Elektr energetikasi


O„zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish yo„lida erishilayotgan



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/133
Sana22.01.2022
Hajmi8,18 Mb.
#399671
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi) (1)

 
3.O„zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish yo„lida erishilayotgan 
yutuqlar va loyihalar. 
O‗zbekistonda  quyosh  energiyasidan  foydalanish  tarixi  XX  asrning  70  – 
yillaridan boshlandi. O‗sha paytda ―Geliotexnika‖ jurnali chiqa boshlagan va 2000 
darajadan ortiq xaroratga bardosh beruvchi materiallarni sinash uchun zarur quyosh 
pechini qurish to‗g‗risida qaror qabul qilingan edi. 1929  – yilda tamaki ekstraktini 
Quyosh  nuri  yordamida  bug‗lantirish  amalga  oshirilgan  (A.  I.  Lastak),  1930  –  yil 
Quyosh nurida isitiladigan tajribaviy issiqxonalar qurildi (L. N. Satikov), 1934 – yil 
Toshkentda  geliotexnika  laboratoriyasi,  1943  –  yilda  esa  O‗zbekiston  FA  Fizika  – 
texnika instituti tarkibida geliotexnika laboratoriyasi tashkil etildi. Unda Quyosh suv 
qurilmalari,  meva  quritkichlar,  Quyosh  pilla  ivitgichlari  va  quritgichlari, 
oltingugurtning Quyosh suyultirish qurilmasi ishlab 20 chiqildi va amaliyotga tatbiq 
qilindi. Toshkentda 1946 – yilda ko‗zgusining diametri 10 metrli paraboloid qurilma 
qurildi. Bu qurilma xonalarni isitish va havosini mo‗tadillashtirish, bug‗ hamda muz 
olish  bilan  bog‗liq  tadqiqotlar  o‗tkazishga  imkon  berdi  (G‗.  Y.  Umarov).  Buxoro 
shahrida  gelio  suv  isitkichlar  va  gelio  –  oshxonalarni  ko‗plab  ishlab  chiqaradigan 
birinchi gelioapparatlar zavodi qurildi (1978). 1963 – yilda Geofizika bo‗limi tashkil 
etilib,  unda  Quyosh  nuri  energiyasini  xo‗jalik  ekinlari  urug‗lariga  ekishdan  oldin 
zaharli kimyoviy moddalarni qo‗llamagan holda impulsli nur bilan ishlov beruvchi 
qurilmalar  yaratildi.  Katta  Quyosh  konsentratorlarining  amaliy  ahamiyatini 
e‘tiborga olib akademik Azimov S.A. rahbarligida issiqlik quvvati 1000 kVt bo‗lgan 
―Katta Quyosh sandonini‖ (KQS) o‗z ichiga olgan ilmiy ishlab chiqarish majmuasi 
yaratildi. Majmuaning katta Quyosh sandoni Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda, 
Parkent  tumanida 1987  –  yilda ishga  tushirildi. Shunday  qurilma  shu vaqtga qadar 
faqat  Odeyo  (Fransiya)  shahrida  bor  edi.  Qurilmaning  konsentratori  yuqori  va 
pastdan  kesilgan  hamda  fokus  masofasi 18  m  bo‗lgan paraboloid bo‗lib,  54x42  m 
o‗lchamga  ega.  Geliostat  maydoni  (ko‗zgular  joylashgan  maydon)  62  ta  bir  xil 
o‗lchamdagi,  qiya  tekislikda  ma‘lum  tartibda  joylashgan  geliostatlardan  tashkil 
topgan.  Maydonning  vazifasi  kun  bo‗yi  konsentratorni  uning  optik  o‗qi 
yo‗nalishidagi quyosh nurlari bilan ta‘minlab turishdan iborat. 1993 – yilda ―Fizika 
–  Quyosh‖  ilmiy  ishlab  chiqarish  birlashmasi  tarkibida  materialshunoslik  instituti 
tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yirik olimlar Risqiyev T.T., Odilov G‗.T. va 
boshqalar  boshchiligida  qiyin  eruvchi  materiallar  fizikasi  sohasida  keng  ko‗lamda 
ilmiy  izlanishlar olib  borilmoqda.  O‗zbekistonda  yiliga  320  kun quyosh  charaqlab 
turadi.  Davlatimizning  1  –  prezidentining  2013  yil  1  martdagi  ―Muqobil  energiya 
manbalarini  yanada  rivojlantirish  chora  –  tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  farmonida 
mamlakatimizda  qayta  tiklanadigan  energetikani  rivojlantirish  strategiyasi  belgilab 
berilgan.  [1]  Xalqaro  energetika  amaliyotida  muqobil  manbalar  sifatida  gidro, 
quyosh,  shamol,  geotermal,  yer  issiqligi,  biomassa  energiyalari  alohida  e‘tirof 


 
 
 
 
 
 
etiladi.  Ular  21  orasida  eng  istiqbolli  yo‗nalishlardan  biri,  shubhasiz,  quyosh 
energiyasidan foydalanishdir. 2013 – yil 1 – martdagi qaroriga muvofiq O‗zbekiston 
Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  qator  ilmiy  muassasalari  bazasida  Xalqaro 
quyosh  energiyasi  instituti  tashkil  etildi.  Xalqaro  hamkorlikni  kengaytirish  asosida 
quyosh  energiyasidan  foydalanish  sohasida  ilmiy  va  eksperimental  tadqiqotlar 
hamda  innovatsion  ishlanmalarni  amalga  oshirish,  ilg‗or  va  iqtisodiy  jihatdan 
samarali  quyosh  texnologiyalari  va  geliouskunalar  asosida  iqtisodiyotning  turli 
tarmoqlari  va  ijtimoiy  sohada  quyosh  energetikasi  salohiyatini  amaliy  qo‗llashga 
doir takliflar ishlab chiqish ushbu institutning asosiy vazifalaridir. 
 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish