19-jadval
Tmaks, soat
|
2000
|
3000
|
4000
|
5000
|
6000
|
τ/Tmaks
|
0,46
|
0,52
|
0,6
|
0,72
|
0,77
|
0,4 kV li K ta liniyalaridagi elektr energiyasining nisbiy yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi (foizda):
(65),
bunda:
— 65-formula bo‘yicha aniqlanadigan i-chi liniyadagi elektr energiyasining nisbiy yo‘qotishlari;
Ii — i-chi liniyaning bosh uchastkasidagi maksimal yuklama.
0,4 kV elektr tarmoqlarda elektr energiyasi yo‘qotishlarini aniq hisoblash uchun boshlang‘ich axborotlar yetarli darajada mavjud bo‘lganda 0,4 kV kuchlanishli alohida liniyalarda elektr energiyasi yo‘qotishlarini hisoblashda quvvat va elektr energiyasi yo‘qotishlarini elektr tarmog‘i sxemasi va rejimi parametrlaridan foydalanib, uning elementlari bo‘yicha hisoblash metodini qo‘llash tavsiya etiladi.
Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan liniyalarda elektr energiyasi yo‘qotishlarini kuchlanishning pasayishiga bog‘liq holda hamda quvvat va elektr energiyasining yo‘qotishlari elementlari bo‘yicha hisoblashni elektr tarmog‘i sxemasi va rejimi parametrlaridan foydalanib, ixtiyoriy tanlab olingan 0,4 kV taqsimlash liniyalari bo‘yicha amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan liniyalarning umumiy soni 100 tadan ortiq 6-10/0,4 kV TP larning kamida 20% dan ta’minlanayotgan bo‘lishi lozim.
4-§. Elektr energiyasini hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlarni hisoblash
32. Elektr energiyasini hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlar (ΔWhato.T) butun elektr tarmog‘i bo‘yicha elektr energiyasi nobalansining chegaraviy qiymati sifatida tayanch davr ma’lumotlaridan kelib chiqib, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda:
δi (δj) — elektr tarmog‘i bo‘ylab qabul qilingan (berilgan) aktiv elektr energiyasi o‘lchov kanalining xatoligi, % da;
Wi (Wj) — elektr tarmog‘i bo‘ylab o‘lchov kanallarida qayd qilingan, qabul qilingan (berilgan) aktiv elektr energiya, ming kVt soatda;
n –elektr energiyasining qabul qilinishini qayd etuvchi hisobga olish nuqtalaring soni, dona;
m — elektr energiyasining berilishini qayd etuvchi hisobga olish nuqtalaring soni, dona.
Tayanch davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari uchun elektr energiyasini hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq elektr energiyasining nisbiy yo‘qotishlari quyidagiga teng:
(67),
bunda Wtb.T — tayanch davrda butun elektr tarmog‘i bo‘yicha tarmoqqa berilgan elektr energiyasi.
Tayanch davrda magistral elektr tarmoqlari korxonalari uchun elektr energiyasini hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq elektr energiyasining nisbiy yo‘qotishlari quyidagiga teng:
(68),
bunda, Wber.T — tayanch davrda butun elektr tarmog‘i bo‘yicha tarmoqdan berilgan elektr energiyasi.
Aktiv elektr energiyasi o‘lchash kanalining ruxsat etilgan nisbiy xatoligi miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(69),
bunda:
— normal sharoitlarda hisobga olish asbobi, TT va KT ning ruxsat etilgan xatoliklari (aniqlik klassi qiymati bo‘yicha qabul qilinadi), % da;
δL — hisobga olish asboblarining KT larga ulangan liniyalaridagi ruxsat etilgan kuchlanish yo‘qotishlarining chegarasi, % da.
33. Hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq kuchlanish darajalari bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlari tayanch va hisob davrlarida kuchlanish darajalari bo‘yicha tarmoqqa berilgan elektr energiyasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
34. Agar tayanch davrdagi elektr energiyasining hisoblangan texnologik yo‘qotishlaridan amaldagi texnologik yo‘qotishlar kichik yoki unga teng bo‘lsa, hisob davri uchun elektr energiyasini uzatishda uning hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklari bilan bog‘liq yo‘qotishlari hajmi (∆Wxato.H) nolga teng deb qabul qilinadi.
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilova
2-ILOVA
Transformator podstansiyalarning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini sarflaydigan elementlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |