1.Faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslari. 2. Faoliyat xavfsizligining psixologiyasi asoslari 3. Asosiy tamoillari
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartarafqilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.
Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkilqilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo’shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masaladar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo’yalishi) psixologik, fizologik - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi.
Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash chizig’iga perpendikulyar bo’lishi kerak.
Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo’l yetadigan bo’lishi lozim. Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko’pi bilan 120 sm balandlikda bo’lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o’lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo'Igan bo'shliq ko'zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi.
Qo'l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo'llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko'ndalang o'qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo'lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo'lishi hamda toymaydigan qilib yasalgan bo'lishi kerak.
Boshqarish qismlari qo'l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo'shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo’lishi kerak.
Ergonomika bo'yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o'zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.
Faqat inson tanasi o’lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan holda keng to'plangan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo'lishi mumkin.
Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi - psixologik ilmning bir sohasidir. Ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga ,mehnatga o'qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o'rganadi.
Shuning uchun mehnat psixologiyasining o'rganish obyekti nafaqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman uning kasbiy qobiliyatlari va mehnat faoliyati amalga munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat ozuqalari ishlab chiqarishga o'qitishning usullari hisoblanadi
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi - mehnat faoliyatining yengil, xavfsiz bo'lishiga, uning katta xursandchilik olib kelishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar garmonik va aktivbolishigayordam berishdir. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligir ta'minlash bo'yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi.
Psixik kuchlanish ma'lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiyta'sir qiladi. Aktivlashishning kritik darajagacha ko'tarilishj, mehnat natijalarining pasayishiga, ba'zan ishchanlikning to'liq yo’qolishiga olib keladi.
Psixik kuchlanishning me'yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi. Insonning normal yuklanishi maksimal yuklanishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya'ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.