Eksperimental psixologiya: tushuncha tarixi. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati. Reja


-MAVZU: PSIXOLOGIK EKSPERIMENTNING ASOSLARI



Download 244,04 Kb.
bet3/52
Sana04.02.2022
Hajmi244,04 Kb.
#428368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Eksperimental psixologiya маъруза матни

2-MAVZU: PSIXOLOGIK EKSPERIMENTNING ASOSLARI.


REJA:

  1. Psixologik eksperiment tushunchasi. Tor ma’noda va keng ma’noda eksperiment so’zining tushunchasi.

  2. Muammoni amaliy jihatdan o’rganish mohiyati.

  3. Kuzatish dastlabki manbalarni to’plash metodi sifatida.

  4. Ilmiy farazlarning shakllantirilishi.

  5. Labaratoriya eksperimentning o’ziga xosligi.

  6. Tajribani rejalashtirish.

  7. To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.

Eksperiment oldindan aytilgan nazariyani tekshirib ko’rish uchun qo’yiladi. Nazariya ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy elementlari bir-birini rad etadi. Nazariya bazasida uning tushunarli haqiqatlari yotadi.


Mavjud ko’plab shakllar noempirik ( nazariy ) bilish: qonunlar, klassifikatsiyalar va turlari, modellar, sxemalar, gipoteza (farazlar ) dan iborat. Har bir nazariya o’zida quyidagi tarkibiy qismlarni ochadi: 1.Empirik oqibatlar poydevori ( dalillar, empirik qonun-qoidalar ) 2. Bazis- ko’plab birlamchi ( faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma faraz ) bu nazariyaning fikriy ob’ekti sifatida qaraladi. 3. Ko’plab nazariyalar qaysiki asosiy nazariy bilimlarni mustaxkamlaydi.
Nazariy bilimlarning tarkibiy qismlarini kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning ideallashtirilgan ob’ekti o’zi bilan (tanish) aniqlikning tanish-ramziy modelini yaratadi. Qonunlar nazariyani shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas ideal ob’ektni tariflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi bo’lmish isbot talab etmaydigan, zarur va yetarli bo’lgan aksiomalardan qurilgan bo’ladi. Ikkinchidan, farazlarni empirik, induktiv asoslarning bo’lishi. Nazariyalar sifat matematik apparatning qurilmasi tarzda, shaklan, formal tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalar psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. Festinger, DJ. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko’rish mumkin. SHakliy nazariyalar qo’llaniladigan matematik apparatning to’zilishida namoyon bo’ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o’z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar nazariyasi K. Levin, D, Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada ishlatiladigan apparatda namoyon bo’ladi.
Empirik yo’nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim bo’ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko’rib chiqadi. Ekspremental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’siri hisobga olinadi.
Mavjud vaqtda o’tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada sensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha sifatlari va empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R. Kettell modeli, “Katta beshlik”).
Taniqli metodolog B. Feyerbend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi, deb hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik anarxizm tamoyili:”Fan o’zi bilan anarxistiklikni vujudga keltiradi,nazariya qonunlar asosida har doim progressiv rivojlanishda... Bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va xarakat orasidagi munosabatni abstrakt tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga to’sqinlik qilmaydi, bu “ Hammani qo’yib yuboramiz “ deb ataladi. Masalan, biz gepotezalarni qo’llashimiz mumkin, bular nazariyada ko’rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo’lishi lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin “(Feyerbend .P, 1986)
Fan muammosi
Har qanday masalaga muammo qo’yilishi mumkin. Hammasidan ajoyibi “ Bolalar” savollari (“ Nima uchun havo havo rang? Yoki nima kuchli? Kitmi? Filmi?”) ular o’ylantiruvchi muammolarni yaratmaydi. Ularga aniqlik kiritib isbotlashni talab etadi. Biri sub’ektivlikni oydinlashtirish. Hamma predmetlarni yaqqol deyish mumkin. Ular biz uchun kerak, tashlasak pastga tushadi. Lekin inson tanasi bundan farq qiladi, kosmik kemadagi holatni eslang. Qizil rang yashildan ozgina farq qiladi, ko’k sariqdan, ammo rang ajratolmaslik kamchiligi bo’lgan odamlar ularni farqlay olishmaydi. Demak, inson yaxshi ishlashi uchun u har tomonlama bo’lishi lozim. Agar unda motivatsiyalari yuqori bo’lmasa , faoliyatida xatolar bo’ladi, bilim olishi sekinlashadi.
Hayotiy va fan muammolari ta’lim atamalari bilan shakllanadi. U tahliliy – tarkibiy bo’lishi lozim. “ Nima uchun quyosh yoritadi?” – savol, lekin muammo emas, bu yerda ma’naviy metodlarini ko’rsatish lozim.
“SHaxsni rivojlantirish , boshqalar bilan aloqasi, genetik determinlik, belgilarini va oilaviy totuvligini qanday tarbiyalash mumkin?- bu muammo. Bu muammoni hal etish uchun psixologik bilim va metodlarga tayanish lozim.
Muammolar qo’yishda gipoteza ( faraz ) larni shakllantirish lozim. Muammolar qaerdan olinadi? Fanda muammolarni shakllantirish- yetishmovchiliklarning mavjudligi, ma’lumot uchun axborotlarning yetishmasligi yoki borliqni tushuntirish orqali bo’ladi.
Olamni ko’proq aniq bilish bitta asosiy qo’llovchi iste’dod bilan bog’liq. Zero, muammolarni bosqichlarga bo’lish mumkin:

  • Borliqni bilish haqidagi bilimlarning yetishmasligini bartaraf etish.

  • Muammolarni til darajasiga ko’tarish.

  • Muammolarni fandagi shakli.

Muammo – bu ritorik so’roq. Bunda izlanuvchi savol beradi, ammo u savolga u o’zi javob topadi.
“ Muammo “ so’ziga falsafiy ta’rif bersak, “ Muammo “ – bilishni rivojlantirishning ob’ektiv savoli yoki savollar to’plamiki, amaliy hodisalar yoki nazariy qiziqishlar bilan ifoda etiladi.
Muammolar borliqni tahlil qilishni o’rgatadi. Uni isbotlash kishining qilgan qarorlari bilan bog’liq.
Gipoteza ( fanning farazi ) Gipoteza-bu tasdiqlanmagan va isbotlanmagan, nazariyadan chiquvchi ilmiy fikr.
Fan metodologiyasida gipotezalar nazariy va empirik holatlar kabi eksperimental gipotezalarga ajratiladi. Nazariy gipotezalar ichki nutqiy nazariyalar va nazariy bilimlar asosida vujudga keladi. Bu gipotezalar haqida Feyerbend nutqni ajratadi. Fan gipotezalari tugallanuvchi, davom ettiriluvchi harakterga ega bo’lishi kerak.
Ikkinchi tur gipotezalar eksperimental usullar bilan muammolarni hal etuvchi holatlardir.
Eksperimental gipotezalar albatta nazariyaga asoslanishi shart emas.
Insonning faolligi uning dunyosini muammosiz bo’lishini ta’minlaydi. Muammolar ruhiy faollik bilan ham bog’liq. Atrof olamga ko’ra gipotezalarni 3 ta turga ajratish mumkin. Birinchi turi nazariyalarga yoki borliq modellariga asoslanadi va ularni ochib beradi. Ikkinchi turi ta’limiy eksperimental gipotezalar, ular voqea va asoslar orasidagi munosabatni ifoda etadi. Ular Feyerbendning “ Hamma o’tadigan” tamoyillari asosida shakllanadi. Uchinchi turi empirik gipotezalardir. Ular qandaydir model yoki nazariyalar asosida rivojlanadi va shakllanadi. qadimgi variantda bunday gipotezalar Koz’mi Prutkovaning qarashlarida ifoda etiladi: “ Burninga e’tibor ber, u tuklar bilan qoplangan “ eksperimentdan keyin bunday faraz isbotlangan.
Isbotlangan gipotezalarni natijalariga ko’ra ajratish mumkin:
A) hodisa
B) hodisalar orasidagi aloqa
V) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
Gipotezaning A turini ko’rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi ifoda etiladi. Gipotezaning B turi bunda bola intellekti va ota-onalarning bunga bo’lgan munosabati tushuntiriladi. Gipotezaning V turida sabablar tushuntiriladi.
Gottsdanker gipotezalarning quyidagi eksperimental turlarini ajratadi:

      • Kontr gipoteza asosiy betaraflik avtomatik tarzda;

      • Kontr eksperimental gipotezalar faqat laboratoriya eksperimentidan iborat.

      • Aniq eksperimental gipoteza – asosiy sabab va laboratoriya orasidagi aloqa.

      • Eksperimental maksimal ( yoki minimal ) ko’rsatkichli gipoteza- mustaqillik va nomlanishning maksimal bilishlari bilan ko’rsatiladi. Faqatgina juda ko’plab eksperimentlar natijalari asosida isbotlanadi.

      • Absolyut eksperimental gipotezalar ko’p xarakterli eksperimentlarda o’tkaziladi.

      • Bir munosabatli eksperimental gipotezalar bitta mustaqil va mustaqil bo’lmagan holatlar orasidagi munosabatlar. Bu eksperimental gipotezani o’tkazish uchun bitta munosabatga doimiy eksperiment o’tkazilgan bo’lishi, ikkinchisi esa unga nazoratli hodisa bo’lishi kerak.

Qo’llovchilar gipotezalarni statistik va fan turlarini farqlaydilar. Fan gipotezalari taklif etilgan muammolarning qarorlaridan shakllangan. Statistik gipotezalar matematik statistika asosida shakllanadi. Istalgan fan gipotezasi statistik ma’lumotlarni talab etadi. Har bir sabab qonuniyatlari aloqalarini yoki voqealarni isbotlashda ko’plab tushuntirishlar keltirish kerak. Gipoteza 2 ta tarkib : asosiy va alternativdan iborat. Statistik gipotezalar 2 ta tushunchada qo’llaniladi: N (Farqlanish haqidagi gipoteza) va N (Ish haqidagi gipoteza).
Eksperimental gipoteza eksperiment tuzilmasi uchun, statistik gipotezalar esa tomonlarning qayd etish uchun olinadi. Ular o’z tuzilmasiga ega va har biri dalillarga tayanishadi.
Bitta eksperimentni tushuntirish uchun birgina emas, balki bir nechta nazariyalar hisobga olinadi.
SHubhasiz, statistik gipotezalar juda zarur va eksperimental gipotezalarni to’ldiruvchisidir. Eksperimental gipotezalar birinchi o’rinda, statistik gipotezalar esa ikkilamchidir.
Gipotezalar mavjud nazariy borliq bilimlari: dalillar, qonun-qoidalarsiz eksperiment o’tkaza olmaydilar.
Nazariyani eksperimentda tekshirib bo’lmaydi. Nazariy xulosalar universal hisoblanadi. Agar nazariyadan chiqadigan xulosalar eksperiment jarayonida tasdiqlanmasa, nazariy isbotlanmaydi.
Eksperiment natijasini ifodalovchi xulosalar assimmetrikdir, ya’ni gipoteza inkor qilinishi mumkin bo’lgan, lekin hech qachon qat’iyan qabul qilinmaydi. Har qanday gipoteza keyingi tekshirishlarda aniqlanib keladi.
Psixodiagnostika mustaqil fan sifatida XIX asr oxirlarida vujudga keldi. Bu fanning paydo bo’lishi F. Galton (1879), Dj. Kettell (1890), N. Ebbingauz (1891), A.Bine (1896) nomlari bilan uzviy bog’langan. Bu olimlar o’tkazgan tadqiqotlarda individual farqlarni o’rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli - test ishlatila boshlangan.
Mashhur ingliz olimi F.Galton 1884-1885 yillar davomida bir necha bosqichlarda tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xoxlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaksiya tezligi, organizmining xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirtirishar edi. Bu ko’rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo’yi, vazni, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirib chiqildi. F. Galtonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj. Kettell ham ta’kidlab o’tgan, qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida u 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasigagina ega edi: ularning qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laboratoriya) ilmiy xarakteri ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jixozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha tekshiruvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi.
F. Galton va Dj. Kettelllarning dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Anri, Fransiyada – A.Bine, AQShda – Dj. Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan bog’lashga o’ringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholangan. Dj. Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo’llagan, ammo V. Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.
O’tgan asrning 20-yillarida psixodiagnostika fan sifatida keng shakllana bordi. Bunga shveysariyalik psixolog va psixiatr X. Rorshaxning «Psixodiagnostika» asarining nashr etilishi asosiy turtki bo’ladi. Bu kitobning nashr etilishi (1921) bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Psixodiagnostika taraqqiyotining ushbu davri psixometriyadagi shaxsni o’rganishnnig yangi metodlari bo’lgan proyektiv metodlar bilan bog’liq edi. Proyektiv psixologiya bir butun shaxsni o’rganish mumkin emas deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga qarshi e’tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi.
Psixodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan testlar qo’llanila boshlandi. Masalan, aqlni o’rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D. Veksler (1939-1955) ning subtestlari keng tarqaldi. Yangi proyektiv metodlar ham yaratilib, keng qo’llanila boshlandi (amerikalik psixolog G. Myurre (1935-1943)ning tematik appersepsion testi (TAT), nemis psixologi S. Rozensveygning frustrasiyaga bo’lgan reaksiyani o’rganish testi va boshqalar).
Rus psixologiyasida diagnostik metodlaridan foydalanish o’z tarixiga ega. Bunda psixodiagnostika rivojlanishining ikki bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi bosqich 20-yillarning boshidan 30-yillarning o’rtasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S. Bernshteyn, L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D. Levitov, G.I. Rossalimo, P.I. Shpilreyn va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg’or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to’xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to’siq vujudga keldi.
Psixodiagnostika rivojlanishidagi ikki bosqich 50-60 yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o’rganishga katta e’tibor beriladi.
Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalarni hal qilishda o’z mahsuldorligini namoyon qildi va ko’pgina tadqiqotlarda o’z aksini topdi.
Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga B.R. Qodirov, M.G. Davletshin, G’.B. Shoumarov, E.G’. G’oziyev, V.A. Tokareva, R.3. Gaynutdinov kabi olimlar o’z hissalarini qo’shganlar.
Psixodiagnostikada eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri testdir. Psixologiyada test deganda o’rganilayotgan xususiyatning rivojlanish darajasi haqida sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar olish imkonini beruvchi standartlashtirilgan metodikalar tushuniladi. Metodikaning standartligi uning hamma joyda va har doim bir tarzda qo’llanilishi, o’tkazish sharoitidan tortib tadqiqot natijalarini tahlil va talqin qilishgacha bir xilligidir. Test sinovlari natijalari qayerda va kim tomonidan o’tkazilishidan qat’iy nazar taqqoslanishi mumkin. Psixodiagnostikaning boshqa metodlariga nisbatan testlarga validlik, ishonchlilik, aniqlik, bir xil mazmunga ega bo’lish kabi talablar kuchliroq qo’yiladi.
Psixodiagnostikada foydalaniladigan testlarni bir necha mezonlarga ko’ra tasniflash mumkin:
1. Test sinovi predmetiga ko’ra: intellektual (aqliy) testlar, shaxsni o’rganish testlari, shaxslararo munosabatlarni o’rganish testlariga bo’linadi. Aqliy testlar shaxs tafakkuri, idroki, diqqati, xotirasi, nutqi, xayoli va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanish darajasini o’rganishga xizmat qiladi. Birinchi intellektual testlar 1905 yilda A.Bine va Simonlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular yordamida aqliy taraqqiyotdan orqada qolayotgan, maktab dasturini o’zlashtira olmayotgan bolalar aniqlangan. Shaxsni o’rganuvchi testlar asosan kishilarning individual-psixologik xususiyatlari temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari, his-tuyg’ulari, xulq-atvor motivlari va boshqa sifatlari o’rganiladi. Masalan, MMPI, Kettel testi ana shunday testlar hisoblanadi. Shaxslararo testlar turli ijtimoiy guruxlardagi insoniy munosabatlarni o’rganishga xizmat qiladi. Masalan Dj.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan sosiometriya metodi, guruxning jamoa sifatida o’z-o’zini attestasiya qilish testi shular jumlasidandir.
2. Testda foydalaniladigan topshiriqlar tipiga ko’ra: amaliy testlar, obrazli va mantiqiy (verbal) testlarga bo’linadi. Amaliy test topshiriqlari tekshiriluvchidan biror bir harakatlarni bajarishni, real predmetlar yoki ularning timsollari bilan ba’zi vazifalarni bajarilishini taqozo etadi. Obrazli testlar esa turli suratlar, chizmalar, tasavvurlarga asoslanadi. Verbal testlar so’zlarga asoslangan bo’lib, tushunchani ta’riflash, xulosa chiqarish, so’zlarni taqqoslash, turli mantiqiy bog’lanishlar hosil qilish shaklida tashkil etiladi. Ko’p hollarda test topshiriqlari kompleks tabiatga ega bo’lib, amaliy va nazariy, obrazli va verbal shaklda bo’lishi mumkin.
3. Test materiallarini tekshiriluvchiga taqdim etish shakliga ko’ra: varaqli va apparaturali testlar mavjud. Varaqli testlarda tekshiriluvchilar topshiriqlarni maxsus tayyorlangan varaqlarda rasmlar, chizmalar, jadvallar va so’rovnomalar shaklida oladilar. Apparaturali testlar audio- va videotexnika, elektron hisoblash mashinalari yordamida o’tkaziladi.
4. Test orqali baholanish obyektiga ko’ra: prosessual testlar, muvaffaqiyat testlari, holat va xususiyatlarni o’rganish testlariga bo’linadi. Prosessual testlar yordamida xulq-atvor yoki psixologik jarayonlar tadqiq etiladi. Muvaffaqiyat testlari esa inson faoliyati natijalari asosida psixologik xususiyatlarni o’rganishga xizmat qiladi. Holat va xususiyatlarni o’rganuvchi testlar shaxsning barqaror psixologik holat va xususiyatlarini baholash imkonini beradi.
5. Proyektiv testlar alohida guruxni tashkil etadi. Proyektiv metod tushunchasi 1939 yilda amerikalik psixolog L. Frank tomonidan psixologiya faniga kiritilgan. Psixodiagnostikaning boshqa metodlaridan farqli o’laroq, proyektiv testlarda tekshiriluvchiga javoblarni tanlashda erkinlik beriladi. Tekshiruvchi tomonidan baholash tabiatiga ega bo’lgan tashqi ko’rsatmalar bo’lmaydi. Shaxsning biror xususiyati o’lchanmay, balki ijtimoiy muhitdagi o’zaro munosabatlari va xususiyatlari umumlashtirib baholanadi. Psixodiagnostikada eng keng qo’llanilayotgan proyektiv metodlarga TAT (Tematik appersepsion test), AAT (auditoriya appersepsion testi), Zondi-testi, Rorshax testi, psixogeometrik test va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Psixodiagnostikada qo’llaniladigan barcha metodlar kabi testlarga ham alohida talablar qo’yiladi. Ana shunday talablardan birinchisi – ijtimoiy-madaniy moslashtirilganlik hisoblanadi. Bir mamlakatda ishlab chiqilgan standart testlar boshqa bir jamiyatdagi tekshiriluvchilarga tadbiq etilishi uchun o’sha hududning, fukarolarning milliy xususiyatlarini, mentalitetini e’tiborga olgan holda moslashtirilgan bo’lishi kerak. Masalan, bir davlatda ishlab chiqilgan intellekt testlari asosida boshqa davlat fuqarolarining intellektini aniqlansa ko’rsatkichlar yoki ortib yoki kamayib ketishi mumkin. Ya’ni tadqiqot natijalari noadekvat bo’lib qoladi. Agar test sinovlari takroran boshqa sharoitlarda o’tkazib ko’riladigan bo’lsa ham ularni yangi sharoitga moslashtirilishi shart. So’rovnoma shaklida tuzilgan testlarni tarjima qilishda ham nihoyatda ehtiyotkorlik va e’tiborlilik talab etiladi, chunki ko’p hollarda so’zma-so’z tarjimalar muvaffaqiyatsiz bo’lib qoladi. Shuning uchun umumiy mazmunni saqlagan holda ixtiyoriy so’z birikmalaridan foydalanish mumkin.
Psixodiagnostik testlarga qo’yiladigan talablardan yana biri – test topshiriqlarining bir xil mazmunga egaligi va ifodalarning soddaligidir. Bu talabga ko’ra test topshiriqlari, rasmlar, so’zlar faqat bir xil tarzda idrok qilinadigan va tushuniladigan bo’lishi kerak.
Uchinchi talabga ko’ra test sinovlarini bajarish vaqti cheklangan bo’lishi kerak. Juda katta hajmdagi test topshiriqlarini bajarish vaqti 1,5-2 soatdan ortib ketmasligi lozim. Uzoq vaqt mobaynida ish qobiliyatlarini bir xil darajada tutib turish ham qiyinchilik tug’diradi.
Psixodiagnostik testlarga qo’yiladigan to’rtinchi talabga ko’ra, ularda norma belgilangan bo’lishi kerak. Test normalari juda katta ko’lamdagi tekshiriluvchilarda tadqiqot o’tkazilib aniqlangan o’rtacha ko’rsatkich bo’lib, alohida individda o’tkazilgan test natijalari ana shu ko’rsatkich bilan taqqoslanadi. odatda norma belgilashda ijtimoiy, yoshga va jinsga oid xususiyatlar e’tiborga olinadi.

Download 244,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish