5.1-rasm. Xalqaro transport yo‗laklari
Transevropa transport yo‗laklarining liniyalari (yo‗nalishlari) va bo‗lg‗usi
Evropa tashishlar siyosatining asosiy tamoyillari Evropadagi 42 ta Vazirliklarning
vakillari tomonidan qabul qilingan. Ushbu konferensiyada panevropa yo‗laklari
tizimi tasdiqlangan, u xalqaro transport yo‗laklari sifatida ajratilgan 9 ta
yo‗nalishni o‗z ichiga oladi. 1997 yilda (Xelsinkida) 3-Panevropa konferensiyasi
paytida yo‗laklarning soni 10 tagacha oshirilgan va bir paytning o‗zida mavjud
yo‗laklarni kengaytirish bo‗yicha tavsiyalar taqdim qilingan. Krit va Xelsinkida
belgilangan xalqaro transport yo‗laklari asosan uchta transport turiga tegishli: temir
yo‗l, avtomobil va suv transporti. Shu bilan birgalikda transportning to‗xtash
punktlari va yuklarni qayta yuklash punktlari kelishilgan.
G‗arb-Sharq yo‗nalishida tranzit yuklarni tashish uchun quyidagi
quyidagi asosiy magistrallar xizmat qiladi:
1.
Belorussiya chegarasi – Moskva – Nijniy Novgorod (№2 xalqaro
transport yo‗lagining Rossiya qismi) – Perm – Ekaterinburg (keyinchalik
Transsibir magistrali bo‗ylab Uzoq Sharqdagi dengiz portlariga chiqish bilan);
126
2.
Moskva – Murom – Kazan – Ekaterinburg (keyinchalik Transsibir
magistrali bo‗ylab Uzoq Sharqdagi dengiz portlariga chiqish bilan);
3.
Moskva – Ryazan – Samara – Ufa – Chelyabinsk – Omsk (keyinchalik
Transsibir magistrali bo‗ylab Qozog‗iston va Xitoyga chiqish bilan);
4.
Sankt–Peterburg – Vologda – Kotelnich – Perm – Ekaterinburg
(keyinchalik Transsibir magistrali bo‗ylab Uzoq Sharqdagi dengiz portlariga
chiqish bilan);
5.
Shimoliy-Sharqiy Xitoyning provinsiyalari – Janubiy Primorbedagi
Rossiya portlari – Yaponiya – AQSH va Kanadaning g‗arbiy sohillari;
6.
Shimoliy dengiz yo‗li.
Bu ikkita konferensiyada qabul qilingan qarorlarni hisobga olish bilan
transevropa transport yo‗laklari tizimi quyidagi ko‗rinishga ega bo‗lgan (5.1-
jadval):
5.1-jadval.
Transevropa transport yo‗laklari tizimi.
№
Marshrutlar
Uzunligi, km
I
Xelsinki-Riga-Tallinn-Kaliningrad-Gdansk-Kaunas-
Varshava
1000
II
Berlin-Varshava-Minsk-Moskva
2200
III
Berlin-Drezden-Vrotslav-Katovitse-Krakov-Lvov-
Kiev
1640
IV
Drezden-Nyurnberg-Praga-Vena-Bratislava-D‘er-
Budapesht-Arad-Konstansa-Krayova-Sofiya-
Fessaloniki-Plovdiv-Stambul
3285
V
Triest-Lyublyana-Budapesht-Lvov-Bratislava
1595
VI
Gdansk-Katovitse-Jilina
615 –t.y.,
815/825 -
shosse
VII
Dunay daryosi: Germaniya-Avstriya-Slovakiya-
Vengriya-Ruminiya-Bolgariya-Moldaviya
1600 atrofida
VIII
Durress-Tirana-Skope-Sofiya-Plovdiv-Burgas-Varna
905
IX
Xelsinki-Sankt Peterburg-Moskva-Pskov-Kiev-
Lyubashevka-Kishinev-Buxarest-Dmitrovgrad-
Aleksandrupolis+Kiev-Minsk-Vilnyus-Kaunas-
Klaypeda-Kaliningrad-Lyubashevka-Odessa
3400 atrofida
X
Zalsburg-Lyublyana-Zagreb-Belgrad-Sofiya-Skope-
Saloniki
1000
127
Transsibir magistrali xalqaro logistikaning elementlaridan biri bo‗lib
hisoblanadi. Transsibir magistralining xalqaro ahamiyatining kuchayishiga Berlin -
Varshava - Minsk - Moskva - Nijniy Novgorod 2-Umumevropa transport
yo‗lagining yo‗lning transport infratuzilmasini xalqaro standartlarga keltirish va
keyinchalik bu erda tezkor harakatni rivojlantirish bilan Ekaterinburggacha
uzaytirilishi ko‗maklashadi.
Transsibir magistrali – bu ikki yo‗lli, butun uzunligi bo‗ylab
elektrlashtirilgan, avtomatika va aloqaning zamonaviy turlari va axborot
texnologiyalari bilan jihozlangan, 10 ming km atrofida uzunlikka ega bo‗lgan
qudratli magistraldir, uning texnik imkoniyatlari yiliga 100 mln tonnagacha
yuklarni tashishni ta‘minlash, jumladan yigirma futlik ekvivalentda 200 mingta
konteynerni xalqaro tranzit bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan Evropa va
Markaziy Osiyoga tashish imkonini beradi. Magistral Rossiya Federatsiyasining 20
ta sub‘ekti, 5 ta federal okrugi hududlarini tutashtiradi va unga oltita temir yo‗l
tomonidan xizmat ko‗rsatiladi.(5.3-rasmda ko‗rsatilgan) Transsibir magistrali
butun uzunligi bo‗ylab sanoat va qishloq xo‗jaligi korxonalarining davlatning
ichidagi va tashqi iqtisodiy bog‗lanishlarini, mintaqalar aholisining yo‗lovchilarni
tashishga bo‗lgan ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Magistral xizmat ko‗rsatadigan
mintaqalarda mamlakatning sanoat potensialining 80% dan oshig‗i to‗plangan,
Rossiyda qazib chiqariladigan ko‗mirning 65% dan ko‗prog‗I, qariyb 20% neftni
qayta ishlash va 25% yog‗och ishlab chiqarish amalga oshiriladi.
Ko‗rsatilgan mintaqalar katta eksport potensialiga ega va mamlakatning
boshqa mintaqalariga qaraganda tezroq sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. Yuklarni
Transsibir magistralining ishtiroki bilan tashishga mamlakatning ichida temir yo‗l
transporti bilan amalga oshiriladigan tashishlarning qariyb 45% i to‗g‗ri keladi.
Transsibir magistrali Sharqda Koreya Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik
Respublikasi, Xitoy va Mongoliyadagi, G‗arbda esa – Evropa mamlakatlaridagi
temir yo‗l tarmoqlariga chiqish imkoniyati bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
128
mamlakatlarining Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan transport-
iqtisodiy bog‗lanishlarini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |