bajariladi.

Bu yerda N-kuchlanish transformatori; O-bir fazali; T-uch fazali; S-quruq; K-kom’ensatsiyalangan; M-moyli; Z-birlamchi chulg’ami yerga ulangan; I-qo’shimcha chulg’amli.

Tashqariga o’rnatiladigan NKF-500 bir fazali moy to’ldirilgan chinni qobiq ichiga joylashtirilgan: K-kaskadli; F-chinni izolyatsiyali ZNOG-germetik ishlangan elegazli taqsimlash qurilmalarida o’rnatish uchun: G-gaz izolyatsiyali.

Nominal transformatsiya koeffitsienti: Ku

bu yerda U1nom va U2nom-chulg’amlarni nominal kuchlanishlari.

Kuchlanish transformatorida magnit oqim tarqalishi va o’zakdagi isroflar o’lchov xatoligiga olib keladi:

U% 

Ikkilamchi kuchlanishni vektori birlamchinikiga qaraganda 180o-ga yaqin burchakka siljitilgan, bu burchak xatoligini tug’diradi.

Nominal xatolikka qarab 0,2; 0,5; 1; 3 aniqlik sinflari belgilanadi.

Xatoliklar magnit o’tkazuvchi konstruktsiyasi, ‘o’latni magnit singdiruvchanligi va ikkilamchi chulg’amni cos  siga bog’liq.

Xatoliklarni kamaytirish uchun kichik magnit qarshilikka ega magnit o’zak qo’llaniladi, magnit o’tkazgichdagi induktsiya, magnit sochilishi kamaytiriladi hamda birlamchi chulg’am o’ram sonlari bir oz kamaytiriladi. Burchak xatolik maxsus kom’ensatsiyalovchi chulg’amlar bilan kamaytiriladi.

Bajaradigan vazifaga bog’liq chulg’amlari turli sxemalarga ulangan kuchlanish transformatorlari qo’llanilishi mumkin. Masalan, uchta fazalararo kuchlanishlarni o’lchash uchun ikkita bir fazali, ochiq uchburchak sxemaga ulangan, ikki chulg’amli NOM, NOS, NOL transformatorlardan yoki uch fazali, ikki chulg’amli, chulg’amlari yulduz ulangan NTMK transformatordan foydalansa bo’ladi.

Ikkilamchi yuklama qiymati:

S2U2I2(Rasb.)2(Qasb.)2 VA.

Katta yuklamalarda KT aniqlik klassidan chiqib ketadi, ammo avtomatika va signallash xamda o’erativ zanjirlarni tahminlaydagan o’zgaruvchan tok manbasi sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda u qizdirilish sharti bilan belgilanadigan maksimal quvvatgacha yuklanishi mumkin. Bu quvvat nominaldan 89 marta ko’’ va 2002000 VA ni tashkil qiladi.

Tok transformatori birlamchi tokni o’lchov asboblari va relelar uchun qulay qiymatlargacha kamaytirish va o’lchov va himoya zanjirlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirlardan ajratish uchun xizmat qiladi, birlamchi chulg’am tarmoqqa ketma-ket ulanadi. Ikkilamchi chulg’amda zanjir uzunligiga qarab 1 A yoki 5 A bo’ladi.

Nominal transformatsiya koeffitsienti:

KI ,


bu yerda I1nom va I2nom-chulg’amlar nominal toklari.

33-rasm. Tok transformatorini ulash sxemasi.


TT konstruktsiya bo’yicha:

  1. Alohida turuvchi.

  2. Joylashtirilgan.

  3. O’tuvchi TT

  4. Ichkariga hamda tashqariga o’rnatiladiganlarga bo’linadi.

Ichkariga o’rnatiladigan TT ti’lari: TKL, T’L, T’OL, TSHL’, T’OF, T’F. T-tok transformatori; ‘-o’tuvchi; K-g’altakli; L-quyma izolyatsiyali; F-chinni izolyatsiyali; O-bir g’altakli.

Tashqariga o’rnatiladigan: TFN, TFKN. N-tashqariga o’rnatiladigan.

TT lar ham ikkita xatolikka ega:

tok bo’yi I% va burchak bo’yicha .

TT xatoliklari konstruktsiyaga bog’liq: magnit o’tkazuvchi kesimi, uni materialini magnit singdiruvchanligi, magnit yo’lni o’rta uzunligi va I1w1 ga.

Xatoliklarni kamaytirish uchun magnit o’zak yuqori sifatli ‘o’latdan tayyyorlanadi, chulg’amlarda maxsus ulash usullari qo’llaniladi va magnit o’zak sunhiy magnitsizlantiriladi.

Ko’yilgan talablarga ko’ra aniqlik sinflari 0,2; 0,5; 1; 3; 10 TT ishlab chiqariladi. Bu raqamlar tok xatoligini nominal tok foizlarida birlamchi chulg’am yuklamasi 100-120% ligida (uchta birinchi raqam) va 50-120% ligida (oxirgi ikkita raqam) ko’rsatadi. 0,2; 0,5 va 1 aniqlik sinflaridagi transformatorlar uchun burchak xatolik ham meyorlanadi.

Transformator xatoligi ikkilamchi yuklama (asbob, sim, kontakt qarshiliklari) va birlamchi tokni nominalga nisbatan karraligiga ham bog’liq. Yuklamani tokka nisbatan oshishi xatolikni oshishiga olib keladi. Nominaldan ancha kichik bo’lgan birlamchi toklarda TT xatoligi ko’’ayadi.

Ko’rilgan sinflardan tashqari ikkilamchi chulg’amlar D turdagi (differentsial himoyalar uchun), Z (zamin himoyasi uchun), R (boshqa releli himoyalar uchun) transformatorlar chiqariladi.

O’lchov asbob va rele tok zanjiri qarshiliklari kichik, sh.u. agar ikkilamchi chulg’am uzilsa, magnit oqim keskin ortadi, chunki u faqat birlamchi chulg’am MYuK i bilan belgilanadi. Bu rejimda magnit o’tkazuvchi mumkin bo’lmagan haroratgacha qizishi mumkin, ikkilamchi uzilgan chulg’amda yuqori, bahzida o’nlab kilovolg’tlargacha, kuchlanish ‘aydo bo’lishi mumkin.



Bu xodisalarga ko’ra TT ikkilamchi chulg’ami birlamchi chulg’amda tok oqayotganda uzishga ruxsat etilmaydi. O’lchov asbobi yoki rele almashtirish zarurligida avval ikkilamchi chulg’am qisqa tutashtiriladi (yoki rele, asbob chulg’ami shuntlanadi).

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish