Interpretatsion – tavsiflash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o’ynaydi. Bu metodlarni tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy programmani muvoffaqiyatini belgilab beradi. Psixologiyada ta’riflash metodining ahamiyati V.A Ganzen monografiyasida aniqroq ta’riflangan. Psixologik empirik metodlarning yana bir Tasnifini ko’rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan metodlarni ikki asosga bo’lgan edik. Aktivlik – passivlik, mablag’larning borligi – muqobilchilik. Psixologik tadqiqotda ob’ekt aktiv bo’lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo’lishidan qat’iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub’ekti bo’ladi. Empirik psixologik metodlarni tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |