Ko’rsatma: «Siz turli topshiriqlar to’plamini bajarishingiz lozim. Har bir topshiriq taklif qilinishidan oldin, ular yaxshilab tushuntiriladi hamda ularni yechish yo’llari misollar bilan keltiriladi.
Har bir topshiriqlar to’plamini bajarish uchun muayyan vaqt byelgilangan. Topshiriqni bajarishni boshlash va uni to’xtatishni bizning buyrug’imiz asosida olib borasiz. Har bir topshiriqni qat’iy, tartib bilan yechishingiz zarur tyez va xatosiz ishlashga harakat qiling!»
Sinaluvchilarga ko’rsatma o’qib eshittirilgandan so’ng tadqiqotchi javob varakasini tarqatib chiqadi. So’ngra o’quvchining familiya, ismi-sharifi; tadqiqot o’tkazilish vaqti; o’quvchi o’qiydigan maktab va sinf to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldirish joylari kursatiladi. Bu ma’lumotlar to’g’ri to’ldirilayotganligini nazorat qilib boriladi. Bu ma’lumotlar olib bo’lingach, tadqiqotchi ruchkalarni qo’yib, uni diqqat bilan eshitib turishlarini so’raydi. Keyin birinchi subtyest kursatmasini o’qib, misollar bilan tushuntirib byeriladi. Hammasi tushunarli bo’lganligi so’raladi. Kerak bo’lsa, ko’rsatma yoki uning ayrim joylari qayta o’qib eshittiriladi. Shundan so’ng varaqning orqasini o’girib, topshiriqni bajarishni boshlash so’raladi. Shu zahotiyoq tadqiqotchi sinaluvchilarga syezdirilmagan holda syekundomyerda vaqtni byelgilab qo’yadi. Birinchi subtyestni bajarish vaqti tugashi bilanoq tadqiqotchi keskin ravishda ishni tugatishni aytadi. Sinaluvchilar ruchkalarini qo’yib quyganlaridan keyin ikkinchi subtyest topshiriqlarini bajarish uchun ko’rsatma o’qib byeriladi. Tyestni o’tkazish davomida tadqikotchi topshiriqlar to’g’ri bajarilayotganligini doimiy nazorat qilib turishi shart.
Maktab aqliy taraqqiyot tyestining barcha topshiriqlari tinglovchilarga batafsil yoritib byeriladi (Ma’ruza matnida topshiriqlar mazmuni to’liq keltiriladi).
Olingan natijalarni qayta ishlashda byerilgan kalitdan foydalaniladi. Birinchi subtyest bo’yicha har bir to’g’ri javob – 1 ball, sinaluvchi eng ko’pi bilan 20 ball yig’ilishi mumkin. Ikkinchi subtyest bo’yicha har bir to’g’ri javob – 1 ball, eng yuqori ball 20. Uchinchi subtyest ham 1 ball bilan baholanadi, hammasi bo’lib 25 ball to’plash mumkin. To’rtinchi subtyest bo’yicha har bir to’g’ri – 1 ball, eng ko’p – 20 ball. Byeshinchi subtyest bo’yicha juda aniq javob – 2 ball, to’liqmas javoblar – 1 ball eng ko’pi bilan 38 ball to’plash mumkin. Oltinchi subtyest bo’yicha har bir to’g’ri javob – 1 ball bo’lib, hamma tpshiriqdan 15 ball to’plash mumkin.
Ushbu tyest natijalariga ko’ra umumiy eng kup ball 138 ga tyeng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |