Natijalar tahlili
Yuqori qatordagi sifatdan boshlab chap tomondagi N ustunidagi ballardan o’ng tomonidagi N ustunidagi ballarni ayirib, d ustuniga yoziladi.
d ustunidagi sonlarni kvadratga ko’tarib, d2 ustuniga yoziladi.
d2 ustunidagi sonlar yig’indisi hisoblanadi.
Quyidagi formula asosida o’z-o’zini baholash koeffitsiyenti aniqlanadi.
r=1 – 0,00075 · d2
Xulosa.
O’z-o’zini baholash koeffitsiyenti +1 dan –1 gacha bo’ladi. Natija +1 ga qanchalik yaqin bo’lsa, o’z-o’zini baholash shunchalik yuqori bo’ladi. Natija –1 ga yaqin bo’lsa, o’z-o’zini baholash past darajada, ya’ni shaxs o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’ladi. Natija +0,5 atrofida bo’lsa, o’zining ijobiy sifatlarini baholash o’rtacha, –0,5 atrofida bo’lsa salbiy sifatlarini o’rtacha baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |