70
korxona ular bilan turli ishlab chiqarishlarni ta‘minlaydi va savdo tarmog‗ida
tovarni taqsimlaydi (yetkazib berishlar zanjirini boshqarish).
Xalqaro ekspeditorlik korxonalari endilikda logistik xizmatlarni taqdim qiladi
va xalqaro tarmoqlarga ega bo‗ladi, biroq mos keluvchi nou-xauning yo‗qligi
sababli yetkazib berishlar zanjiri bo‗yicha qarorlarni taklif qila olmaydi. Asosiy
logistik tendensiyalarni quyidagicha tavsiflash mumkin.
1.
Ishlab chiqarish tizimining o‗zgarishi: ombor uchun ishlab chiqarishdan
buyurtma bo‗yicha ishlab chiqarishga o‗tish. Butun dunyo bo‗yicha
ishlaydigan ishlab chiqarish korxonalarining menejerlari
uchun asosiy vazifa
mahsulotni mijozlarning individual talablariga muvofiq ishlab chiqarishni
yo‗lga qo‗yish bo‗lib hisoblanadi.
2.
Tovarlar distribyusiyasining o‗zgarishi. Bu darajada sotuvchilarning
an‘anaviy tuzilmalarini logistik korxona orqali to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotish bilan
muvofiqlashtirish sodir bo‗ladi. Ishlab chiqaruvchida logistik menejmentning
bo‗lishi talab qilinadi. Bunda yetkazib berish muddatlariga
rioya qilish bu
muddatlarni qisqartirishga qaraganda yuqoriroq baholanadi.
3.
Savdo va yetkazib beruvchilarning qo‗shilishi va birlashishi. Logistika xarid
qilishlar, ta‘minot, tovarlarning kirib kelishi, distribyusiya yoki elektron
logistika sohasida potensial sinergetik effektning amalga oshishida muhim rol
o‗ynaydi.
4.
Miqdoriy tendensiyalar, aynan esa: ta‘minotda yetkazib beruvchilar sonining
kamayishi bilan tavsiflanadi.. Xalqaro korxonalarning to‗rtdan uch qismi
yaqin besh yil ichida o‗zining yetkazib beruvchilarining sonini qisqartirishni
mo‗ljallamoqda, sotishda esa, xuddi oldingiday, yetkazib berish muddatlarini
qisqartirish dolzarbligicha qolaveradi.
5.
Elektron biznesning logistikaga ta‘siri. V2S konsepsiyasi doirasidagi biznes-
jarayonlar ko‗proq shiddatli yetkazib berishlarni avtomatlashtirishni ko‗zda
tutadi, chunki mijozlarning yetkazib berish muddatlarini qisqartirish bo‗yicha
kutilmalari buyurtmalarni amalga oshirishning odatdagi uslublariga qaraganda
yuqoriroq. Ko‗proq xarajatli berish logistikasining paydo bo‗lishi va sotishdan
71
keyingi xizmatlarni amalga oshiradi. Korxonaning ichida jarayonlarni elektron
savdo maydonchalarini kengaytirish hisobiga modifikatsiyalash.
Yangi
ishtirokchilarni yetkazib berishlar zanjiriga integratsiyalash ―shaffof quvur
tarmog‗i‖ ning yaratilishiga olib keladi.
6.
Xalqaro bozorda logistikaning rolining o‗zgarishi. Uchinchi darajadagi
Evropalik provayderlar (3PL) bozorda ishtirok etish va jarayonlarni amalga
oshirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan etakchi bo‗lib hisoblanadi. Rus
logistlari esa, xuddi qoidada ko‗rsatilganday, o‗zining mamlakatida ishlaydi,
Amerikalik logistlar esa o‗zlarining harakatlarini Shimoliy Amerika qit‘asida
konsentratsiyalaydi. O‗tgan yillar davomida
Amerika va Evropa bozorida
Evropalik logistik provayderlarning o‗sish sur‘atlari yiliga 10% ni tashkil
qilgan. Kelajakda V2S ning rivojlanishini hisobga olish bilan bu ko‗rsatkich
yanada oshadi.
7.
Logistika bozorining to‗rtinchi darajadagi provayderlar (4PL) tomonidan
egallanishi. Bu yetkazib berishlar zanjirining menejeri bo‗lib, o‗zining
texnologiyalari, resurslari va quvvatlarini, shuningdek o‗zining mijoziga
yetkazib berishlar zanjiri bo‗yicha echimlarning to‗liq
jamlanmasini taklif
qilish uchun ular bilan kooperatsiya munosabatlarini o‗rnatgan boshqa logistik
korxonalarni ham boshqaradi. Shunday qilib, to‗rtinchi darajadagi logistik
provayder tarmoq integratori sifatida yetkazib berishlar zanjiridagi barcha
tashkiliy va axborot jarayonlarini boshqaradi yoki butun tarmoqning
unumdorligini oshirish maqsadida alohida jarayonlar
uchun BestPractice
uslubini qo‗llash asosida autsorsingdan foydalanishi mumkin bo‗ladi.
To‗rtinchi darajaning provayderlari o‗zining qiymatini yaratishda yetkazib
berishlar zanjirining ba‘zi zvenolarini o‗ziga oladi va boshqa logistik
korxonalarni jalb qilish bilan butun biznesni boshqarishni amalga oshiradi.
Ular majmuaviy tarmoqlar yoki tarmoqning ichidagi alohida jarayonlarni
boshqarish uchun yagona echimlarni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: