Oziq zanjiri va ekologik piramida to’g’risida tushuncha
Oziq zanjiri – o’simliklar to’plagan energiyani bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o’tkazishdir.
Avtotrof o’simliklar
O’simlikho’r hayvonlar
Yirtqich hayvonlar
Saprofitlar organik qoldiqlarni parchalovchilar
Oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bog’lanishdir (yunoncha “trofe" – oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof o’simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog’lar energiyasiga aylantiradi.