Ekskursiya maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash shakli


Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan ekskursiya uyushtirish



Download 59,6 Kb.
bet5/6
Sana11.03.2022
Hajmi59,6 Kb.
#490863
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dilshoda kurs

2.2.Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan ekskursiya uyushtirish.
Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o'ziga xos xususiyatlari bolalarga ko'prod mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdari iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bil qismi bolalarga oldindan beriladi. Tarbiyachi bularni bolalarga ba'ziba'zida eslatib turadi.
Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiya chi savoltopshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush, bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog'chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg'ayganmi?» va shu kabilar. Ko'pincha savollar faqatgina bolalar ba'zi bir murakkabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi. Tayyorlov guruhi bolalari o'z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba'zan esa asboblar — termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini oichash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin. Ona tabiat qo’ynida mavzusida o'tkaziladigan mashg'ulotning dars ishlanmasi.
Tarbiyachi ekskursiyani rejalashtirar ekan, ekskursiya mavzusi hamda maqsadini aniq belgilaydi, ekskursiya o'rnini, unga boriladigan qulay (bolalarni charchatmaydigan, ulardiqqatini asosiy maqsaddan chalg'itmaydigan) yo'lni belgilaydi. Ekskursiya o'rnini tanlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini (piyoda yuriladigan ekskursiyalar kichkintoylar uchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi mumkin), shuningdek mavsumni, yo'lning xususiyatlarini, obhavo holatini hisobga olish zarur.
Ekskursiya uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchalik tanish bo'lmasin, u birikki kun oldin o'sha joyni ko'rib chiqishi lozim. Boiajak ekskursiya joyida bo'lgan tarbiyachi marshrutni aniqlaydi, kerakli obyektlarni topib, bolalar kuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam olishlari mumkin bo'lgan joyni belgilaydi. Ekskursiyani o'tkazishdan oldin tarbiyachi uni o'tkazish usullarini atroflicha o'ylab ko'radi va ekskursiya qiziqarli o'tishi uchun oldindan she'r, topishmoq, maqollarni tanlab ulardan foydalanadi. Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Ekskursiyadan bir necha kun oldin bolalarda mashg'ulotga qiziqish uyg'otish, tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilan kichik suhbat o'tkazadi, ya'ni ekskursiya vazifalarini qo'yadi, topshiriq va vazifalami taqsimlaydi, ekskursiyadagi xulqatvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjomaslaha va jihozlarni tayyorlaydi. Tabiatshunoslik ekskursiyasi.
Tabiatshunoslik ekskursiyasi kirish suhbati, kollektiv bo'lib kuzatish, bolalarning individual mustaqil kuzatishlari, tabiatga oid materiallarni to'plash, bolalarning dam olish vaqtida to'plagan materiallar bilan o'ynashi va yakuniy qismlarni o'z ichiga oladi. Bolalarni ekskursiya o'tkaziladigan joyga olib kelgandan so'ng tarbiyachi qisqa suhbatda ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini eslatadi. Shundan so'ng ular tabiatdagi narsa va hodisalarni kuzatishga o'tadilar. Ekskursiyaning asosiy qismi — kollektiv kuzatishdir. Bunda mashg'ulotning asosiy qismi hal qilinadi. Tarbiyachi bolalarga narsa va hodisalarning xarakterli xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. Bunga turli usullar (savol va topshiriqlar, she'rlar, tadqiqotchilik harakatlari, o'yin usullari)ni qo'llash orqali erishiladi. Tarbiyachi kuzatishlarni o'z hikoyasi hamda tushuntirishlari bilan toidiradi. Kuzatishda asosiy e'tibor jism va hodisalarni yaxshilab ko'rishga, ularni qiyoslashga, tabiat hodisalari o'rtasidagi aloqa larni aniqlashga yordam beradigan savol va topshiriqlarga qaratiladi. Kuzatish jarayonida hikoya, she'r va topishmoqlarni qo'llash foydalidir. Ekskursiya jarayonida tarbiyachi bolalarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bunda og'zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish) ko'rgazmali va amaliy metodlardan foydalanadi. Ekskursiyaning asosiy qismi tugagach, bolalarning individual mustaqil kuzatishlarga qiziqishlarini qondirish va tabiatshunoslikka oid materiallarni to'plash uchun imkoniyat berish zarur. Biroq material to'plash uchun topshiriq berishda, to'plangan material miqdorini qat'iy cheklash lozim, bu bolalar e'tiborini faqat ma'lum o'simlik va hayvonlarga qaratish va bundan tashqari tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni tarbiyalash uchun ham kerakdir. Bolalar mustaqil ishlayotgan vaqtda, tarbiyachi ham yordam berib turishi lozim.
Ba'zan o'simlikni qanday kavlab olishni, quruq novdani qanday qirqishni va shu kabilarni ko'rsatib turishi kerak. Dam olish vaqtida to'plangan materiallar saralanadi, jildlarga, savatchalarga joylanadi, ba'zilaridan o'yin va mashqlarda foydalaniladi. Qishloq xo'jalik ekskursiyasi. Qishloq xo'jalik ekskursiyalari xilmaxildir: dala (yer haydash, ekish, hosil to'plash), o'tloq (mol boqish, hashak o'rish) bog', ekinzor, mevazor, ferma, botanika bog'i, issiqxona, parrandachilik fermasi va shu kabilarga ekskursiyalardir. Ekskursiya insonning tabiatga ta'sirini, ya'ni o'simliklarni o'stirishni va hayvonlarni boqishni ko'rgazmali tarzda ko'rsatish imkonini beradi. Bu yerda bolalar asosiy mehnat jarayonlarining bir nechtasi bilan tanishadilar.
Ekskursiyalarning o'ziga xosligi shundaki, bola inson faoliyatini ham, u ta'sir etayotgan tabiatni ham kuzatishi mumkin. Qishloq xo'jalik obyektiga uyushtiriladigan ekskursiya suhbat bilan boshlanadi. Qishloq xo'jalik ekskursiyalariga tayyorlanishda tarbiyachi kuzatish obyekti bilan oldin o'zi tanishadi, ekskursiya o'tkazish uchun ruxsat oladi, ekskursiya vaqti, bolalarning mehnatda qatnashishlari haqida kelishib oladi va bolalarning ma'lum ishda band bo'lgan kattalar bilan bo'ladigan suhbatining mazmunini belgilaydi. Ekskursiya yakunida mazkur obyekt ishi haqidagi taassurotlar umumlashtiriladi. Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiyada olingan bilimlar mashg'ulotlarda, o'yinlarda, tabiat burchagida o'tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiya vakunida to'plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o'simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o'simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur.
Ekskursiyadan 23 kun o'tgach, tarqatma material, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardan foydalanib didaktik o'yinlar, mashg'ulotlar o'tkaziladi. Badiiy adabiyotlar o'qiladi, boialarning ekskursiyadan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Mashg'ulot yakunida umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi. Tabiatshunoslik ekskursiyalari ma'lum tizimga muvofiq o'tkaziladi. Ularni tabiatda bo'ladigan mavsumiy o'zgarishlarga qarab ayni bir obyektning o'ziga yilning turli fasllarida uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bahor mavsumida maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan vazifalarni astasekin murakkablashtirgan holda istirohat bog'iga 3 marta ekskursiya uyushtirish lozim. Bu ekskursiyadan maqsad — bolalarni bahorgi o'zgarishlar bilan tanishtirish, ularni ko'rish hamda tabiatda sodir bo'layotgan o'zgarishlarning sababini tushunish ko'nikmalarini o'stirishdir. Qishloq xo'jalik ekskursiyalarini kattalar mehnatining ayrim turlari bilan tanishtirish maqsadida epizodik tarzda o'tkazish lozim. Ekskursiyani uyushtirish guruhdagi mashg'ulotni uyushtirishga qaraganda qiyinroqdir, shuning uchun uningmuvaffaqiyatli o'tishi tarbiyachi va boialarning puxta tayyorlanishlariga bog'liq bo'ladi.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Tabian nima? Nima uchun biz uni asrashimiz va g`amxo`rlik qilishimiz kerakligi haqida suhbat o`tkazish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Biz tabiatni asraymiz !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Tabiat manzarasi , o`simliklar ,hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism. Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II Asosiy qism :
Tabiat manzarasi aks ettirilgan : yurtimiz ko`chalari, bog`lari, hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor, bog`lar va tog`lar aks ettirilgan video lavha namoyish etiladi. Bularning barchasi bir so`z bilan tabiat deb atalishi aytib o`tiladi.
Tarbiyachi : Tevarak atrofimizni o`rab turgan , mana shu lavhada ko`rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga bo`linadi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida-alohida yozib chiqishadi va uni doskaga osib qo`yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi.
Demak , Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulg`ayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda keltirishi mumkin ekan. O`simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi. Baland osmono'par tog'larimiz, suvlar, qum, toshlar, ter osti boyliklarimiz- oltin, kumush , mis, toshko'mir, neft va tabiiy gaz ham tabiat ne'matlaridir. Ular yer yuzida insoniyat barpo bo`lgandan boshlab insonga xizmat qiladi.
Inson ongi rivojlanib borgan sari bu tabiat ne`matlarini o`rganib keldi . Ularning tarkibi, nima uchun ishlatish mumkinligini va qanday foydalanish kerakligini olimlarimiz o'rganib bordilar. Hozirgi paytda bizning yer osti va yer usti boyliklarimizdan xo'jaligimizning turli sohalarida ishlatilib kelinmoqda.
Yer yuzining tabiiy xaritasidan mintaqalardagi tabiatning xilma- xilligi, hayvon va o`simliklardagi farqi ko`rsatib o`tiladi.
III Yakuniy qism :
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne`matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu maqsadda O`zbekiston ham ko`p davlatlar qatori “EKOSAN” jamg'armasiga a'zo bo'lgan . Bu jamg'armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo'lib ketayotgan ba'zi bir hayvonlar, o'simliklarni ko'paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko'rishga qaratilgan.
Bu ishda biz ham o'z hissamizni qo'shishimiz kerakligini tushunib oldik.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini tabiat, hayvonot olami haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida ulani turli joylarga olib borib, ekskursiya uyushtiriladi. Bolalarni hayvonot bog'iga olib borish uchun bahor yoki kuz fasli tanlanadi. Chunki o'ta issiq yoki sovuq bolalar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ekskursiya davomida bolalarga tarbiyachi, yordamchi, hamshira hamroh bo'ladi. Bolalarga sayohat davomida zarur narsalar suv, yegulik, meva-cheva olib yurish lozim. Bolalarni ekskursiyaga olib borish uchun maxsus avtobus jalb etiladi. Ekskursiya uchun kunning birinchi yarmi tanlanadi. Bolalar tartib bilan mashinadan tushadilar. Kirish davomida bolalar bog'dagi gullar, daraxtlar, umuman tabiat bilan tanishtiriladi. Tarbiyalanuvchilarga hayvonlarning nomi, nima bilan oziqlanishi haqida ma'lumot beriladi. Hayvonlarga tegish, ovqat berish, jahlini chiqarish, ular bilan rasmga tushish mumkin emasligi uqtiriladi. Ekskursiya yakunlangach barcha bolalar borligiga ishonch hosil qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotiga qarab yo'l olinadi. Tushlikdan keyin bolalar dam oladilar. Kunning ikkinchi yarmida bolalardan ekskursiyadan olgan taassurotlari so'raladi va biron hayvonning rasmini chizish topshiriladi.

XULOSA
Ekskursiya - maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta'lim berishning tashkiliy formalaridan eng keng tarqalgani hisoblanadi. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko'rish, eshitish, sezish orqali idrok etiladi. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi bog'liqlik va uning qonuniyatlari to'g'risida realistik tasavvurlar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda o'rganiladigan tabiiy fanlarni o'zlashtirib olishni osonlashtiradi.
Tabiat to'g'risidagi bilimlardan bexabar bo'lish ko'pincha o'simlik va hayvonlarga nisbatan no'to'g'ri, ba'zi hollarda esa berahm va shavqatsiz munosabatda bo'lishga olib keladi. Shuning uchun bolalarnig maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab tabiat haqidagi bilimlar shakllantirib boriladi. Bu bilimlarni shakllantirishda ekskursiyalarning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Ekskursiya bolalarning nafaqat ekologik, balki aqliy tarbiyasini shakllantiradi. Ekskursiya bolalarni tabiatni o'ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan bir qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o'zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boradi. Ekskursiya davomida bolalarga har bir hayvon, qush, o'simlik va boshqa tabiatdagi hech bir tirik narsaga ozor bermaslik, aksincha ularga mehr berish lozimligi uqtiriladi. Masalan, qushlarga uya yasash, uy hayvonlariga vaqtida ovqat berish, daraxtlarning shoxini sindirmaslik, o'simliklarni payhon qilmaslik va shu kabilar o'rgatiladi.
Ekskursiya davomida hayvon yoki qushlarning, o'simliklarning nomini eslab qolish, sayohatdan olgan taassurotlarini og'zaki bayon qilish orqali bolalarning aqliy tarbiyasi ham mustahkamlanadi.



Download 59,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish