233
protseduralarga bo‗linadi. Xalqaro protseduralar xalqaro konvensiyalar bilan
global va mintaqaviy darajalarda o‗rnatiladi.
MDH mamlakatlarida avtomobillar bilan xalqaro tashuvchilar orasida
ko‗proq ommaviylashgani
MDP daftarchalarini qo‗llash bilan yuklarni xalqaro
tashish to‗g‗risida BMT bojxona konvensiyasi
bo‗lib hisoblanadi. Mintaqaviy
bojxona protseduralari orasida tashuvchilar uchun ―ST‖ Evropa protsedurasi va
«SAD» yagona ma‘muriy hujjatidan foydalanadigan ―umumiy tranzit‖
protsedurasi ko‗proq muhim bo‗lib hisoblanadi [19, 245-bet].
Bojxona Ittifoqining Bojxona Kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan
O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‗iston bojxona hududlarida amal qiladigan yagona
moliyaviy kafolatlar tizimini ishlab chiqish zarurati vujudga kelgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH) doirasida
bojxona logistikasining
rivojlanishida 2007 yilda Dushanbe shahrida imzolangan bir qator MDH
mamlakatlarining yagona bojxona hududini yaratish va Bojxona Ittifoqini
shakllantirish to‗g‗risidagi Shartnoma muhim voqea bo‗lgan. Uning yuqori organi
davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari darajasidagi davlatlararo kengashlar,
doimiy faoliyat yurituvchi tartibga soluvchi organ esa –
Bojxona Ittifoqining
komissiyalari bo‗lib hisoblanadi.
Bojxona Ittifoqining yuqori organi va Bojxona Ittifoqi komissiyasining faol
ishlashi tufayli 2009 yilda tomonlar Yagona Bojxona tarifi, Bojxona Kodeksi,
Bojxona Ittifoqi Sudining maqomini ham o‗z
ichiga olgan holda, Bojxona
Ittifoqining shartnoma-huquqiy bazasini shakllantirishni nihoyasiga etkazish
bo‗yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirganlar.
2010 yil 1 iyuldan boshlab yangi Bojxona Kodeksi Rossiya bilan Qozog‗iston
o‗rtasidagi munosabatlarda qo‗llanila boshlagan, 2010 yil 6
iyuldan boshlab esa
ularga O‘zbekiston Respublikasi qo‗shilgan. Yagona bojxona hududini
shakllantirish nihoyasiga etgan, va uchta davlatning Bojxona Ittifoqi kuchga
kirgan. Tez orada unga Qirg‗iziston va Tojikistonning qo‗shilishi kutilmoqda.
Bojxona Kodeksida «bojxona rejimi» tushunchasining o‗rniga «bojxona
protsedurasi»
tushunchasi kiritilgan, bu deganda bojxona maqsadlari uchun
234
Bojxona Ittifoqining bojxona hududi yoki undan tashqarida tovarlardan
foydalanish va (yoki) ularni tasarruf qilish talablari va shartlarini belgilaydigan
me‘yorlar jamlanmasi tushuniladi.
Shunday qilib, har bir bojxona protsedurasi
ko‗p jihatdan bojxona to‗lovlarini hisoblash va to‗lash tartibini, shuningdek
ularning miqdorini belgilaydi.
Qonunchilik tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: