xavf-xatarlarni taqsimlash
,
tashkilotlarning xalqaro logistika
doirasida faoliyat ko‗rsatishining samaradorligi ularga bog‗liq bo‗ladigan omillar
jamlanmasini aniqlash bo‗lib hisoblanadi. Kompaniya menejerlarining ushbu
yo‗nalishdagi tahliliy ishlari asosiy va yordamchi operatsiyalar o‗rtasidagi mos
tushishlarni
qidirish,
shuningdek
ularning
bajarilishini
shartlaydigan,
kompaniyaning faoliyatiga katta darajada bog‗liq bo‗lgan (―yumshoq‖) va kamroq
darajada bog‗liq bo‗lgan (―qattiq‖) omillarni qidirishni ko‗zda tutadi.
8.4.Xalqaro logistikani tartibga solishning huquqiy asoslari
Bugungi kunda xalqaro tashishlarni rivojlantirish, transport vositalarini
takomillashtirish, yuklar va yo‗lovchilarni harakatlantirishdagi to‗siqlarni bartaraf
qilish masalalari bilan milliy tashkilotlar ham, xalqaro tashkilotlar ham
shug‗ullanmoqda. O‗z navbatida ular hukumat tashkilotlari va nohukumat
tashkilotlariga bo‗linadi.
Xalqaro transport tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
– BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport Qo‗mitasi;
– Evropa hamjamiyatining transport komissiyasi;
– Ekspeditorlik assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi (FIATA);
– Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi (IRU).
Ozbekiston Respublikasida quyidagi nohukumat tashkilotlari tuzilgan:
Ozbekiston avtomobillar bilan xalqaro tashuvchilar assotsiatsiyasi va Ozbekiston
xalqaro ekspeditorlar assotsiiatsiyasi, ular mos ravishda IRU va FIATA tarkibiga
kiradi.
Davlatlararo aloqalarning faol rivojlanishi jarayonida, jumladan xalqaro
tashkilotlarning sa‘y-harakatlari tufayli rivojlanishi jarayonida XX asrning oxiri va
XXI asrning boshida xalqaro logistikaning masalalarini bevosita yoki bilvosita
tarzda tartibga soladigan ko‗p sonli
xalqaro shartnomalar va konvensiyalar
paydo bo‗lgan:
– 1922 yilda Bryusselda tuzilgan dengiz huquqi bo‗yicha xalqaro konvensiya;
216
– konosament to‗g‗risidagi ba‘zi bir qoidalarni unifikatsiyalash to‗g‗risida
Bryussel konvensiyasi (Gaaga qoidalari);
– yuklarni dengiz orqali tashish to‗g‗risida 1978 yildagi BMT konqensiyasi va
Gamburg qoidalari;
– temir yo‗llar orqali xalqaro tashishlar to‗g‗risida 1980 yildagi konvensiya;
– xalqaro yuk bog‗lanishlari to‗g‗risidagi kelishuv;
– yuklarni yo‗llar orqali tashash to‗g‗risida 1956 yildagi konvensiya;
– yo‗lovchilar va bagajni avtomobillar bilan tashish to‗g‗risida 1973 yildagi
konvensiya;
– xalqaro avtomagistrallar to‗g‗risida 1975 yildagi Evropa kelishuvi;
– yuklarni xalqaro tashishlar uchun foydalaniladigan yo‗l-transport vositalarini
soliqqa tortish to‗g‗risida 1950 yildagi konvensiya;
– xavfli yuklarni xalqaro tashish to‗g‗risida 1957 yildagi Evropa kelishuvi;
– yo‗llar orqali xalqaro tashish daftarchasini qo‗llash bilan yuklarni xalqaro
tashish to‗g‗risida 1975 yildagi bojxona konvensiyasi (TIR konvensiyasi) va
boshqalar.
Shuningdek xalqaro huquqning global logistikaning masalalarini tartibga
soladigan manbalariga xalqaro tashkilotlarning logistika, mamlakatlarning milliy
qonunchiligi, ikki tomonlama va ko‗p tomonlama xukumat kelishuvlari bilan
bog‗lanadigan masalalar bo‗yicha rezolyusiyalari kiradi [17, 77-bet].
Korxonalar bilan logistik provayderlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning
asosiy tamoyillarini o‗rnatgan muhim xalqaro hujjat xalqaro aralash tashishlar
to‗g‗risida 1980 yildagi BMT konvensiyasi bo‗lib hisoblanadi, u:
– logistik provayderlarning o‗sha payt uchun ko‗proq ilg‗or bo‗lgan ish
amaliyotini birlashtirgan va keyingi yillarda, jumladan XXI asrning boshini ham
o‗z ichiga olgan holda, ularning ishlashining asosini tashkil qiladigan asosiy
tamoyillarni shakllantirgan;
– logistik provayderlarning huquqiy maqomini belgilab bergan (konvensiyada
ular
aralash
tashish
operatorlari
deb
ataladi,
bu
o‗sha paytlardagi
terminologiyaning aks etishi bo‗lib hisoblanadi). ular mijoz-yukning egasi bilan
217
tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda yukni yetkazib berish bo‗yicha
majburiyatlarni zimmasiga oladigan har qanday yuridik shaxs bo‗lishi mumkin;
–operator yukning egasi bilan yukni yetkazib berish bo‗yicha maxsus kelishuv
bilan rasmiylashtiriladigan shartnoma tuzadi va uni amalga oshirishdagi barcha
xavf-xatarlarni zimmasiga oladi. Agar yuk bilan biror narsa sodir bo‗lsa, aybdor
tomon – operator har doim ko‗rilgan zararni qoplaydi;
– operator uchun boshdan oyoq tarif stavkasining kotirovkasi zarur bo‗lishini
belgilab bergan (boshdan-oyoq stavka tovarni yetkazib berish bo‗yicha barcha
xarajatlarni o‗z ichiga oladi);
– tovarni yetkazib berish shartnomasi sifatida chiqadigan hujjatning asosiy
mazmunini belgilab bergan.
Konvensiyaning qoidalarining oldingi amaliyotdan prinsipial farqlari operator –
logistika provayderining subpudratchining oldida tovarni yetkazib berish bo‗yicha
majburiyatlarni bajarish bo‗yicha barcha choralarni ko‗radigan yuridik shaxs
sifatidagi maqomining mustahkamlanganligidan iborat.
1984 yilda xalqaro savdo-sanoat palatasi tomonidan xalqaro tashishlarda
yetkazib berish shartnomasi funksiyasini bajaradigan hujjat ishlab chiqilgan.
Ushbu hujjat «Aralash tashish shartnomasi» (Combined Transport Document) deb
nomlangan. Garchi hujjatning nomida ―tashish‖ so‗zi bor bo‗lsada, u tovarni
yetkazib berish shartnomasi sifatida talqin qilinadi. Ko‗rsatilgan hujjatdan xalqaro
savdoda boshqa bir hujjat – 1980 yilgacha kompaniyalar-logistik provayderlar
tomonidan tovarni yetkazib berish (tashish) hujjati sifatida qo‗llanilgan boshdan-
oyoq konosamentga (Through Bill of Lading) qo‗shimcha sifatida foydalaniladi.
Logistik provayderlar faoliyatining yuridik asoslarining rivojlanishiga
YUNKTAD (BMT savdo va rivojlanish konferensiyasi) va MTP (Xalqaro savdo
palatasi) tomonidan ―Aralash tashishlarga transport hujjatlari uchun qoidalar‖ ning
qabul qilinishi muhim hissa qo‗shgan, bu qoidalar 1994 yil 1 yanvardan kuchga
kirgan. Ushbu hujjat operatorlarning (logistik provayderlarning) yuklarni aralash
tashishni tashkil qilish va ta‘minlash bo‗yicha asosiy majburiyatlarini belgilab
bergan. Operator yuk egasi bilan tashish shartnomasini tuzadi va unga aralash
218
tashish hujjati –
Do'stlaringiz bilan baham: |