Kichik aylanish Yerda hayot mavjud bo’lish uchun zarur sharoit hisoblanadi.
Agarda moddalar aylanish xususiyatiga ega bulmaganda, tirik organizmlar biosferadagi mavjud Yer resurslarini yuz millionlab yil oldin qachonlardir tugatgan bo’lardi, chunki har qanday elementning zahirasi tugaydi. Zahirasi tugaydigan xususiyatini tugamaydigan holatga o’tkazishning birdan-bir usuli V.R. Vilyams aytib o’tganidek,- uni yopiq egri chizik bo’yicha aylanishga majbur etish, ya‘ni uni aylanishga jalb qilish kerak. Shunday cheksizlikni filosof Gegel «yaramas» deb atagan; shunday bo’lsada, u tabiatda haqiqiy mavjud bo’ladi va Yerda hayot so’nmaydi.
5.4 Biogeokimyoviy davr. Kichik aylanishning asosini biogeokimyoviy davr tashkil etadi. Biogeokimyoviy davr to’g’risidagi zamonaviy tushunchaga V.I. Vernadskiy XX asrning 20-30 yillarda biosfera to’g’risidagi ta‘limotni rivojlantirib asos solgan.
Hozirgi paytda davr deganda, noorganik tabiatda o’simliklar va tirik organizmlar orqali quyosh energiyasi va kimyoviy reaktsiyalar energiyasidan foydalanish hisobiga kimyoviy moddalarning noorganik moddalarga aylanishi tushuniladi.
A.M.Ivlyov bo’yicha (1986), biogeokimyoviy davr moddalar almashinishining tirik va o’lik turlarini o’z ichiga oladi. Tirik tur juda xilma-xil va yashab turgan muhitdan kimyoviy elementlarning organik birikmalarini, tirik organizmlarning shakllanishi, usishi va rivojlanishi uchun sintez qiladi hamda uning bir qismini muhitga (enzimlar, chiqindi ko’rinishida va boshq.) qaytaradi. Organizm va organik birikmalarning parchalanishi va kimyoviy elementlarning tabiatga qaytishi o’lik turga kiradi. Biroq moddalar almashinishining bunday ajralish turi juda shartlidir, har qanday turkum uchun moddalarning uzluksiz migratsiyasi va bir paytda ¢lik hamda tirik turlarning almashinish mavjudligi xarakterli hisoblanadi.
Almashinish jadalligi va moddalar tarkibining elementlari bo’yicha ikkita bir taraflama yo’nalgan tarmoqqa – zahiradagi va almashuvchi fondlarga ajraladi. Zahirali fond moddalar harakatlanishining asosiy massasini bildiradi. Bu nobiologik tarmoqqa nisbatan ustun hisoblanadi. Almashuvchi fond massasi bo’yicha kam, ammo uning harakati zahirali fondga nisbatan birmuncha jadallashgan.
Gaz shaklidagi moddalar aylanishining zahirali fondi atmosfera va gidrosferada (ularning qismi), qattiq moddalarning zahirali fondi esa litosferada namoyon bo’ladi.
5.5 Uglerodning aylanishi. Tabiatda erkin holdagi uglerod grafit va olmos ko’rinishida uchraydi, deyarli erkin holda – antratsitlar, perantratsitlar ko’rinishida (tarkibi C 98,0-99,3%) va ba‘zi naftidlar, masalan antraksolitlar (C 92,0-97,0%) ko’rinishida bo’ladi. Uglerod katta miqdorda birikmalar ko’rinishida tarqalgan (organik moddalar, karbonatlar CO2, CN4 va boshqa uglevodorodli gazlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |