Fizik muhit. Biomlar. Biom - bu katta regional subkontinental biosistema bo’lib, u qandaydir bitta o’simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa o’ziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi. Masalan, mo’tadil iqlim sharoitidagi keng bargli o’rmonlar biomi yoki cho’l zonasidagi qumli o’simliklar biomi va hokazo.
Namli tropik biomlari. Bu zonaning iqlimi yil bo’yi issiq va nam ko’p bo’lganligi sababli turli xil o’simliklar jamoasi va turlarning o’sishi uchun qulaydir. O’simliklari orasida ko’pchilikni lianalar (chirmashib, o’rmalab o’suvchi o’simliklar) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |