Elektr energiya ishlab chiqarish


Elektr energiya ishlab chiqarish hajmi yiliga 459 million kVt/s ga oshadi



Download 1,42 Mb.
bet3/3
Sana02.02.2023
Hajmi1,42 Mb.
#907157
1   2   3
Bog'liq
Elektr energiya ishlab chiqarish

Elektr energiya ishlab chiqarish hajmi yiliga 459 million kVt/s ga oshadi.
“Toshkent IEM” AJ poytaxtimizdagi turar-joy kommunal sektori va sanoat korxonalariga elektr energiyasi va issiqlik energiyasini yetkazib berish manbalaridan biridir. Shu sababli, bu yerda yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Toshkent IEM” AJ direktori Vladimir Belousov korxona tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida bizga soʻzlab berdi.
– Korxonamiz 1939-yilda foydalanishga topshirilgan, – dedi V.Belousov. – Markazimiz hududiy jihatdan Toshkentning sanoat tumanida joylashgan boʻlib, atrofidagi korxonalarni bugʻ va elektr energiyasi bilan taʼminlashgan moʻljallangan edi. Bugʻ Toshkent toʻqimachilik kombinati, karborund, vagon taʼmirlash va lok-boʻyoq zavodlariga yetkazib berilgan. Shuningdek, korxona atrofidagi turar-joylarning issiqlik tizimi ham korxonaga ulangan.
Dastlab markazga Angren bugʻ koʻmirida ishlaydigan toʻrtta bugʻ turboagregati va beshta bugʻ qozonlari oʻrnatilgan edi. Markaz atrofidagi hududning kengayishi va obodonlashtirilishi bilan sanoat korxonalari shahar tashqarisiga koʻchirildi yoki qisman yopildi. Oʻsha yillari Toshkentda koʻp qavatli uylari markazlashgan issiqlik bilan taʼmirlash rivojlana boshlagan edi. Vaqt oʻtishi bilan ishlab chiqarish korxonalariga bugʻ yetkazib berish hajmi kamayib, isitish yuki oʻsa boshladi.
1962-yillari bugʻ qozonlarining isitish qurilmalari qayta tiklanganidan soʻng markaz tabiiy gazga oʻtkazildi. Oltmishinchi yillarning boshlarida stansiya hududlarida qoʻshimcha suv isitish qozonlarini oʻrnatish boshlandi. 1969-yil oxirlarida har biri 100 Gkal/s quvvatga teng oltita suv isitish va 50 Gkal/s quvvatli bitta qozon oʻrnatildi. Markazning umumiy issiqlik quvvati 828 Gkal/s, jumladan, 4-markaz bugʻ turbinasining ishlab chiqarish 178 Gkal/s ni tashkil etgan.
Bu vaqtda kam quvvatli (6÷12 MVt) uchta ilk bugʻ quvvatlari turbinasi demontaj qilingan. Ishda 30 MVt quvvatli bugʻ turbinasi ham rekonstruksiya qilindi. Masalan, undagi generator modernizatsiya qilindi, kondensator esa isitish tizimini oziqlantirish uchun suv isitgich bilan qayta jihozlandi. Ushbu tadbirlar natijasida turbina quvvati 25 MVt.ni tashkil etdi. Uning foydali harakat koeffitsenti esa 34,7 foizdan 78,8 foizgacha oʻsdi. Yiliga 212 500 ming kVt/s hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarilganda, yoqilgʻi tejash yiliga 30 ming tonnadan oshdi.
Bugungi kunda 4-markazning turbogeneratori isitish sikli orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu energiya tejaydigan texnologiya boʻlib, u boshqarish quvvatlarining zamonaviy talablariga mos keladi. TG-4 oʻrnatilgan quvvatidan foydalanish koeffitsiyenti yiliga 78 foizni tashkil etadi.
“Toshkent IEM” AJ shaharning markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimida tarmoqqa ulangan barcha maishiy isteʼmolchilar va ijtimoiy sohadagi isteʼmolchilarning 15 foizidan ortigʻini taʼminlaydi. Ob-havo sharoitlariga qarab, korxonaning issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hajmi 1 400 ming.Gkal dan 1 700 ming.Gkal gachani tashkil etadi.
2010-yilda Toshkent IES hududida har biri 27 MVt quvvatli uchta gaz turbinli qurilmalarni oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Yuqori texnik va ekologik koʻrsatgichlarga ega zamonaviy gaz turbinli uskunalarning foydalanishga topshirilishi nafaqat ishonchlilik, barqarorlilikni oshirish va isteʼmolchilarni uzlukchiz ravishda issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash, balki atrof-muhit holatini yaxshilash imkonini ham beradi.
2013-yilning avgust oyida tarmoqqa ilk gaz turbinli qurilma ulandi. Ayni damda bugungi kunda markazning elektr quvvati 52 MVt. Qurilma foydalanishga topishirilganidan boshlab bugungi kunga qadar 1220,13 million kVt ishlab chiqardi va 2,33 million tonnada ortiq yuqori salohiyatli bugʻ ishlab chiqardi.
Ishlash vaqti 50381 soatni tashkil etdi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yoqilgʻining solishtirma ogʻirligi 165,91 g/kVt•s ni tashkil etdi, bu loyihadagi koʻrsatgichdan pastdir. Gaz turbinasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi oʻz ehtiyojlarini hisobga olmaganda, respublika energetika tizimiga sotish uchun oʻtkazilmoqda.
COVID-19 tufayli yuzagan kelgan karantin davrida stansiya jamoasi respublika rahbariyati va shahar hokimining iltimosiga koʻra, isitish mavsumini uzaytirdi va profilakatika taʼmirlash ishlarini olib borish uchun bahorgi toʻxtatishdan voz kechishdi. Korxonaning ishchan xodimlari va qisman rahbarlari tarkibi smenali ish uslubiga oʻtkazildi. Xodimlarning bir qismi masofadan turib ishlash tizimiga oʻtkazilgan boʻlsa, bir qismi navbatdagi taʼtilga yuborildi.
Ayni damda xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratildi, infeksiya tarqalishini oldini olish boʻyicha karantin tadbirlariga rioya etilishi taʼminlandi. Karantin davrida 30-martdan 24-avgustga qadar shahar aholisini issiqlik bilan uzluksiz taʼminlash va tarmoqqa elektr energiyasini yetkazib berish taʼminlandi. Bu vaqtda 94371,9 ming kVt/s elektr energiya ishlab chiqarildi va isteʼmolchilarga 431031,9 Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi.
Hozirgi kunda yana ikkita shunga oʻxshash qurilmani qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Loyiha amalga oshirilishi bilan IES ning quvvati 54 MVtga, elektr energiya ishlab chiqarish hajmi yiliga 459 million kVt/s ga oshadi. Natijada qoʻshimcha 41 ish oʻrni yaratiladi.
ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARILGAN MAXSULOT


Reja:
1.Kirish
2.
3.
Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish