Ekonometriya
Ekonometriya (yun. uy xoʻjaligini yuritish sanʼati va...metriya), ekonometrika — iqtisodiy
jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik
usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; E. iqtisodiy hodisa
va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar,
modellar yordamida oʻrganadi. E.da qoʻllaniladigan modellar yordami bilan statistika, prognoz va
reja maʼlumotlar asosida miqdoriy natijalar olinadi. E.ning paydo boʻlishi iqtisodiy tahlillar va
taxminlash uchun iqtisodiy statistik usullar va yoʻlyoʻriqlarning zarurati bilan bogʻliq.
Iqtisodiy-statistik maʼlumotlarni matematik usulda oʻrganish 19-asrning oxirlari — 20-asrning
boshlaridan boshlandi. 20-asrning 20—30-yillarida E. mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. "E."
terminini dastlab polyak iqtisodchisi A. Chompa (1910) qoʻllagan, norveg iqtisodchisi, Xalqaro
ekonometriya jamiyati (1930)ning asoschilaridan biri R. Frish unga ilmiy yoʻnalish berdi (1926).
Dastlab E. doirasida iqtisodiy jarayonlar va ularga taʼsir etadigan omillar oʻrtasidagi korrelyatsion
aloqalarni ifodalovchi analitikstatistik modellar ishlab chiqildi. Iqtisodiy rivojlanishni tahlil
qilishda iqtisodiy oʻsish modellaridan foydalanildi. Rus olimi L.V. Kantorovich normativ
modellarni ishlab chiqishga katta hissa qoʻshdi.
Hozirgi E. usullari yordamida prognozlashga oid koʻplab masalalarni yuqori aniqlik darajasida
yechish mumkin. Hozirgi davrda E. iqtisodiy rivojlanishning matematik usullarini
takomillashtirishda, iqtisodiy sikllilikni asoslash, talab va taklif koʻrsatkichlarini hisoblash,
talabning oʻzgaruvchanlik xususiyatlarini baholash, ishlab chiqarish sarfxarajatlarini va
jamgʻarish surʼatlari oʻzgarishlarini tahlil etish, ishlab chiqarishning tarmoqlararo bogʻlikdigini
oʻrganishda va boshqalar masalalarni tadqiq va taxlil etishda qoʻllaniladi. E. boʻyicha Oʻzbekiston
Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Fanlar akademiyasi Matematika instituti, Oʻzbekiston milliy universitetining amaliy matematika
fti, ToshTU va Toshkent iqtisodiyot untlarida nazariy va amaliy ishlar olib boriladi.2017-yil
Oʻzbekiston milliy universitetining Iqtisodiyot fakultetida Ekonometrika kafedrasi ochildi.2018-
yildan boshlab esa bu kafedraga talabalar qabul qilinishi boshlandi.
Tursunxo'jayev G'iyosiddin
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ekonometri
ya&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?
title=Ekonometriya&oldid=2838146
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |