Elektr energetikasi



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/133
Sana22.01.2022
Hajmi8,18 Mb.
#399671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi) (1)

4.Energetika fani.
 
 Energetika  oqimlarining  xossalari  va  o‗zaro  ta‘siri,  uni  insoniyat  jamiyatiga 
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va atrof muhitga ta‘sirini o‗rganadi. Bundan tashqari 
xalq xo‗jaligiga kerak bo‗ladigan energiya manbalari olish, turli xil energiyani ishlab 
chiqaruvchi,  boshqa  turga  aylantiruvchi  va  iste‘mol  qiluvchi  qurilmalarni  yasash, 
jarayon va qonuniyatlarni o‗rganish bilan ham shug‗ullanadi. 
Elektr,  issiqlik,  gidrotexnik  va  boshqa  ko‗p  ilmiy  yo‗nalishlar  bilan  yaqin 
muloqot qilgan  holda, energetika  fani  matematika, fizika, avtomatika  va  kibernetika 
fanlarini qo‗llashni taqazo etadi. 


 
 
 
 
 
 
Zamonaviy  jamiyatda  muhandisning  o‗rni  juda  muhim.  Muhandislar  fan 
yutuqlarini  bevosita  jamiyat  ishlab  chiqarishiga  tadbiq  etish,  undan  foydalangan 
holda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  sifatini  va  unumdorligini  oshirish  mumkin. 
SHuning uchun ular insoniyat jamiyati doirasida keng miqyosdagi masalalarni yuqori 
ilmiy va texnikaviy darajada echishga qodir bo‗lishlari kerak. 
 
O‗zbekiston  Respublikasida  qabul qilingan  ta‘lim  to‗g‗risidagi  qonun  asosida 
yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi  2  bosqichli  ta‘lim  tizimiga 
o‗tilgan.  Bu  tizimga  asosan  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlashning  1  chi 
bosqichida bakalavr 2  chi bosqichida magistrlar tayyorlash ko‗zda tutilgan. Bunday 
o‗qitish  tizimi  o‗quv  jarayoniga  ilg‗or  zamonaviy  o‗qitish  tizimlarini  va 
texnologiyalarini joriy qilishni talab qiladi. 
Hozirgi  paytda  Evropaning  ko‗pgina  ilg‗or  texnika  Universitetlari  o‗qitish 
tizimida  global  internet  axborot  tizimlariga  ulangan  zamonaviy  hisoblash 
texnikasidan  tashqari  zamonaviy  o‗qitish  texnik  vositalaridan  juda  keng  foydalanib 
kelinmoqda. 
O‗qitishning  bunday  vositalari  nafaqat  fanlar  bo‗yicha  maxsus  ko‗rgazmali 
qurollarni,  balki  nnternet  tarmog‗idagi  va  maxsus  tayyor  dasturlarda  ishlayotgan 
radio,  video  materiallarni  kodoskop  yordamida  katta  ekranga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  olib 
chiqish imkonini beradi. 
Bunday o‗qitish usullari Toshkent Davlat Texnika Universitetining energetika 
fakultetida  Evropa  hamjamiyatining  TASIS-TEMRUS  dasturiga  muvofiq  Berlin 
Texnika  Universiteti  (Germaniya)  va  Afina  texnologiya  instituti  (Gretsiya) 
hamkorligida  tashkil  qilingan  Energetika  menejmenti  kurslari  tadbiq  etishmoqda. 
O‗zining tuzilishi va o‗qitish metodlari bo‗yicha xalqaro standartlarga mos keluvchi 
keng  ko‗lamli  vazifalarni  qamrab  olgan  zamonaviy  dasturlarda  olib  borish  nazarda 
tutilgan.  CHunki  energetika  menejmenti  energiya  sarfini  tejashga  va  uni  atrof-
muhitga ta‘sirini kamaytirishga olib keluvchi muhim quroldir. 
Bizga  ma‘lumki  bugungi  kunda  dunyo  miqyosida  elektr  energiyasi  ishlab 
chiqarish asosan (80% gacha) issiqlik elektr stansiyalarida amalga oshiriladi va bunda 
energiya  yoqilg‗i  hisobiga  olinadi.  YOqilg‗i  zahiralarining  tobora  kamayib  borishi 
hamda  ularni  qazib  olish  harajatlarini  oshishi  yoqilg‗i  o‗sishiga  olib  qolmoqda. 
Bundan  tashqari  issiqlik  elektr  stansiyalar  atrof-muhitga  ham  kattadan-katta  ziyon 
keltirmoqda.  Ushbu  ziyonlar  asosan  past  potensialli  issiqlik,  azot  va  oltingugurt 
oksidlari  va  mikronlar  miqdordagi  kukunlar  ko‗rinishlarda  namoyon  bo‗ladi. 
YOqilg‗ini  tejash  va  undan  foydalanishni  samaradorligini  oshirish  va  atrof-muhitni 
himoyalash  maqsadlari  energiyani  ishlab  chiqarishning  yangi  texnologiyalarini 
shuningdek  noan‘anaviy  energiya  manbalaridan  foydalanish  ko‗lamini  oshirish 
natijasida amalga oshirilmoqda. Rivojlangan  mamlakatlardagi  noan‘anaviy  energiya 
manbalaridan  foydalanuvchi  texnologiyalar  va  qurollarni  bizning  respublikamizda 
qo‗llash  energiyani  arzonlashtiribgina  qolmay,  balki  undan  oqilona  foydalanish 
hamda tejash imkonini beradi. 
Amaliy  mashg‗ulotlarda  energetik  qurilmalarni  ishini  o‗rganishda,  audit 
o‗tkazishda,  Evropa  mamlakatlarida  ishlab  chiqarilgan  asbob  va  uskunalardan 
foydalaniladi,  bundan  tashqari  Toshkent  shahrida  qurilayotgan  va  faoliyat 


 
 
 
 
 
 
ko‗rsatayotgan  korxonalar  va  turli  binolarda  energiyani  boshqarish  tizimlari 
eshituvchilarga yaqindan tanishtirilmoqda. 
Bu kurslarning maqsadlaridan biri eshituvchilarga chet ellarda qo‗llanilayotgan 
hozirgi  zamon  talablariga  to‗liq  javob  beradigan  sanoat  qurilishida  va  maishiy 
kommunal  sektorda  energiyadan  samarali  foydalanish  texnologiyalari  bilan 
tanishtirish,  o‗rgatish  va  ularni  Respublikamiz  miqyosida  hayotga  tadbiq  etishni 
yo‗lga solishga qaratilgan. 
Ushbu kurslarda  asosan 3  ta  yo‗nalish  bo‗yicha  o‗qitiladi,  ya‘ni  energetikada 
iqtisodiyotni  boshqarish,  sanoatda,  transportda,  qurilishda,  turar  joy,  jamoat  va 
maishiy xizmat binolarida energiyadan oqilona foydalanish va uni tejash masalalarn 
hamda  noan‘anaviy  energiya  manbalaridan  va  energetik  -  chiqindilardan  qaytadan 
unumli foydalanish usullarini tadbiq etish yo‗llari o‗rgatiladi. 
O‗qitiladigan  barcha  fanlar  bo‗yicha  ma‘ruza  materiallari  Evropa  davlatlari 
texnologiyalari  asosida  tuzilgan.  Fanlar  eshituvchilarga  etarli  darajada  texnikaviy  - 
nuqtai  nazardan  chuqur  va  keng  etkazilishi  uchun  Universitetimizning  bir  guruh 
o‗qituvchi  -  profesorlar  yuqorida  ko‗rsatilgan  Universitetlarda  malaka  va  tajriba 
almashib  kelishgan.  Buning  natijasida  barcha  fanlar  bo‗yicha  zamonaviy  o‗quv 
materiallari va o‗qitish usullari va vositalari joriy etilmoqda. 
Kurslarning  muhim  jihatlaridan  yana  shuni  aytib  o‗tish  mumkinki,  o‗qish 
jarayonnda ingliz tili, kompyuter texnikasi va texnologiyalari dasturlari o‗qitiladi va 
SD disklarida chet eldagi ilg‗ori loyihalash institutlarida yaratilgan zamonaviy loyiha 
dasturlarida amaliy mashg‗ulotlarda ko‗p foydalaniladi. 
 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish