Asosiy korpus atrofiga qolgan barcha bino va inshootlar joylashtiriladi. Maydonchada asosiy bino o’rnini tanlashda sovituvchi suv kommunikatsiyalari, teplofikatsiya tarmoklari, elektr uaatish liniyalaridan tortilgan simlar, kulni chiqarib tashlash quvurlari va boshqalarning uzunligi minimal bo’lishi lozimligini hisobga olish kerak.
Xizmat korpusi. Bu erda elektr stansiya boshqarmasi, laboratoriyalar, navbatchi shaxslar va boshqalar joylashtiriladi.
Asosiy boshqarish shiti va asosiy taqsimlash qurilmasi. Kichik quvvatli Issiqlik elektr stansiyalarida boshqarish shiti va taqsimlash qurilmalari asosiy binoning ichiga, o’rta va katta quvvatli stansiyalarda esa alohida maxsus binolarga joylashtiriladi. Bunda maxsus binolar asosiy binoga usti yopiq yo’laklar bilan tutashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |