Eksperimental psixologiya


TA’LIM XARAKTYeRIGA BOG’LIQ BO’LGAN TAFAKKUR TIPLARINI SHAKLLANISH SXEMASI TASVIRI



Download 3,03 Mb.
bet64/137
Sana18.02.2022
Hajmi3,03 Mb.
#452777
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   137
Bog'liq
ekspremental

TA’LIM XARAKTYeRIGA BOG’LIQ BO’LGAN TAFAKKUR TIPLARINI SHAKLLANISH SXEMASI TASVIRI.
Qachonki bilishga tyegishli bo’lgan elyemyentlarning tushunchalari mustaqil sintyez qilingan vaqtdagina faol aqliy opyeratsiyalarni shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Byelgilangan algoritmik yoki tasvirlash-tushuntirish ta’limi ko’p holda mustaqil bo’lmagan yoki ko’proq xotiraga yarim ryeproduktsiyaga tayanuvchi yarim mustaqil tafakkurni shakllantiradi
YUqorida ta’kidlab o’tganimizdyek, o’qituvchilar dars jarayonida so’roq funktsiyasini oxirigacha amalga oshirmaydilar. Darsda so’roqyordamida katta muvoffaqiyatlarga erishish mumkin:
1) o’quvchilarni savodxon holda so’zga chiqishga o’rgatish /o’z nuqtai nazarini asoslash,uni himoya qilish/;
2) boshqa o’quvchilarni so’zlovchini diqqat bilan eshitishga va amaliy fikr, taklif, qo’shimchalar qilishni o’rgatish;
3) munozara va bahslarga savodxon holda ishtirok etishga o’rgatish.
SHunday qilib, matyerialni tushuntirishdyek, uni so’rashni ham muammoli, dialogli tarzda tashkil etish mumkin.
Bir qator psixologlar e’tirof etganlaridyek, bu dialogik xaraktyerga ega bo’lgan tafakkur tabiatiga mos kyeladi.
Dialogik kurilgan tafakkur, odatda ko’proqsyermahsuldir.
Bu vaziyatda vazifani hal etishda eng yaxshi yordamchi bu-opponyent bo’lishi mumkin, u qarama-qarshi holda o’tirib, savollar byeradi, e’tiroz bildiradi.
Ekspyerimyentator /sinaluvchi/ opponyentning barcha ko’rsatmalarini bajarishni va uni amalga oshirishni yokiasosli ravishda inkor etishini kuzatadi. Sinaluvchining opponyent bilan bunday "dialog" sinaluvchining ongida ham o’zining, ham boshqalarning fikrini "sovuqqonlik" bilan muhokama qilishga va bu savolni shu kabi ko’p tomonlama qarab chiqish uning foydasiga hal bo’lganligiga ishonch hosil qiladi. Opponyent sinaluvchiga biron-bir fikrni chyetlab o’tishga, ularning birontasiga "to’xtab" qolmasligiga imkon byermaydi. Vaqt o’tishi bilan sinaluvchida "ichki opponyent" tuuiladi. Taffakur tartiblashadi. Vazifa shartini yengil-yelpi o’rganish, tartibsiz sinab ko’rishlar, o’ylovsiz farazlarning tuuilishi, ularni mas’uliyatsiz ravishda tyekshirish yo’qoladi. To’satdan va yorqin, lyekin noto’uri "fikr" kamtarin, lyekin juda asosli fikr bilan o’rin almashtiradi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, ijodiy vazifalarni hal etishda, ular byelgilangan "chaluituvchi"ga ega ekanligini nazarda tutishimiz kyerak. Biz bunday holatga tyez-tyez tushib qolamiz. Bizning asosiy xatoimiz birinchidan, vazifa sharti bilan chyegaralanib qolishimiz va yoki masala shartini yechishda bir hil qolipdagi usuldan foydalanishimizdir. Kyeyingi bo’limda qator ijodiy vazifalar byerilgan, ushbu vazifalarni hal etish uchun bajarilgan mashqlar, ularni bajarishga to’siqlik qilayotgan ko’plab sub’yektiv omilni bartaraf etishga imkoniyat byeradi, shuningdyek tafakkurning mustaqilligini va ijodiyligini rivojlantiradi.
Shuni ham ta’kidlash kyerakki, tafakkurning mustaqilligi, uning ijodiyligi maktab ta’limining norasmiy muhitiga, uning boy matyeriallarini byerishga, tarbiyada dastursiz usulga ko’mak byeradi.
Shuningdyek, mustaqil tafakkurni shakllantirishda quyidagi psixologik usul - miqdoriy eslatib turish ham muhim rol o’ynaydi. Quyidagi vaziyatni ko’rib chiqamiz: o’quvchi qiyin vazifaning javobini axtaryapti, ma’lumki u masalaning javobini xali bilmaydi, u javobni fikriy jarayoning yakunidagina topishi mumkin. Javobni bilgan o’qituvchi o’quvchiga yordam byera boshlaydi. Tajribali o’qituvchi javobni darhol aytib byermaydi, balki o’quvchiga asta-syekinlik bilan, zururiyatga qarab kichik-kichik ma’lumotlarni aytib turadiki, bunda asosiy ishni o’quvchining o’zi bajaradi. Agarda o’quvchiga darhol javob. haqida ma’lumot byerilsa, bu o’quvchi tafakkurining rivojlanishi uchun faqat to’siq bo’ladi. YUqorida ta’kidlab o’tganimizdyek, taffakkur - bu yangilikni izlanish, va ochish uchun amalga oshadigan tyexnik jarayon /sub’yektiv yangilik bo’lsa ham/. SHuning uchun ham o’qituvchilar buni doimo yodda tutgan xolda o’quvchilarga yangilikni ochish uchun kulay sharoit yaratishlari lozim. Vazifani hal etishning boshlanuich bosqichidayoq o’quvchiga vazifaning yechimi haqida ma’lumot byerilsa, ularning tafakkur^i yoki umumman ishlamaydi, yoki past darajada ishlaydi. O’quvchilar doimo o’qituvchining malakali yordamiga muhtoj, lyekin bu yordam oldindan byerilgan tayyor natija jarayoni bilan almashib, ularning tafakkurini chyegaralab qo’ymasligi lozim.
SHuni ta’kidlash lozimki, qator o’zbyek psixologlari ham tafakkur va uning mustaqilligi muammosi ustida ish olib borganlar.
Ushbu sohada o’zbyek psixologlaridan E.R.Roziyev ishlarini batafsil qarab chiqamiz. Uning tadqiqotlarida aqlning eng muhim sifatlaridan - tafakkurning mustaqilligi ajratiladi. Muallif tafakkurning bu muhim sifatini quyidagicha byelgilaydi: "Tafakkurning mustaqilligi dyeganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga konkryet maqsad, ya’ni vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xaraktyerdagi farz (gipotyeza)lar qilish, natijani ko’z oldiga kyeltira olishi, qo’yilgan vazifani hyech kimning ko’magisiz ko’rsatmasiz, o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqpiy qobiliyatni tushunish kyerak".



Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish