1
“EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA”
FANIDAN
ISHCHI O`QUV DASTURI
Bilim sohasi:
: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq
Ta’lim sohasi:
210000 - Sotsiologiya va psixologiya
Ta’lim
yo‘nalishi
- 5210203
-
Psixologiya (amaliy psixologiya)
5210203
-
Psixologiya (oila psixologiyasi)
№
Mashg‘ulot turi
Ajratilgan soat
1-semestr
2-semestr
1
Ma`ruza
60
30
30
2
Amaliy (seminar)
60
30
30
3
Laboratoriya
30
30
Mustaqil ta`lim soati
210
90
120
Jami auditoriya soati
150
60
90
Umumiy o‘quv soati
360
150
210
Buxoro - 2020
2
Fanning ishchi o`quv dasturi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil
29 avgustdagi 132-son buyrug`i asosida tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
L.Y.Olimov -
Buxoro davlat universiteti “Psixologiya”
kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar:
M.N.Usmonova -
Buxoro davlat universiteti “Psixologiya”
kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari
nomzodi
O.R.Avezov -
Buxoro davlat universiteti “Psixologiya”
kafedrasi katta o`qituvchisi
3
1. O‘quv fanini o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Mazkur dastrur “Ta’lim to`g`risidagi Qonun”ning ta’limning ijtimoiylashuvi
bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning eksperimental psixologik bilimlarini
dunyoqarashini boyitish, ularda eksperimental psixologiya qonuniyatlari asosida
jamoadagi shaxslararo munosabat, psixologik jarayonlarni rivojlanishini shakllantirish
qonuniyatlari haqida ko‘nikmalarni shakllantirish, eksperimental psixologiyaning tarixiy
va nazariy rolini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga
qaratilganligi bilan belgilanadi.
O‘quv fanining maqsadi: talabalarda eksperimental psixologik bilimlarni shakllantirish,
ularni eksperimental psixologik bilimlar orqali psixologik hodisalarning mohiyatini tahlil
etishga, shaxsning o‘ziga xos psixik xususiyatlarni tahlil etish hamda psixofizik,
psixofiziologik va sof psixologik qonuniyatlarni tahlil etishga o‘rgatishdan iborat.
O‘quv fanining vazifalari:
-
fanning vazifalari psixik jarayonlarni psixofiziologik va psixologik tahlil etish;
-
eksperimental psixologiya orqali shaxsni psixik jarayonlarni turli holatlarda
namoyon bo‘lish qonuniyatlarini talabalarga tushuntirish;
-
psixologik jarayonlarni tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish eksperimental
psixologiyani ilmiy asoslarini o‘rgatishni;
-
psixologik qonuniyatlarni, psixofiziologik va psixofizik qonuniyatlar asosida
rivojlantirishni;
-
fanining asosiy tushuncha va tamoyillarini o‘zlashtirishda talabalarda tanqidiy
tafakkurni rivojlantirishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |