Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

   Tezlik  o‘lchash  mexanizmi.  Tezlik  o‘lchash  mexanizmi  (6.10-rasm)  quyidagi qismlardan  iborat: kirish 

vali 1 va unga mahkam biriktirilgan doimiy magnit 5 va shunt 4, qopqoqsimon kartushka 6, magnit ekrani 7, 

o‘q 8,  strelka  12, qil-prujina 11, pishangcha  9 va  km/soat  larda darajalangan shkala. Qil-prujinaning bir 

uchi o‘q 8 ga, ikkinchi uchi pishangcha 9 ga mahkamlangan. Kirish vali aylanma harakatni uzatma qutisidagi 

reduktorga ulangan egiluvchan valdan oladi. 

   Avtomobil  harakatlanganda,  doimiy  magnit  aylanadi  va  uning  magnit  maydon  ta’sirida  alyuminiy 

kartushka tanasida uyurma toklar induktsiyalanadi. Uyurma toklar kartushkani o‘zida ham magnit maydonni 

hosil qiladi. Magnit va kartushka magnit maydonlarining o‘zaro ta’siri natijasida kartushkani va u bilan birga 

o‘q 8 va avtomobil tezligini ko‘rsatuvchi strelka 12 ni magnit aylanishi  yo‘nalishida  buraydigan  moment 

hosil  bo‘ladi.  Doimiy  magnitning  aylanish  chastotasi  qanchalik  katta  bo‘lsa,  kartushka  va  demak,  strelka 

shunchalik  katta  burchakka  buraladi.  Qil  prujina  10  qarama-qarshi  moment  hosil  qiladi.  Strelka  12  ning 

aylanishlar chastotasiga bog‘liq ravishda buralishi, faqat doimiy magnit hosil qilgan moment  va  qil  prujina 

qarshilik  momentlarining  o‘zaro  ta’siri  bilan  belgilanadi.  Bu  kartushka  va  strelkani  burilish  burchagini 

aylanishlar chastotasiga to‘g‘ri proporsional o‘zgarishini, ya’ni chiziqli bog‘lanishni ta’minlaydi. 

   YUmshoq  po‘latdan    yasalgan  halqasimon  magnit  ekran  7,  kartushka  orqali  o‘tayotgan  magnit  oqimini 

kuchaytirish  hisobiga  asbobning  sezuvchanligini  oshirish  uchun  xizmat  qiladi.  Atrof-muhit  harorati 

ko‘tarilishi  bilan  kartushkaning  qarshiligi  ortadi  va  uyurma  toklar  kuchi  pasayib,  kartushka  bilan  strelka 

kamroq  burchakka  buriladi.  Temperatura  o‘zgarishi  asbobning  o‘lchash  aniqligiga  ta’sirini  kamaytirish 

maqsadida doimiy  magnit  tagiga    shunt  4  o‘rnatilgan.  Doimiy  magnit  hosil  qilgan  magnit  oqimining  katta 

qismi kartushka orqali o‘tsa, kichik qismi magnit shunt orqali o‘tadi. Atrof-muhit harorati ko‘tarilishi bilan 

   6.9-rasm. Elektromag-

nitli   tizimdagi  amper-

metr

 



 

77 


magnit  shunt  qiziydi  va  uning  magnit    qarshiligi  ortadi.  Shunt    orqali 

o‘tayotgan (ya’ni past tomonga) magnit oqimi kamayadi, kartushka orqali 

o‘tayotgan  magnit  oqimi  esa  aksincha  ortadi.  Shu  tariqa,  temperatura 

o‘zgarganda  kartushka  qarshiligi  o‘zgarishiga  mos  ravishda  unda  hosil 

bo‘layotgan  uyurma  tok  kuchini  ortishi  yoki  kamayishi  hisobiga,  atrof-

muhit  haroratini asbobning ko‘rsatish aniqligiga ta’siri bartaraf qilinadi. 

      Spidometrlarning  tezlik  va  hisoblash  mexanizmlarini  aylantirish 

uchun  egiluvchan  val  juda  keng  tatbiq  topgan.  Ularning  tuzilishi  sodda, 

ishonchlik  darajasi  yuqori.  Shu  bilan  birga  egiluvchan  vallar  bir  qator 

kamchiliklarga  ega:  tez  yeyilishi,  aylanishining  notekisligi,  ishlatish 

mumkin  bo‘lgan  uzunligining  cheklanganligi  (3500mm  gacha)  va  uni 

avtomobilda  joylashtirlishining  ancha  murakkabligi.  Dvigateli  orqa 

tomonida  joylashgan  (LAZ)  yoki  kabinasi  ko‘tariladigan  (MAZ,  KrAZ) 

avtomobillarda elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi. 

  Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spidometrlarda 

ishlatiladigan tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlari qo‘llanadi. elektr 

yuritma  -  uzatmalar  qutisiga  o‘rnatilgan  datchik,  tezlik  o‘lchash 

mexanizmining 

kirish 

valini 


aylantiruvchi 

uch 


fazali 

sinxron 


elektrodvigatel va elektrodvigatelni boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. elektrodvigatel rotori  tutashgan 

doimiy  magnit  ko‘rinishida  tayyorlangan.  elektordvigatel  va  boshqarish  sxemasi  spidometrning  tezlik 

o‘lchash  mexanizmi  bilan  birga  bitta  qobiqqa joylashtirilgan.    Datchik  sifatida  uch  fazali  o‘zgaruvchan  tok 

gene-ratori ishlatilib, unda rotor vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. egiluvchan val singari datchik 

rotori  ham  harakatni  uzatmalar  qutisining  yetaklanuvchi  validan  oladi.  elektrodvigatel  va  generator  

statorlarining  uchtadan  g‘altagi  bo‘lib,  ular  bir-biriga  nisbatan  120

0

  burchak  ostida  joylashtirilgan  va 



«yulduz» sxemasi  bo‘yicha ulangan (6.11-rasm). 

  Generator  (datchik)  rotori  aylanganda  statorning  L1,  L2  va  L3  cho‘lg‘amlarida  faza  bo‘yicha  bir-biriga 

nisbatan  120

0

  ga  surilgan  sinusoidal  EYUK  induktsiyalanadi.  EYUK  impulslari  chastotasi  rotorning 



aylanishlar chastotasiga proporsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga 

uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor ochiladi va  elektrodvigatel 

statorining  L1

,  L2



  va  L3


  g‘altaklarining  biriga  tok  manbaidan  tok  o‘tadi  (6,20-rasmda  punktir  strelkalar 

bilan tokning L1 g‘altakka borish yo‘li ko‘rsatilgan). Generator rotori 120

0

 ga burilganda, uning statoridagi 



boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keyingi tranzistor ochiladi. Bu holda tok manbaidan 

kelayotgan  tok  elektrodvigatel  statorining  ham  keyingi  g‘altagidan  o‘tadi.  Shunday  qilib,  elektrodvigatel  

statori    chulg‘amlaridan  tok  manbaidan  kelayotgan  impulsli    tok    o‘tadi    va  datchik  rotorini  aylanish 

chastotasiga  sinxron  bo‘lgan  aylanuvchi  magnit    maydon    vujudga  keladi. Bu    aylanuvchi  magnit  maydon 

elektrodvigatel  rotorining  magnitlari  bilan  o‘zaro  ta’sirlanib,  rotorni  aylantira  boshlaydi.  Rotor  esa,  o‘z 

navbatida,  spidometrning  tezlik  o‘lchash  va  hisoblash  mexanizmlarini  harakatga  keltiradi.  elektrodvigatel 

rotorining  aylanish  chastotasi  generator  (datchik)  rotorining  aylanish  chastotasi,  demak  avtomobilning 

harakatlanish  tezligiga  proporsional  ravishda  o‘zgaradi.  R1  - R6    rezistorlar tranzistorlarni  ochilib-yopilish 

sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. 

   Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasini uch xil usul bilan o‘lchash mumkin: 

1)  aylanish chastotasini qayd qiluvchi maxsus datchiklar yordamida ; 

2)  o‘t oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining uzilish chastotasini qayd qilish orqali ; 

3)  generator fazalarining birida kuchlanish impulslarining chastotasini qayd qilish yo‘li bilan. 

   Aylanish  chastotasini  qayd  qiluvchi  datchik  bilan  ishlaydigan  taxometrning  tuzilishi  va  ishlashi,  elektr 

yuritmali spidometrlarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular datchikning o‘rnatilish joyi va shkalani darajalanishi bilan 

farq  qiladi.  Bundan  tashqari,  taxometrlarda  hisoblash  mexanizmiga 

ehtiyoj yo‘q.  

   Benzinli    dvigatellar  tirsakli  valining  aylanishlar  chastotasini 

nazorat  qilish  uchun  ko‘p  hollarda  elektron  taxometrlar  ishlatiladi. 

elektron  taxometrlarning  ishlash  printsipi  uzgich  kontaktlari  uzilishi 

daqiqasida  o‘t  oldirish  tizimining  birlamchi  zanjirida  vujudga 

keladigan  impulslarni  zarur  shaklga  keltirish  va  uni  magnitoelektr 

asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan. 

   Elektron 

taxometr 

sxemasi 


(6.12-rasm) 

quyidagi 

asosiy 

qismlardan  iborat:  ishga  tushirish  impulslarini  shakllantiruvchi  blok, 

o‘lchov  impulslarini  shakllantiruvchi  blok  (multivibirotor)  va 

6.10-rasm.  Spidometrning 

tezlik  o‘lchash mexanizmi 

 

       6.11-rasm. Elektr yuritmali 



spidometrning  sxemasi

 

 




 

78 


ko‘rsatkichli 

magnitoelektr 

asbob. 

Taxometrning  kirish  joyiga  o‘t  oldirish 

tizimining  birlamchi  zanjiridan  kirish 

signali  1  uzatiladi.  R1,  R2  qarshiliklar, 

C1, C2, C3, C4 kondensatorlar  va  VD1 

stabilitrondan  iborat  bo‘lgan  ishga 

tushirish  impulslarini  shakllantiruvchi 

blok,  so‘nuvchi  sinusoida  ko‘rinishdagi 

signal 

dan, 



musbat 

ishorali 

yarimsinusoida  shakliga  ega  bo‘lgan 

impuls  2  ni  ajratib  beradi.  Bu  impuls  , 

o‘lchov  impulslarini  shakllantiruvchi 

blok  tranzistori  VT1  ning  bazasiga 

uzatiladi.  Boshlang‘ich  holda  VT2 

tranzistor  ochiq,  chunki  unda  baza  toki  mavjud  va  u  R11,  R10  va    R5  zanjir  orqali  o‘tadi.  VT2  tranzistor 

ochiq holda bo‘lganda kondensator C5 to‘la  zaryadlanadi. Bu vaqtda VT1 tranzistor yopiq bo‘ladi, chunki 

R5 qarshilikda kuchlanish ancha pasayishi hisobiga undagi emitterning potentsiali baza potentsialidan yuqori 

bo‘ladi.  Musbat  ishorali  ishga  tushirish  impulsi  2    VT1  tranzistorning  bazasiga  uzatiladi  va  u  ochiladi. 

Kondensator  C5  VT1 tranzistor  orqali zaryadsizlanib, VT2 tranzistorning bazasida manfiy potentsial hosil 

qiladi va VT2 tranzistor yopiladi. VT1 tranzistor R11, R9, R8 va R5 qarshiliklar orqali o‘tayotgan baza toki 

hisobiga ochiq holda ushlab turiladi. Tranzistor VT1 ochiq bo‘lganda, R11, R7, R3 va R5 zanjir  va o‘lchov 

asbobi  4  orqali  tok  o‘tishi  ta’minlanadi.  O‘lchov  asbobidan  o‘tayotgan  tok  impulsi  3  ning  davomiyligi 

kondensator C5 ning zaryadsizlanish vaqtiga bog‘liq. Kondensator C5 zaryadsizlanib bo‘lgandan keyin VT2 

tranzistor ochiladi (uning bazasidagi manfiy potentsial yo‘qoladi ), VT1  tranzistor  esa yopiladi. Tok impulsi  

3  ning    chastotasi  o‘t  oldirish  tizimi  birlamchi  tok  zanjirining  uzilish  chastotasiga  teng  bo‘ladi.  O‘lchov 

asbobi 4 tok impulslarining chastotasiga proporsional bo‘lgan effektiv tok  I

eff

 qiymatini ko‘rsatadi. 

   O‘zgaruvchan    qarshilik   R7   yordamida   tok   impulsining    amplitudasi  rostlanadi.  Asbobning  o‘lchash 

aniqligia,  atrof-muhit  haroratining  ta’siri  termorezistor  R3  hisobiga  kompensatsiya  qilinadi.  Diod  VD2 

tranzistor  VT1  ni  himoya  qilish  vazifasini  bajaradi.  Avtomobilning  elektr  ta’minot  tizimidagi  kuchlanish 

qiymati  o‘zgarishini  taxometrning  o‘lchash  aniqligiga  ta’sirini  kamaytirish  va  uning  barqaror  ishlashini 

ta’minlash uchun sxemaga VD3 stabilitron kiritilgan. 

   O‘t  oldirish  tizimi  bo‘lmagan  dizel  dvigatelli  ba’zi  avtomobillarda  generotorning  bir  fazasidagi 

kuchlanish  impulslari  chastotasini  qayd  qilishga  asoslangan  taxometrlar  ishlatiladi.  Bu  taxometrlarning 

ishlash  printsipi  yuqorida  keltirilgan  taxometrning  ishlashiga  o‘xshash  bo‘lib,  faqat  ularda  boshqaruvchi 

impuls sifatida generatorning bitta fazasidan olinadigan kuchlanish signali ishlatiladi. 

   



Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish