Elektr energetikasi


Byuro  va  uning  hududiy  tuzilmalariga  energiya  resurslarini  etkazib



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/133
Sana22.01.2022
Hajmi8,18 Mb.
#399671
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi) (1)

Byuro  va  uning  hududiy  tuzilmalariga  energiya  resurslarini  etkazib 
berish  hamda  iste‟mol  qilish  sohasidagi  vazifalarni  amalga  oshirishda 
quyidagi huquqlar beriladi:
 

 
energiya  resurslari  etkazib  berilishi  va  iste‘molini  hisobga  olishning 
to‗liqligi  hamda  haqqoniyligi,  hisob-kitoblarning  o‗z  vaqtida  amalga  oshirilishi 
yuzasidan,  shu  jumladan,  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlarda  Nazorat  qiluvchi 


 
 
 
 
 
 
organlar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Respublika  kengashi  bilan  kelishmagan 
holda tekshirishlar o‗tkazish; 

 
etkazib  berilgan  energiya  resurslari  uchun  qarzdorlikni  iste‘molchilar  – 
yuridik  shaxslar  va  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarning  (keyingi  o‗rinlarda 
iste‘molchi  –  yuridik  shaxslar  deb  ataladi)  bank  hisobraqamlaridan  so‗zsiz 
undirish haqida bajarilishi majburiy bo‗lgan inkasso topshiriqnomalari qo‗yish; 

 
etkazib  berilgan  energiya  resurslari  uchun  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki 
baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdordagi qarzdorlikni xodim  – iste‘molchilarning 
ish  haqidan  ushlab  qolish  haqida  ish  beruvchilarga  bajarilishi  majburiy  bo‗lgan 
talabnomalar yuborish; 

 
energiya  resurslari  iste‘moli,  to‗lovlarning  o‗z  vaqtida  va  to‗liqligini 
nazorat  qilish  va  monitoringini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‗lgan 
ma‘lumotlarni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va fuqarolardan talab qilib 
olish; 

 
jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  energiya  resurslari  uchun  qarzdorlikni 
bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy bo‗lgan talabnomalar yuborish; 

 
energiya  resurslarini  etkazib  berish  va  iste‘mol  qilish  sohasidagi 
huquqbuzarliklar  uchun  yuridik  shaxslarga  belgilangan  tartibda  moliyaviy 
sanksiya qo‗llash; 

 
vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, fuqarolarning o‗zini 
o‗zi  boshqarish  organlariga  energiya  resurslarini  etkazib  berish  hamda  iste‘mol 
qilish  sohasidagi  huquqbuzarliklar  sodir  etilishiga  imkon  berayotgan  sabab  va 
shart-sharoitlarni  bartaraf  etish,  shuningdek,  energiya  resurslari  uchun  hisob -
kitoblarni  muntazam  ravishda  amalga  oshirmayotgan  iste‘molchilarga  nisbatan 
jamoat ta‘sir choralarini ko‗rish haqida taqdimnomalar kiritish; 

 
energiya  resurslari  uchun  hisob-kitoblar  o‗z  vaqtida  amalga  oshirilmagan, 
Byuro  talabnomalari  ijro  etilmagan  hollarda,  shuningdek,  elektr,  gaz  uzatish  va 
gaz 
taqsimlash 
tarmoqlariga 
noqonuniy 
ulanish, 
talon-taroj 
holatlari 
aniqlanganda, iste‘molchilarni elektr hamda gaz tarmoqlaridan uzish; 

 
energiya  resurslaridan  foydalanish  qoidalarini  buzish  holatlari  bartaraf 
etilgan  hamda  to‗lovlar  to‗liq  amalga  oshirilganda,  ilgari  elektr  va  gaz 
tarmoqlaridan uzib qo‗yilgan iste‘molchilarni qayta ulash; 

 
energiya  resurslaridan  foydalanish  sohasidagi  huquqbuzarliklar  uchun 
aybdor  shaxslarni  javobgarlikka  tortish  bo‗yicha  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda choralar ko‗rish; 

 
energiya  resurslari  iste‘molini  nazorat  qilish  va  hisoblash  tizimini  hamda 
uskunalarining sozlik holatini monitoring qilish. 
«O‗zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  energiya  resurslarini  etkazib 
berish,  iste‘mol  qilish  va  o‗zaro  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  sohasidagi 
huquqbuzarliklar  uchun  javobgarlikning  muqarrarligi  prinsipiga  so‗zsiz  rioya 
etilishi  ustidan  nazorat  samaradorligini,  shuningdek,  energiya  resurslari 
iste‘molchilarining  mas‘uliyati  va  huquqiy  madaniyatini  oshirish  bo‗yicha 
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin», deyiladi farmonda. 
Sud  departamenti  tugatiladi  va 
uning  davlat  byudjeti  mablag‗lari 


 
 
 
 
 
 
hisobidan moliyalashtiriladigan 1.301 ta bo‗shatilayotgan shtat birliklari Byuroga 
o‗tkaziladi. 
Adliya  vazirligi  bir  oy  muddatda  Sud  departamenti  balansida  bo‗lgan  va  u 
foydalanayotgan binolar, vositalar hamda boshqa moddiy-texnika qimmatliklarini 
Byuro balansiga o‗tkazishni ta‘minlaydi. 
Tugatilayotgan 
Sud 
departamentining 
huquqlari, 
majburiyatlari 
va 
shartnomalari bo‗yicha Byuro uning huquqiy vorisi hisoblanadi. 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish