Hozirgi vaqtda ko‘pchilik avtomobillarga elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining yuqorida
ulanadi va u rostlash elementi vazifasini bajaradi. Bu turdagi rostlagichlarda kontaktlar orasida uchqun
hosil bo‘lishini keskin kamaytirish hisobiga ularning ishonchli ishlash muddati sezilarli darajada oshirilgan.
18
Lekin harakatlanuvchi qismlari saqlanib qolgani
uchun elektromagnit rostlagichlarga xos bo‘lgan
kamchiliklarning
ko‘pchiligi
bu
turdagi
rostlagichlarga ham taalluqlidir.
Generator kuchlanishini ishonchli rostlashni
ta’minlashdagi keyingi bosqich kontaktsiz-
tranzistorli rostlagichlar ishlab chiqilishi va
avtomobillarga keng ko‘lamda tatbiq qilinishi
bo‘ldi. Bu rostlagichlarda o‘lchov elementi
vazifasini ham, rostlash elementi vazifasini ham
tranzistorlar
bajarib,
ularda
kontaktlar
va
prujinaga
ehtiyoj
yo‘q.
Harakatlanuvchi
qismlarining
yo‘qligi,
qo‘llanilgan
yarim
o‘tkazgichlarning
chidamlilik
darajasining
yuqoriligi va kafolatli xizmat muddatining
kattaligi, namlikka, chang-loyga, vibrasiyaga ta’sirchansizligi kontaktsiz-tranzistorli rostlagichlarini uzoq
vaqt davomida ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu turdagi rostlagichlarda generator-ning
uyg‘otish toki qiymatini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud.
YArim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlarida ishlatiladigan tranzistorlarning tavsifnomasi ma’lum
darajada temperaturaga bog‘liqligi, ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Atrof muhitning yuqori harorati
yarim o‘tkazgichli rostlagichlarning barqaror ishlashiga putur etkazishi mumkin. Shuning uchun, yarim
o‘tkazgichli rostlagichlarni ishlatishning chegaraviy temperaturasi elektromagnitli rostlagichlarnikiga
nisbatan kamroq bo‘ladi.
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagich-ari. Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichining
umumiy sxemasi 2.15-rasmda keltirilgan. Rostlagich chulg‘ami - R
CH
generatorning to‘la kuchlanishiga
ulangan. Tranzistor VT1 ning emitteri
E musbat potentsialga ega. Tranzistorning bazasi
B ga R
b
qarshilik
orqali manfiy potentsial uzatiladi. Kuchlanish rostlagichi KR ning kontaktlari tutashganda, tranzistorning
bazasiga musbat potentsial uzatiladi. Generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCH tok manbaiga tranzistorning
emitter-kollektor o‘tish joyi orqali ulangan.
Rostlagich quyidagicha ishlaydi . Genera-tor kuchlanishi rostlanadigan kuchlanishdan ki-chik
bo‘lganda, rostlagich kontaktlari prujina-ning tortish kuchi hisobiga uzilgan holda bo‘ladi. Tranzistorning
bazasi manfiy potentsialga ega bo‘ladi va emitter-baza o‘tish joyi orqali bosh-qarish (baza) toki o‘tadi.
Tranzistor VT1 ochila-di va uning emitter-kollektor o‘tish joyidan generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCH
ga akkumula-tordan yoki to‘g‘rilagichdan tok o‘tadi.
Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlash qiymatiga yetganda, rostlagich o‘zagidagi elektromagnit
maydonning tortish kuchi hisobiga kontaktlar tutashadi va tranzistorning bazasiga musbat potentsial
uzatiladi. Natijada tranzistor cho‘rt bekilish holatida, ya’ni juda keskin yopiladi. Tranzistor yopiq holda
bo‘lganda uyg‘otish toki zanjiriga qo‘shimcha qarshilik R
q
ulana nadi va natijada, uyg‘otish chulg‘amidan
o‘tayotgan tok qiymati kamayadi, generator kuchlanishi pasayadi. Rostlagich kontaktlari yana uziladi,
tranzistor ochiladi va tok uyg‘otish chulg‘amiga tranzistorning qarshiligi keskin kamaygan emitter-
kollektor o‘tish joyi orqali uzatiladi. Generator kuchlanishi yana orta boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda
davom etadi va generatorning kuchlanishi belgilangan qiymat darajasida ushlab turiladi.
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlarning amalda eng keng tarqalgani ГАЗ-53A, ГАЗ-5204,
Moсквич-412" avtomobillariga o‘rnatilgan РР-362 belgili rostlagichdir.
Kontaktsiz-tranzistorli kuchlanish rostlagichi. Amalda tatbiq topgan kontaktsiz-tranzistorli
rostlagichlarining eng keng tarqalgani ГАЗ-24, ЗИЛ-130 va boshqa avtomobillarga o‘rnatilgan RR-350
belgili rostlagichdir (2.16-rasm). РР-350 rostlagich asosan R1, R3 qarshiliklardan iborat bo‘lgan o‘lchov
elementi, taqqoslash (sezuvchi) elementi stabilitron VD1, tranzistorlar VT1, VT2, VT3 va qo‘shimcha
qarshilik R8 larni o‘z ichiga olgan rostlovchi elementdan tashkil topgan. Bundan tashqari, rostlagichni tez va
barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida sxemaga diodlar VD2, VD3, VD4, drossel g‘altagi L va bir qator
qarshiliklar o‘rnatilgan.
Rostlagich quyidagicha ishlaydi . Generator kuchlanishi, belgilangan rostlanish qiymatidan kam
bo‘lganda, stabilitron VD1 dagi kuchlanish uni teshib o‘tish uchun zarur qiymatga erishmaydi va u
yopiq bo‘ladi. Bu holda tranzistor VT1 ham yopiq, chunki uning baza toki zanjiri uzilgan. Tranzistor VT1
ning berk bo‘lishi, tranzistor VT2 da baza toki hosil bo‘lishiga olib keladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha
o‘tadi: "+" qutb - R7 - VD2 diod - VT2 tranzistorning emitter-baza o‘tish joyi - R5 - "-" qutb. Baza toki
ta’sirida VT2 tranzistor ochiladi va o‘z navbatida VT3 tranzistorni ham ochiq bo‘lishini ta’minlaydi, chunki
2.15-rasm.Kontakt-tranzistorli kuchlanish
rostlagichining umumiy sxemasi
19
unda baza toki mavjud bo‘ladi va
u "+" qutb - VT3 tranzistorning
emitter-baza o‘tish joyi - VD2
diod
-
VT2
tranzistorning
emitter-kollektor o‘tish joyi -
R6 - "-" qutb zanjiri orqali
o‘ta-di. Bizga ma’lumki,
tranzistor ochiq bo‘lganda uning
emitter-kollektor o‘tish joyining
qarshiligi hisobga olmasa ham
bo‘ladigan
darajada
kichik
qiymatga ega. Demak, VT3
tranzistorning ochiq holda
bo‘lishi , generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCH ga qarshiligi juda kam bo‘lgan zanjir orqali tok borishi
ta’minlanadi. Generatorning kuchla-nishi ortadi.
Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlanish qiymatiga yetganda R1, Rp, R3, R4 qarshiliklar
kattaligini to‘g‘ri tanlash hisobiga, stabilitron VD1 dagi kuchlanish teshib o‘tish qiymatiga erishadi va
stabilitron keskin ochiladi (teshiladi). Stabilitronning ochilishi VT1 tranzistorida baza toki hosil bo‘lishiga
olib keladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - VT1 ning emitter-baza o‘tish joyi - VD1 stabilitron
- R3 - L drossel - "-" qutb. Bu tok ta’sirida VT1 tranzistor ochiladi va R5 qarshilikda kuchlanishni pasayishi
sodir bo‘ladi.Natijada VT2 tranzistorning emitter va baza orasidagi potentsiallar ayirmasi keskin kamayadi,
VT2 tranzistor yopiladi va VT3 tranzistorining baza toki zanjirini uzadi. Bu VT3 tranzistorning ham
yopilishiga olib keladi va tok generatorning uyg‘otish chulg‘amiga qarshilik R8 orqali o‘tishga majbur
bo‘ladi. Uyg‘otish toki kamayadi, generator-ning kuchlanishi pasaya boshlaydi va demak, stabilitrondagi
kuchla-nish ham kamayadi. Stabilitron-dagi teskari kuchlanish, teshib o‘tish kuchlanishi qiymatidan
kamayishi bilanoq, u yopiladi. Bu esa VT1 tranzistorning ham yopilishiga, VT2 hamda VT3
tranzistorlarning ochilishiga va generator kuchlanishining yana ortishiga olib keladi. Bu jarayon davriy
ravishda 300 Gts gacha chastota bilan sodir bo‘ladi va shuning uchun rostlanayotgan kuchlanishning
amplitudasi 0,1-0,2 V dan ortmaydi.
PP-350 rostlagichdagi qolgan elementlar uning barqaror ishlashini ta’minlash va ba’zi tranzistorlarni
himoya qilish uchun xizmat qiladi.
So‘ndiruvchi diod VD4 uyg‘otish toki keskin kamayishi natijasida generatorning uyg‘otish chulg‘amida
hosil bo‘ladigan o‘z-induktsiya EYUK ta’sirida VT3 tranzistorni kuyishdan saqlay-di. Berkituvchi diodlar
-VD2 va VD3 dagi kuchlanishning pasayi-shi hisobiga VT2, VT3 germa-niyli tranzistorlarning yopili-shi
tezlashadi.
Drossel L generatordan rost-lagichga, ya’ni stabilitronga ke-layotgan kuchlanish pulsasiyasini silliqlash
uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchan tok generatoridagi magnit zanjirining va to‘g‘rilash sxemasining o‘ziga
xos tomonlari tufayli kuchlanish sezilarli pulsasiyaga ega bo‘lishi mumkin. Drossel L bo‘lmagan holda
stabilitron ana shu kuchlanishning pulsasiyasi ta’sirida ochilib, rostlanish jarayoni buzilishiga olib keladi.
Tranzistor R
tk
harorat ortishi natijasida drossel qarshiligi va stabilitron tavsifnomasini o‘zgarishini
kompensasiya qilish vazifasini bajaradi.
Teskari aloqa qarshiligi R9 tranzistorlar ochiq holdan yopiq holga o‘tish vaqtini kamaytiradi va shuning
hisobiga tranzistorlarni ortiqcha qizishdan saqlaydi. Bundan tashqari, teskari aloqa qarshiligi sxemaning bir
holdan ikkinchi holga o‘zgarish chastotasini kerakli qiymatlargacha (50-300 Gts) kamaytirishni ta’minlaydi.
Aks holda, ya’ni teskari aloqa qarshiligi bo‘lmasa, sxemaning o‘zgarish chastotasi generator kuchlanishning
pulsatsiyasi bilan belgilanib, u bir necha kilogersga yetishi va tranzistorlardagi quvvat yo‘qotilishi sezilarli
darajada ortishi mumkin.
Integral kuchlanish rostlagichlari. elektron rostlagichlarning keyingi taraqqiyoti natijasida
mikroelektronika elementlari ishlatilgan integral rostlagichlar ishlab chiqildi. Integral rostlagichlarning
o‘lchamlarini (38*58*12 mm) va massasini (50 g) juda kichikligi , temperaturaga chidamlilik darajasi
nisbatan yuqori bo‘lganligi tufayli, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri generatorning ichki qismiga (ba’zi
generatorlarda cho‘tkatutqichga) joy- lashtirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda ikki turdagi integral rostlagichlar chiqarilmoqda: 14 V ga mo‘ljallangan Я-112 va 28
V ga- Я-120. Ularning gabarit o‘lchamlari va massasi PP-350 rostlagichga nisbatan 14-24 marta kichik,
temperaturaga chidamliligi esa 1,6 marta yuqori. YA-112A rusumidagi rostlagichlar "Mocквич", ВАЗ-
2105, 2107 yengil avtomobillarida va ПАЗ, ЛАЗ avtobuslarida o‘rnatilgan. GM-Uzbekistan qo‘shma
korxonasining chiqarayotgan avtomobillarida ham integral rostlagichlar ishlatilgan.
2.16-rasm. РР-350 belgili kuchlanish rostlagichining sxemasi