Ekologiya XIX asrning ikkinchi yarmida biologiya fanlari tizimiga
kirgan edi. CHunki u tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida birinchi bo‘lib biologlar tomonidan taklif etilgan. Lekin zamonlar o‘tib, fan va ta’limotlar rivojlangani sari ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki fanlar tizimiga aylanib ketdi. Hozirgi kunda, mutaxassislarning hisoblariga ko‘ra, 80dan ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ulardan biri ekologik turizmdir.
Turli adabiyotlarda Ekoturizmni turlicha talqin qiladilar. Bizning dunyoqarashimizga yaqin bo‘lgan Avstraliyaning Milliy ekoturizm Strategiyasida ekoturizm- tabiatga yo‘naltirilgan turizm, deb ifodalangan. Ekologik barqarorlik qoidalaridan kelib chiqqan tarzda u o‘z ichiga ekologik ta’lim va tarbiyani qamrab oladi.
AMALIY EKOLOGIK FANLAR
Ekoturizm
Rekreatsiyaviy ekologiya
Iste’mol ekologiyasi
Urboekologiya
Sots.guruhlar ekologiyasi
Demekologiya
Inson ekologiyasi.
EKOLOGIK FANLAR TIZIMI
Huquqiy ekologik fanlar
Iqtisodiy ekologik fanlar
Bioekologik fanlar
Geoekologik fanlar
Umumiy ekologik fanlar
Ijtimoiy ekologik fanlar
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi ekoturizmni"atrof-muhitni muhofaza qiluvchi tabiiy turizmdir" deydi. YUqorida sanab o‘tilgan barcha ekoturizm tushunchalarida, bizning fikrimizcha, quyidagi ekoturistik shartlar ifodalanmay qolgan:
• ekoturizm bilan tabiiy turizm turi aralashtirib yuborilgan;
• ekologik inqirozli hududlar ham ekoturistik ob’ekt bo‘lishi mumkinligi yaqqol ko‘rsatilmagan;
• ekosayohatchilarning asosiy maqsadalari, doim ham tabiatni muhofaza qilish bo‘lmaydi, lekin ularni atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga undash va undan tushgan foydaning aksariyat qismini o‘sha ekoturistik muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Aks holda ekoturizmning tabiiy turizmdan farqi qolmaydi;
• buzilgan tabiat unsurlari va ularning komponentlarini tiklash masalasi qo‘yilmagan yoki bu holat etarlichi ifodalanmagan.
Ekoturizmning umumiy tushunchasidan kelib chiqqan tarzda, uning mazmunidagi quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish lozim. Birinchidan jismoniy va yuridik shaxslar ekoturizm sub’ekti yoki uning qatnashchilari bo‘lib chiqishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga binoan jismoniy shaxslar toifasiga muayyan davlat fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 50-moddasida esa barcha fuqarolar, qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasinlar, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar, deyilgan. Afsuski, jismoniy shaxslarning turistik sayohatlari stixiyali ravishda kechib, muayyan tashkiliy va boshqaruv imkoniyatining kamligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumotlarga qaraganda ekologik turizm bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar yuridik shaxslarga nisbatan 3-4 barobar ko‘proq tabiiy atrof-muhitga zarar keltirar ekanlar. Birgina AQSHning Luiziana shtatida «erkin» holdagi turistlar- jismoniy shaxslar bir kunda tabiatga 13-16 mln. dollarlik talofat keltirmoqda. Ekologik chora sifatida mahalliy ekologik boshqaruv organlari jismoniy shaxslarni «ekologik sertifikatlash» va «ekologik sug‘urtalash»ga majbur etishni yo‘lga qo‘ymoqdalar.
YUridik shaxs- o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ekologik turizm bilan shug‘ullanish imkoniyatini beruvchi mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilanjavob bera oladigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga
ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, qo‘yilgan majburiyatlarini bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot, korxona, muassasa.
O‘zbekistonda xalqaro Ekosan jamg‘armasi qoshida«Ekosan-tur» markazi 2002 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U barcha davlat va nodavlat organlari bilan birgalikda Respublikamizning go‘zal tabiat maskanlariga sayohatlarni uyushtirish, fuqarolarimizni o‘zga yurt tabiati bilan tanishtirishni maqsad qilib qo‘ygan. “Ekosan-tur” xalqaro markazi “Ekoturizm va barqaror rivojlanish” mavzusida davlat idoralari, shaxsiy turistik firmalar va kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida 2005 yil mart va 2006 yil iyul oylarida Toshkent shahrida xalqaro konferensiya hamda ommaviy bayramlarni o‘tkazdi.
Kishi sayohatchi bo‘lishi uchun doimiy yashash joyidan pul to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda 24 soatdan 6 oygacha bo‘lgan uzluksiz muddatga vaqtinchalik yashash joiyga(mamlakatga) borib kelishi yoki u erda kamida bir tunni o‘tkazishi zarur.
Ekologik sayyohlik- zamonaviy turizmning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, oxirgi o‘n yillikda butun dunyoda keng miqyosda rivojlanmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda u sayyohlik bozorining 10-20% qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan2-3 marotaba yuqori ekan.
SHuningdek, ekoturizm atrof-muhit muhofazasining samarali vositasi va barqaror rivojlanishning mustahkam«kaliti»dir. Ekoturizm birinchi navbatda tabiat bilan bevosita muloqotda bo‘lishga, uning go‘zalligini va salbiy hodisalarini xis etishga, tabiat qo‘ynida faol dam olish va ekotizimlarni tiklash inson uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini anglashga qaratilgandir.
SHunday qilib ekoturizm ekologik fanlar tizimida turuvchi mustaqil fan sohasi, o‘quv kursi va iqtisodiyot tarmog‘i sifatida rivojlanib va shakllanib bormoqda, lekin uning nazariy asoslari to‘lig‘icha ishlab chiqilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |