- Agroekotizimlar qishloq xo’jaligida foydalanadigan ekin maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini o’z ichiga oluvchi hududlar majmuidir. Agroekotizimlar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko’p energiyaga ega bo’lgan mahsulot olishga harakat qiladi va energetik piramidaning cho’qqisida turadi. Agrofitotsenoz agroekotizimlarning eng muhim qismi hisoblanib, u ma’lum maydondagi madaniy va begona o’tlar majmuidan iborat. Agrofitotsenozning madaniy, begona o’tlar hamda tuproqdagi suvo’tlari va mikroorganizmlari agroekotizimning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo’lgan va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz, deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o’xshash tomonlari hamda farqlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |