Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili I fakulteti
“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi
Avulxairov Firdavsiy O’tkir o’g’lining
“Bola shaxsning individuallik xususiyatlari” mavzusida o’tkazilgan sinov darsiga
EKSPERT XULOSASI
Sinov darsi 2021-yil 10-sentabr kuni Ingliz tili-II fakulteti “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” yo’nalishi 3-kurs o’zbek 303-guruhida 22-xona, soat 16:00 da tashkil qilindi.
O’quv fanining nomi: Bolalar psixologiyasi
Darsning maqsadi: Bola shaxsning individuallik xususiyatlari haqida kerakli bilim va ko’nimalarni shakllantirish.
Darsga qatnashgan talabalar soni: 11 nafar
Darsga sababsiz kelmagan talabalar: 1 nafar
O‘qituvchining me’yoriy hujjatlari: Ishchi dastur, kalendar tematik reja, o’quv uslubiy majmualar mavjud. O’quv auditoriyasi darsga tayyor: tozalagi talab darajasida, kompyuter va proektor bilan jihozlangan, doska darsga tayyor holatda. Dars talab darajasida tashkil qilindi: talabaning davomati aniqlandi, ularning kiyinish madaniyatiga e’tibor qaratildi. Yangi mavzu e’lon qilindi: “Bola shaxsning individuallik xususiyatlari”. Mashg’ulot davomida sohaga doir qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tildi, talabalar faolligi ta’minlandi.
Yangi mavzuning mazmuni ilmiy va metodik jihatdan tushunarli va ravon tilda bayon qilindi. Mashg’ulotda talabalarga individual yondashildi, Har bir talabaga vazifalar berildi. Talabalarning faolligi sezilib turdi. Dars jarayonida aqliy hujum, T-sxema, Assiment kabi metod va texnologiyalardan unumli foydalanildi va bunda talabaning qiziqishlari va faolliklari ortdi.
Yutuq va kamchiliklar: yangi mavzuning bayoni ilmiy va metodik jihatdan tushunarli va ravon tilda bayon qilindi. Ko’zlangan barcha vazifalar bajarilib ulgurildi va qo’yilgan maqsadga erishilgan. Talabalarning darsga qiziqtira olish darajasi va talabaning faolligi ham darsning yutuqlaridan biri hisoblanadi. Uyga vazifa ham berildi.
Takliflar: Mashg’ulot davomida vaqtni to’g’ri taqsimlashga e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
“Ta’lim sifatini nazorat qilish”
bo’limi boshlig’i: M.Sh.Ismatova
Ingliz tili-I fakulteti dekani: A.R.Ismoilov
SamDChTI “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi mudiri: A.I.Saidov
SamDChTI “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi o’qituvchisi: B.U.Normo’minov
SamDChTI “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi katta o’qituvchisi: N.Daminova
SamDU “Psixologiya nazariyasi va amaliyoti”
kafedrasi katta o’qituvchisi: V.Y.Ahrorov
Do'stlaringiz bilan baham: |