Y erga ulash komponenti nol kuchlanish vazifasini va istalgan nuqta bilan potensiallar farqi hosil qilish imkonini beradi. Sxema tarkibida operatsion kuchaytirgich, transformator, boshqariladigan manba yoki osillogrif mavjud bo’lsa, bu sxema albatta yerga ulanishi zarur. Aks holda o’lchov asboblari ishlamaydi yoki noto’g’ri ma’lumot beradi.
Manbalar
Electronics Workbench dasturining barcha manbalari ideal manbalar hisoblanadi. Ideal manbalarning ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ularning kuchlanishi iste’molchi qarshiligiga bog’liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |