6-MA‟RUZA.
GIDROENERGETIKA ZAXIRALARI. DENGIZ
SUVINING KO„TARILISH VA PASAYISHIDAN HOSIL BO„LADIGAN
ENERGIYA ZAXIRALARI HAMDA BOSHQA ENERGIYA ZAXIRALARI.
Reja:
1.Gidroenergetika zaxiralari.
2.Dengiz suvining ko‗tarilish va pasayishidan hosil bo‗ladigan energiya
zaxiralari.
3.Geotermal energiya zaxiralari.
4.Rivojlangan mamlakatlarda boshqa turdagi energiya zaxiralari.
1.Gidroenergetika zahiralari.
Gidroenergetika zahiralari. Erda gidroenergetika yiliga 32900 TVch
soat
qiymat kattaligi bilan baholanadi. Biroq bu energiyaning 25% ni texnik va iqtisodiy
talablarga binoan amaliyotda foydalansa bo‗ladi. Bu kattalik hozirgi zamon dunyo
elektr stansiyalarida yil davomida ishlab chiqarilayotgan energiya miqdoridan
taxminan ikki marotaba katta. Quyidagi jadvalda turli mamlakatlardagi
gidroenergetik manbalari ko‗rsatilgan.
Jadval 4.
Davlatlar
Quvvat, GVt
Quvvat. GVt
Suvning yil davomida o‗rtacha
sarfi (50% ta‘minlangan)
Minimal suv sarfi(95%
ta‘minlangan)
AQSH
53.9
25.0
Kanada
25.1
15.85
YAponiya
13.2
5.6
Norvegiya
20.0
12.0
SHvetsiya
8.9
2.9
Fransiya
5.8
3.4
Italiya
5.2
2.8
SHvetsariya
3.8
2.4
Ispaniya
5.0
2,9
Germaniya
3.7
1.5
Angliya
1.2
0.6
Dengaz suvining ko‗tarilish va pasayishidan hosil bo‗ladigan energiya. Hozirgi
zamonda bu energiyadan bir necha quvvatga ega bo‗lgan elektr stansiyalari qurilgan.
Lekin bu stansiyalarni qurish qimmatligi va ulardan foydalanish notekisligi uchun,
samaradorligi kam va ularning rivojlanishi sekin kechmoqda.
O‗zbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi. Bu borada
respublikamizda o‗zlashtirilishi mumkin bo‗lgan gidroenergetika resurslari yiliga
27,4 milliard kilovatt/soat elektroenergiya ishlab chiqarish hajmiga tengligini
aytishning o‗zi kifoya. Shu bilan birga, hozirda mamlakatimiz gidroenergetika
salohiyatining atigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi o‗zlashtirilgan, xolos.
Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya
manbai bo‗lgani sababli ulardan foydalanishni har tomonlama kengaytirish
respublikamizning zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Bu sanoat va
kommunal korxonalari, qishloq xo‗jaligi va hududlarda axolining elektr
energiyasiga bo‗lgan oshib borayotgan ehtiyojini kafolatli qoplashni,
mamlakatimizdagi organik yoqilg‗i zaxiralaridan oqilona foydalanish va ularni
tejashni, shuningdek, atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarilishi kamaytirilishini
ta'minlaydi.
Bugungi kunda O‗zbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta gidroelektrostansiyalarni
o‗z ichiga oladi, ulardan 25 tasi qirq-sakson yil muqaddam ishga tushirilgan va
o‗zining texnik resurslarini deyarli o‗tab bo‗lgan, asbob-uskunalar va inshootlar
modernizatsiya va rekonstruksiyaga muhtojdir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi 2017-2021
yillarda
gidroenergetikani
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
dasturi
to‗g‗risidagi
PQ-2947-sonli
qarori
respublikamizning
gidroenergetika
salohiyatidan samarali foydalanish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta
tiklanuvchi gidroenergetik resurslar ulushini oshirish, yangi ekologik toza ishlab
chiqarish quvvatlarini yaratish hamda mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va
texnologik qayta jihozlash maqsadida qabul qilindi.
‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarori va Farmoni amalga
oshirilishi quyidagilarga imkon yaratadi:
birinchidan, respublikamizda mavjud barcha gidroelektrostansiyalarning moddiy-
texnik bazasini va ularga xizmat ko‗rsatuvchi qurilish, montaj, ta'mirlash, sozlash,
ilmiy-loyihalashtirish tashkilotlarini yagona gidroenergetika sohasiga birlashtirish;
ikkinchidan, elektr energiyasini ishlab chiqarish tartibini muvofiqlashtirish,
gidroelektrostansiyalarning asbob-uskunalari va inshootlaridan ko‗p yillik xavfsiz
foydalanish strategiyasini amalga oshirish, sohani dinamik rivojlantirish, huquqiy va
normativ-metodik bazasini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni
shakllantirish orqali gidroenergetikaning tashkiliy, moliyaviy va texnologik
boshqaruvini amalga oshirish;
uchinchidan, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni qo‗llab, ularni ehtimoliy
mujassamlashtirish va standartlashtirish, gidroelektrostansiyalarni loyihalashtirish,
qurish va nazorat qilishda xalqaro ilmiy-texnik yutuqlarni qo‗llash orqali yuqori
energetika ko‗rsatkichlarini va gidroelektrostansiyalarning maqbul ish tartibi va
samaradorligini ta'minlash;
to‗rtinchidan, mamlakatdagi gidroenergetika resurslaridan to‗laqonli foydalanish,
mavjud bo‗lgan gidroelektrostansiyalarni yangilash va to‗liq ishlashini ta'minlash,
O‗zbekiston energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini oshirish uchun turli
quvvatlardagi gidroelektrostansiyalarni qurishni ta'minlovchi gidroenergetikani
bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini tatbiq etish;
beshinchidan, mavjud tabiiy salohiyat va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat
orqali respublikamizda suv va energetika manbalari kompleks o‗zlashtirilishini
ta'minlash, energetika, suv xo‗jaligi, irrigatsiya, ichimlik suvi hamda hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‗lida ulardan oqilona foydalanish;
oltinchidan, yuqori texnologik mehnat faoliyatining nufuzini rag‗batlantirgan holda,
gidroenergetika sohasida bilim olishga, ko‗nikma va malakalarini oshirishga, turmush
tarzi va sifatini ko‗tarishga intiladigan malakali muhandis-texnik va kasb-hunarli
kadrlarni amaliy tayyorlash, o‗stirish va tarbiyalash.
Gidroenergetika, bugungi kunda dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalarining
eng ko'p ishlatiladigan turidir. Shuningdek, bu elektr energiyasini ishlab
chiqarishning eng qadimgi usuli. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda
gidroenergetika tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 21% ni tashkil etadi
va gidroelektrostantsiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan energiya bilan
ta'minlanganlarning soni 1,250,000,000 ga teng. Rekord darajadagi 25 mamlakat
elektr energiyasining 90 foizi uchun gidroenergetikaga ishonadi. Ushbu statistik
ma'lumotlarning barchasi shundan dalolat beradiki, gidroenergetika hali ham dunyoni
boshqaradi, ammo quyosh va shamol kabi qayta tiklanadigan energiya turlari bug'ni
tez to'playdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |